2030-yilga borib, Özbekistonda mutlaq kambağallikka töliq barham beriş imkoniyati bor

2030-yilga borib, Özbekistonda mutlaq kambağallikka töliq barham beriş imkoniyati bor

17.09.2025 16:12171

Namangan şahrida 17-sentyabr kuni “Kambağallikdan farovonlik sari” III xalqaro forumi boşlandi.

Anjumanning oçilişida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, nutq sözladi. 

Davlatimiz rahbari dunyoda kuzatilayotgan geosiyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy beqarorlik, iqlim özgarişlari ta’sirida global iqtisodiy ösiş sekinlaşgani, oqibatda kambağal aholi soni oşganiga e’tibor qaratdi. Bu holat barça davlatlar, xalqaro taşkilotlar, umuman, dunyo hamjamiyati oldiga yangi va dolzarb vazifalarni qöyayotgani ta’kidlandi.

Şunday murakkab davrda Özbekistonda kambağallikka qarşi kuraşiş davlat siyosati darajasiga kötarildi. Barça sa’y-harakatlar har bir inson, ayniqsa, yoşlar va xotin-qizlarga öz salohiyatini töliq namoyon etişi uçun şaroit yaratiş va imkoniyatlarini kengaytirişga qaratildi.

Yangilangan Konstitutsiyamizda pensiyalar, nafaqalar va ijtimoiy yordam miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bölmasligi belgilab qöyildi.

Izçil islohotlar tufayli 7,5 million aholi kambağallikdan çiqarilib, 2024-yilda bu körsatkiç 8,9 foizga tuşirildi. Yil yakunigaça kambağallik darajasini 6 foizgaça kamaytiriş maqsad qilingan.

Ötgan davrda mamlakatimiz iqtisodiyoti 2 karra ösgani bunda muhim omil böldi. Şu yil yakuni bilan aholi jon boşiga daromad 3,5 ming dollarga yetişi kutilmoqda. 

Yangi taşabbus va tajribalarni sinovdan ötkazib, dunyodagi ijobiy yutuqlarni örganib, kambağallikni qisqartiriş böyiça Yangi Özbekiston modeli yaratildi.

Avvalo, manzilli ijtimoiy daftarlar joriy etilib, barça ehtiyojmand oilalar qamrab olindi. Pandemiya davrida bepul dori-darmon, ijtimoiy nafaqalar uçun jami 8 milliard dollarlik mablağ va imtiyozlar berildi. Natijada 5 million 200 ming nafar odamning “kambağallik qopqoni”ga tuşib qolişi hamda iqtisodiy retsessiyaning oldi olindi.

Jamiyatning eng quyi böğinigaça tuşib, “mahallabay” işlaş tizimi yölga qöyildi. Har bir xonadon, har bir oila bilan individual reja asosida işlab, daromadini oşiriş uçun yetarli resurs ajratildi.

Mahallalarni obod qiliş, odamlar hayotini yaxşilaş va tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirişga har yili 2,5-3 milliard dollar yönaltirilmoqda.

Qişloq aholisini daromadli qiliş uçun 235 ming gektar paxta va ğalla maydoni qisqartirilib, odamlarga 30-50 sotixdan ajratib berildi. Bu 800 ming insonning daromadini oşirişda muhim qadam böldi.

– Bunday keng kölamli sa’y-harakatlarimiz hisobiga Özbekiston 2030-yilga qadar kambağallikni 2 karra qisqartiriş böyiça olgan majburiyatini barvaqt bajarişga harakat qilyapti. Şularni inobatga olib, bugun yangi, yanada yuqori marrani belgilab olişga tayyormiz. 2030-yilga borib, xalqaro mezonlarga köra, Özbekistonda mutlaq kambağallikka töliq barham berişga barça imkoniyatimiz bor va biz buni, albatta, uddalaymiz, – dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari “Kambağallikdan – farovonlik sari” dasturining mazmun-mohiyatiga ham töxtaldi. Bu dastur yettita ustuvor yönalişni qamrab olgan.

Eng avvalo, kambağal aholini şunçaki işga joylaştiriş emas, balki doimiy iş örinlarini köpaytirib, odamlar barqaror daromad manbasiga ega bölişi uçun şaroit yaratilmoqda.

Faol investitsiya siyosati tufayli şu yilning özida 35 milliard dollar sarmoya evaziga 9 mingdan ortiq yangi korxona, 300 mingga yaqin yuqori daromadli iş örni taşkil etilmoqda.

Davlat biznesga şaroit yaratib beryapti, tadbirkorlar esa öziga ijtimoiy mas’uliyat olib, ehtiyojmand aholini işli va daromadli qilişda kömakçi bölmoqda. Şunday samarali hamkorlik tufayli joriy yilning özida 270 mingdan ziyod kambağal oila a’zosi doimiy işli bölgan.

Ikkinçidan, sifatli ta’lim inson kapitalini rivojlantiriş, uzoq muddatli istiqbolda kambağallikni qisqartirişning asosiy “drayveri” bölib qoladi.

Xususan, kambağal oila bolalarini maktabgaça ta’lim bilan töliq qamrab oliş uçun barça şaroit yaratiladi. Bunday oilalar farzandlari uçun xorijiy til va kasb-hunar örganişga ketadigan xarajatlarning 80 foizi qoplab beriladi.

Sönggi beş yilda 800 mingdan ziyod aholi zamonaviy kasblarga öqitilib, yuqori daromadli işlarga joylaştirilgan. Endi Kasbga tayyorlaş xalqaro markazlari taşkil etilib, ularning bitiruvçilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar beriş yölga qöyiladi.

Uçinçidan, xotin-qizlarni jamiyatning faol a’zosiga aylantiriş alohida e’tiborda böladi. Şu bois, talaba qizlarga foizsiz kredit ajratiş, magistraturada bepul ta’lim oliş imkoniyati yaratildi. Bugun talabalarning 53 foizini xotin-qizlar taşkil etmoqda. şu yilning özida 1 million 700 ming ayol işli bölgan.

Buni davom ettirib, “Raqamli avlod qizlari” dasturi doirasida 50 ming nafar qizlar axborot texnologiyalari, fintex va sun’iy intellektga öqitiladi.

Joriy yil ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş uçun 1,5 milliard dollar ajratildi. Kelasi yili yana 2 million ayolni doimiy daromadli qiliş çoralari köriladi.

Törtinçidan, inson salomatligi muhofaza qilinib, uning imkoniyatlari tölaqonli yuzaga çiqarilmoqda. Jumladan, 140 ming kambağal oilaga şifokor biriktirilib, ular yiliga bir marta töliq tibbiy körikdan ötkazilmoqda.

Endi kafolatlangan tibbiy xizmatlar köpaytirilib, kambağal oilalarning bunga sarf qiladigan xarajati 2 karra qisqartiriladi. Bunda ularga bepul dori va kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi taqdim etiladi.

Beşinçidan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan manzilli işlaş yölga qöyildi. Mazkur tizim tubdan isloh qilinib, Ijtimoiy himoya milliy agentligi taşkil etildi. Har bir tuman va şaharda 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni “bir darça” tamoyili asosida körsatadigan “Inson” markazlari oçildi. Har bir mahallada ijtimoiy xodim aholi bilan proaktiv işlamoqda.

Şu yilning özida 2 million 700 ming aholiga ijtimoiy xizmat va yordamlar körsatildi. Ayniqsa, kambağal oilalarning parvarişga muhtoj a’zolariga yangi ijtimoiy xizmatlar yölga qöyilgani 50 ming nafar mehnatga layoqatli aholi uçun işlaş imkonini yaratdi.

Ijtimoiy xizmatlar sifati va qamrovini oşiriş maqsadida Jahon banki bilan 100 million dollarlik loyiha boşlandi. Imkoniyati çeklangan bolalarni maktab va kasbiy ta’lim bilan qamrab oliş uçun alohida dasturlar amalga oşirilmoqda.

Oltinçidan, hududlarda infratuzilmani yaxşilaş, odamlarga yaşaş uçun qulay şaroit yaratiş – köp ölçovli kambağallikni qisqartirişda muhim qadam böladi.

Şu maqsadda qariyb 3,5 million aholi yaşaydigan şaroiti oğir mingta mahallada infratuzilma yaxşilanmoqda. Kelasi yil mahallalarda infratuzilmani yaxşilaş, iş örinlarini köpaytiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga yana 400 million dollar ajratiladi. Bunda 32 ta tuman va 328 ta oğir mahalla tanlanib, ularni rivojlantiriş böyiça alohida dastur qabul qilinadi.

Şuningdek, 810 ta mahallada suv, kanalizatsiya, yöl, maktab va boğça quriş böyiça 1,3 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi.

Uy-joyga muhtoj va daromadi past aholiga ipoteka tizimidan foydalaniş uçun har yili 200 million dollar subsidiya ajratiladi.

Yettinçidan, davlat xarajatlarining 70 foizdan ortiği aynan Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş uçun sarflanmoqda.

Şu bilan birga, global miqyosda Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş uçun rivojlanayotgan davlatlarga yiliga 4 trillion dollardan ziyod mablağ zarur.

Bunday şaroitda xavf-xatarlarni obyektiv baholaş, moliyaviy resurslarni jalb qiliş, ularning samaradorligini oşiriş böyiça “kambağallikka qarşi kuraşning yangi moliyaviy arxitekturasi”ga ehtiyoj sezilmoqda.

Uşbu masalalarga yeçim topiş maqsadida 2026 yilda Xiva şahrida xalqaro moliya institutlari, donor taşkilotlar va hamkor davlatlar iştirokida konferensiya ötkazilişi aytildi.

Forumda Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yang, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi boş vitse-prezidenti Saçiko Imoto, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Kaxa Imnadze, Jahon bankining kambağallikni qisqartiriş böyiça global direktori Luis Felipe Lopez-Kalva iştirok etdi. Umuman, anjumanda 200 ga yaqin xalqaro ekspertlar qatnaşdi.

Tadbir doirasidagi sessiyalarda kambağallikni qisqartirişda bozor talablari, islom moliyasining imkoniyatlari, biznes inklyuzivligi, inson kapitaliga sarmoya mavzularida innovatsion yondaşuvlar muhokama qilindi.

Forum 18-sentyabr kuni yakunlanadi.

 

president.uz

Ulaşiş: