Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Kambağallikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumning oçiliş marosimida sözlagan nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Kambağallikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumning oçiliş marosimida sözlagan nutqi

19.09.2025 16:28120

Assalomu alaykum, muhtaram mehmonlar!

Hurmatli forum iştirokçilari!

Xonimlar va janoblar!

Sizlarni mamlakatimizda kambağallikni qisqartiriş böyiça uçinçi bor ötkazilayotgan xalqaro forumda çin dildan qutlaşdan ğoyat mamnunman.

Fursatdan foydalanib, bugungi anjumanda iştirok etayotgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir janoblariga, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Ing-Ming Yang janoblariga, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) boş vitse-prezidenti Saçiko Imoto xonimga, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Kaxa Imnadze janoblariga, Jahon bankining kambağallikni qisqartiriş böyiça global direktori Luis Felipe Lopez-Kalva janoblariga va barça mehmonlarimizga çuqur minnatdorlik bildiraman.

Mehmondöst Özbekiston zaminiga, betakror Namangan diyoriga xuş kelibsiz!

Qadrli döstlar!

Xabaringiz bor, bundan ön yil oldin Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan Barqaror rivojlaniş maqsadlari haqida muhim hujjat qabul qilingan edi. 2030 yilgaça global miqyosda kambağallikka barham beriş uşbu maqsadlarning birinçisi sifatida belgilab olingan.

Barçamiz körib turibmiz, hozirgi vaqtda insoniyat oqibatini oldindan aytib bölmaydigan öta keskin va murakkab davrni boşidan keçirmoqda. Dunyoda geosiyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy beqarorlik tobora ortib bormoqda.

Yer yuzida kuzatilayotgan iqlim özgarişlari, suv tanqisligi va pandemiyalar tufayli oldimizda oğir va maşaqqatli sinovlar paydo bölmoqda.

2015 yildan buyon global iqtisodiy ösiş sur’ati örtaça 3 foizni taşkil etib, oldingi ön yillikka nisbatan sekinlaşdi. Oqibatda agar beş yil oldin dunyoda 650 million aholi kambağallikda yaşagan bölsa, bugun ularning soni 800 milliondan oşdi.

Bu holat barça davlatlar, xalqaro taşkilotlar, umuman, dunyo hamjamiyati oldiga yangi va dolzarb vazifalarni qöyib, ularga yeçim topiş böyiça tezkor qarorlar qabul qilişni taqozo etmoqda.

Bugungi anjumanimizda qatnaşayotgan 30 dan ortiq nufuzli taşkilot va 200 ga yaqin xalqaro ekspertlar ilgari suradigan taklif va taşabbuslar uşbu muammolarga kompleks yeçim topişga xizmat qiladi, deb işonaman.

Muhtaram anjuman iştirokçilari!

Yangi Özbekistonda barça islohotlar “Inson qadri uçun” degan tamoyil asosida amalga oşirilmoqda.

Sönggi sakkiz yilda odamlarning haq-huquqini himoya qiliş, ularni munosib iş joyi bilan ta’minlaş, daromadini oşiriş, turmuş şaroitini yaxşilaşga qaratilgan ulkan işlarni amalga oşirdik. Barça sa’y-harakatlarimiz har bir inson, ayniqsa, yoşlar va xotin-qizlar öz salohiyatini töliq namoyon etişi uçun şaroit yaratiş va imkoniyatlarni kengaytirişga qaratildi.

Eng murakkab davrda kambağallikka qarşi kuraşni davlat siyosati darajasiga olib çiqib, uni umummilliy harakatga aylantirdik. Oçiq aytiş kerak, öşa paytda bizda kambağallik darajasini baholaş böyiça aniq mezon va metodologiya yöq edi. Jahon banki va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti institutlari bilan hamkorlikda xalqaro tajriba asosida kambağallikning milliy mezonlarini işlab çiqdik.

Yangilangan Konstitutsiyamizda pensiyalar, nafaqalar va ijtimoiy yordam miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bölmasligini qat’iy belgilab qöydik.

Ekspertlarning hisob-kitobiga köra, bu işlarni boşlaganimizda aholimizning uçdan bir qismi kambağallik çegarasida yaşardi.

Izçil islohotlarimiz tufayli 7,5 million aholi kambağallikdan çiqarilib, kambağallik darajasi 2024-yilda 8,9 foizga tuşirildi. Yil yakunigaça uni 6 foizgaça kamaytirişni maqsad qilganmiz.

Albatta, qisqa muddatda bunday natijalarga erişiş öz-özidan bölgani yöq. Ötgan davrda iqtisodiyotimiz 2 karra ösgani, yil yakuni bilan aholi jon boşiga daromad 3,5 ming dollarga yetişi bu borada muhim omil bölib xizmat qilmoqda.

Biz yangi taşabbus va tajribalarni sinovdan ötkazib, dunyodagi ijobiy yutuqlarni örganib, kambağallikni qisqartiriş böyiça Yangi Özbekiston modelini yaratdik. Avvalo, ötiş davrining muhim instrumenti bölgan manzilli ijtimoiy daftarlarni joriy etib, barça ehtiyojmand oilalarni qamrab oldik.

Birgina misol, pandemiya davrida 800 ming oilaga bepul dori-darmon, 255 ming oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, yana 1 million 200 ming oilaga ijtimoiy nafaqalar berildi.

Qanday oğir bölmasin, izlanib, imkon topib, bu maqsadlar uçun jami 8 milliard dollarlik mablağ va imtiyozlar berdik. Natijada 5 million 200 ming nafar odamni “kambağallik qopqoni”ga tuşib qolişdan himoya qildik va şu bilan birga, iqtisodiy retsessiyaning oldini oldik.

Jamiyatning eng quyi böğinigaça tuşib, “mahallabay” işlaş tizimini yölga qöyganimiz özini har tomonlama oqladi. Har bir xonadon, har bir oila bilan individual reja asosida işlab, daromadni oşiriş uçun yetarli resurs ajratdik.

Mahallalarni obod qiliş, odamlar hayotini yaxşilaş va tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirişga har yili 2,5-3 milliard dollar yönaltiryapmiz.

Qişloq aholisini daromadli qiliş uçun, 235 ming gektar paxta va ğalla maydonini qisqartirib, odamlarga 30-50 sotixdan yer ajratişning yangi mexanizmini joriy qildik. Bu işlarimiz 800 ming odamning daromadini oşirişda muhim qadam böldi.

Lider tadbirkorlar kömagida tomorqada serdaromad ekinlarni ekiş va yetiştirilgan mahsulotni kafolatli sotib oliş tizimini yölga qöydik.

Muhimi, aholini kambağallikdan çiqariş va daromadli qilişda har bir hududning öz tajribasi paydo böldi.

Bugungi forumga mezbonlik qilayotgan Namanganda ham kiçik biznes, hunarmandçilik, zamonaviy sanoat zonalarini rivojlantiriş böyiça namuna yaratildi.

Bir söz bilan aytganda, har bir mahallaga biznes muhiti, har bir oilaga farovonlik kirib borganini odamlar öz hayotida his etmoqda. Bunday keng kölamli sa’y-harakatlarimiz hisobiga Özbekiston 2030-yilga qadar kambağallikni 2 karra qisqartiriş böyiça olgan majburiyatini barvaqt bajarişga harakat qilmoqda.

Şularni inobatga olib, bugun yangi, yanada yuqori marrani belgilab olişga tayyormiz.

2030-yilga borib, xalqaro mezonlarga köra, Özbekistonda mutlaq kambağallikka töliq barham beriş uçun barça imkoniyatlarimiz bor va biz buni albatta uddalaymiz!

Aziz mehmonlar!

Oldimizga qöygan maqsadlarga erişiş uçun yettita ustuvor yönalişni öz içiga olgan “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oşirmoqdamiz.

Eng avvalo, kambağal aholini şunçaki işga joylaştiriş emas, balki doimiy iş örinlarini köpaytirib, odamlar barqaror daromad manbasiga ega bölişi uçun şaroit yaratyapmiz.

Faol investitsiya siyosatimiz tufayli şu yilning özida 35 milliard dollar sarmoya evaziga 9 mingdan ortiq yangi korxona, 300 mingga yaqin yuqori daromadli iş örni taşkil etilmoqda.

Qulay işbilarmonlik muhiti hisobiga ötgan sakkiz yilda 700 ming tadbirkor özining barqaror biznesiga ega böldi.

E’tiborlisi – davlat biznesga şaroit yaratib beryapti, tadbirkorlar esa öziga ijtimoiy mas’uliyat olib, ehtiyojmand aholini işli va daromadli qilişda kömakçi bölmoqda. Mana şunday samarali hamkorlik tufayli şu yilning özida 270 mingdan ziyod kambağal oila a’zosi doimiy işli böldi.

Biz hozirgi texnologiyalar asrida IT, sun’iy intellekt, fintex kabi odamlarga yuqori daromad keltiradigan sohalarda startaplar ekotizimini rivojlantirişga katta e’tibor qaratmoqdamiz.

Yil boşidan buyon startaplarga 270 million dollar yoki ötgan yilga nisbatan 4 barobar köp xorijiy investitsiya kiritildi. Bu yönalişdagi işlarni yanada kuçaytirib, birgina Jahon banki bilan hamkorlikda qiymati 100 million dollar bölgan yangi loyihalarni boşlayapmiz.

Biz mamlakatimizda kambağallikni qisqartiriş, aholi daromadlarini köpaytiriş böyiça xalqaro taşkilotlar va nufuzli moliya institutlari bilan faol işlayapmiz. Bu borada Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda qişloqlarda yaşaş şaroitini yaxşilaş, yöl qurilişi, tibbiyot va ta’lim xizmatlarini kengaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan 5 milliard dollarlik loyihalar alohida ahamiyatga ega.

Uşbu loyihalarni qöllab-quvvatlab, Özbekistonda kambağallikni qisqartirişga ulkan hissa qöşayotgan bank prezidenti Muhammad al-Jassir janoblarining xizmatlarini yuksak qadrlaymiz.

Mana şu imkoniyatdan foydalanib, bunday keng kölamli islohotlarni amalga oşirişda bizga yaqindan kömaklaşayotgan barça xalqaro moliya institutlari va hamkor davlatlar delegatsiyalariga samimiy taşakkurimni izhor etaman.

Ikkinçidan, odamlarning bilimini oşirmasdan, ularni “kambağallik girdobi”dan çiqariş imkonsizdir.

Şu bois sifatli ta’lim asosida inson kapitalini rivojlantiriş, uzoq muddatli istiqbolda kambağallikni qisqartirişning asosiy “drayveri” bölib qoladi.

Birgina misol, bolalarimizning boğçalardagi qamrovi 27 foizdan 78 foizga oşgani natijasida 1 million ayollarimiz ta’lim oliş, kasb-hunar örganiş va daromad topiş imkoniga ega böldi. Biz bu işlarni davom ettirib, kambağal oilalar farzandlarini maktabgaça ta’lim bilan töliq qamrab oliş uçun barça şaroitlarni yaratamiz. Bunday oilalar farzandlari uçun xorijiy til va kasb-hunar örganişga ketadigan xarajatlarning 80 foizini qoplab beramiz va bu orqali 100 mingta kambağal oila farzandlarini qamrab olamiz.

Har bir kambağal oilada kamida 1 nafar oliy ma’lumotli yigit yoki qiz bölişi uçun imtiyozli ta’lim krediti va davlat grantlarini köpaytiramiz.

Sönggi beş yilda 800 mingdan ziyod aholini zamonaviy kasblarga örgatib, ularni yuqori daromadli işlarga joylaştirdik. Kelgusida bu amaliyotni yanada kengaytiramiz. Xalqaro standartlar asosida Kasbga tayyorlaş xalqaro markazlarini taşkil etib, ularning bitiruvçilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar berişni yölga qöyamiz.

Uçinçidan, biz xotin-qizlarni jamiyatning faol a’zosiga aylantiriş masalasini ham davlat siyosati darajasiga olib çiqdik.

Bundan bir asr oldin buyuk ajdodimiz Abdulla Avloniy: “Qizlar bilim olişga hammadan köproq intilişlari lozim, zero, bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni tarbiyalaydilar”, - degan.

Bu sözlar naqadar töğri ekanini bugun hayotning özi yana bir bor tasdiqlamoqda.

Şu bois biz xotin-qizlarga oliygohda öqiş uçun foizsiz kredit ajratiş, magistraturada bepul ta’lim oliş tizimini joriy etdik. Bugungi kunda talabalarning 53 foizini xotin-qizlar taşkil etayotgani, şu yilning özida 1 million 700 ming ayol işli bölgani quvonarlidir. Bu işni davom ettirib, “Raqamli avlod qizlari” dasturi doirasida 50 ming nafar qizlarni IT, fintex va sun’iy intellektga öqitamiz.

Xotin-qizlar jamiyatning barça böğinlarida öz örnini topişiga kömaklaşiş doimiy e’tiborimiz markazida böladi.

Bu yil ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş uçun 1,5 milliard dollar ajratdik. Uşbu mablağlarni yanada köpaytirib, kelgusi yili yana 2 million ayol doimiy daromadli bölişi uçun şaroit yaratamiz.

Kelgusi yildan mehnat bozorida ayollar uçun teng şaroit yaratiş maqsadida ijtimoiy suğurta tizimi qamrovini keskin oşiramiz. Bu – ularning kambağallikka tuşib qolmasligini kafolatlaydi.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi örni va nufuzini yanada oşiriş böyiça yangi-yangi tajribalarni örtoqlaşiş maqsadida kelgusi yili Namanganda ötadigan Osiyo işbilarmon ayollar forumiga barçangizni taklif qilaman.

Törtinçidan, inson salomatligini muhofaza qilmay turib, uning imkoniyatlarini tölaqonli röyobga çiqarib bölmaydi.

Bu borada 140 ming kambağal oilaga şifokor biriktirib, ularni yiliga bir marta töliq tibbiy körikdan ötkazişni yölga qöydik. Endi, kafolatlangan tibbiy xizmatlarni köpaytirib, kambağal oilalarning bunga sarf qiladigan xarajatini 2 karra qisqartiramiz. Bunda ularga bepul dori va kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi taqdim etiladi.

Beşinçidan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan manzilli işlaş – kambağallikka qarşi kuraşda asosiy yönalişlardan biri.

Biz bu tizimni tubdan isloh qilib, ilgari 6 ta davlat taşkilotida bölgan vakolatlarni yagona – Ijtimoiy himoya milliy agentligiga birlaştirdik.

Qisqa muddatda har bir tuman va şaharda 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni “bir darça” tamoyili asosida körsatadigan “Inson” markazlarini taşkil qildik. Har bir mahallada ijtimoiy xodim aholi bilan proaktiv usulda işlamoqda.

Şu yilning özida 2 million 700 ming aholiga ijtimoiy xizmat va yordamlar körsatildi. Ayniqsa, kambağal oilalarning parvarişga muhtoj a’zolariga yangi ijtimoiy xizmatlarni yölga qöyganimiz, 50 ming nafar mehnatga layoqatli aholi uçun işlaş imkonini yaratdi.

Biz bu yönalişdagi işlarimizni kelgusida yanada keng kölamda davom ettiramiz.

Jahon banki bilan ijtimoiy xizmatlar sifati va qamrovini oşiriş maqsadida 100 million dollarlik loyihani boşladik.

Imkoniyati çeklangan aholining kambağallikka tuşib qoliş ehtimoli yuqori. Şu bois ularni qöllab-quvvatlaş, inklyuzivlik asosida jamiyatga integratsiya qiliş böyiça yangi yondaşuvlarni işlab çiqdik.

Munosib mehnat şaroitini yaratganimiz uçun bu yil nogironligi bor 150 ming nafar şaxs işga joylaşdi. Ularga hayotiy zarur tibbiy jihozlar, kolyaska va protezlar bepul yetkazib berilmoqda.

Imkoniyati çeklangan bolalarni maktab va kasbiy ta’lim bilan qamrab oliş uçun alohida dasturlarni amalga oşiryapmiz.

Özbekistonda oğir vaziyatga tuşib qolgan bolalarga ğamxörlik qiliş va ularni zöravonlikning har qanday körinişidan himoya qiliş borasida yangi tajriba yaratildi.

Oltinçidan, hududlarda infratuzilmani yaxşilaş, odamlarga yaşaş uçun qulay şaroitlar yaratiş – köp ölçovli kambağallikni qisqartirişda muhim qadam böladi.

Şu maqsadda qariyb 3,5 million aholi yaşaydigan, şaroiti oğir 1 mingta mahallada infratuzilmani yaxşilayapmiz. Natijada şu yilning özida 470 ming xonadonga qaraşli tomorqaga suv bordi, yana 790 ming xonadonda elektr energiyasi ta’minoti yaxşilandi.

Kelgusi yili mahallalarda infratuzilmani yaxşilaş, iş örinlarini köpaytiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga yana 400 million dollar ajratyapmiz. Bunda 32 ta tuman va ijtimoiy şaroiti oğir 328 ta mahallani tanlab, ularni rivojlantiriş böyiça alohida dastur qabul qilamiz. Bu – yangi tajriba böladi.

Şuningdek, 810 ta mahallada suv, kanalizatsiya, yöl, maktab va boğça quriş böyiça 1,3 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi.

Uy-joyga muhtoj va daromadi past aholiga ipoteka tizimidan foydalaniş uçun har yili 200 million dollar subsidiya ajratiladi.

Xalqaro moliya institutlari rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma loyihalarini moliyalaştirişda kambağallikni qisqartiriş talabini kiritsa, öylaymanki, bu ham maqsadga muvofiq böladi.

Yettinçidan, bizdagi davlat xarajatlarining 70 foizdan ortiği aynan Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş uçun sarflanmoqda.

Şu bilan birga, global miqyosda Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş uçun rivojlanayotgan davlatlarga yiliga 4 trillion dollardan ziyod mablağ zarur. Bunday şaroitda xavf-xatarlarni obyektiv baholaş, moliyaviy resurslarni jalb qiliş, ularning samaradorligini oşiriş böyiça “kambağallikka qarşi kuraşning yangi moliyaviy arxitekturasi”ga ehtiyoj sezilmoqda.

Uşbu masalalarga yeçim topiş maqsadida 2026 yilda köhna Xiva şahrida xalqaro moliya institutlari, donor taşkilotlar va hamkor davlatlar iştirokida yuqori darajadagi konferensiya ötkazişni taklif qilamiz.

Hurmatli forum iştirokçilari!

Inson qadrini uluğlaş orqali odamlar uçun munosib şaroit yaratiş, bu borada kambağallikni qisqartiriş – Yangi Özbekistondagi barça islohotlar zamiridagi boş maqsaddir.

Aminman, Özbekiston ortga qaytmas islohotlar yölidan qat’iy borib, kambağallikni qisqartiriş borasida ham, Barqaror rivojlaniş maqsadlariga töliq erişiş böyiça ham barça majburiyatlarini bajarişga harakat qiladi.

Bugungi anjuman barçamiz uçun sermahsul va foydali muloqot maydoniga aylanadi va men bunga işonaman.

Sizlarni yana bir bor çin dildan qutlab, barçangizga mustahkam soğliq, ğoyat şarafli va olijanob faoliyatingizda ulkan yutuqlar, anjuman işiga esa muvaffaqiyatlar tilayman.

 

president.uz

Ulaşiş: