Özbekiston Prezidenti JSTga a’zo böliş jarayoni muvaffaqiyatli keçayotganini qayd etdi

Özbekiston Prezidenti JSTga a’zo böliş jarayoni muvaffaqiyatli keçayotganini qayd etdi

23.09.2025 11:52134

BMT Boş Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Jahon savdo taşkiloti (JST) boş direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uçraşuv ötkazdi.

Mamlakatimizning JSTga a’zo bölişi borasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlaşning dolzarb jihatlari körib çiqildi.

Uşbu xalqaro taşkilotga a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.

JST me’yorlari va qoidalariga muvofiq milliy qonunçilikni, şu jumladan texnik jihatdan tartibga soliş va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarini uyğunlaştiriş böyiça faol işlar olib borilmoqda.

Joriy yil noyabr oyida bölib ötadigan Işçi guruhning navbatdagi yiğilişi natijadorligini ta’minlaş, şuningdek, 2026-yilda muzokaralar yakunlanişi va mamlakatimiz taşkilotga qöşilişi muhim ekani ta’kidlandi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: