Özbekiston Prezidenti ITB bilan yangi Strategik şeriklik dasturini qabul qiliş taşabbusini ilgari surdi
17-sentyabr kuni Namangan şahrida ötayotgan "Kambağallikdan farovonlik sari" xalqaro forumi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuv avvalida uşbu nufuzli xalqaro moliyaviy taşkilot rahbari forum muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan samimiy tabriklab, ITB Özbekistonda kambağallikni yanada qisqartiriş borasidagi vazifalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini ta’kidladi.
Mamlakatimizda ortga qaytmas tus olgan islohotlar strategiyasini amalga oşirişga kömaklaşiş maqsadida Bank guruhi bilan keng kölamli hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda ITB bilan şeriklik jadal rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Qöşma loyihalar portfeli 5 milliard dollardan oşib, bugungi kunda transport, infratuzilma, uy-joy qurilişi, energetika, soğliqni saqlaş, ta’lim kabi ustuvor sohalarni qamrab olgan. Şu bilan birga, investitsiyalarning 40 foizdan ortiği xususiy sektorga töğri keladi.
Davlatimiz rahbari ITB bilan loyihalar portfelini ikki barobar köpaytiriş, infratuzilma, ijtimoiy soha va xususiy sektor loyihalarini moliyalaştiriş hajmini oşirişni nazarda tutadigan uzoq muddatli Strategik şeriklik dasturini qabul qiliş taşabbusini ilgari surdi.
Xususiy biznes salohiyatini röyobga çiqariş, mamlakatimiz hududlarida zamonaviy tibbiyot markazlarini barpo etiş, avtomobil yöllarini modernizatsiya qiliş, irrigatsiya kanallarini tiklaş va betonlaş hamda boşqa yönalişlarda aniq loyihalarni ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.

