XXI Madaniy an'analar va milliy taomlar festivali
XXI Madaniy an'analar va milliy taomlar festivali Özbekistonning turli xalqlar urf-odatlari va madaniy-ma'rifiy aloqalarini kengaytirişga yönaltirilgan öziga xos yorqin tadbiridir. Darhaqiqat, Özbekiston Respublikasi TIV huzuridagi Diplomatik servis xizmati mamlakat madaniy hayotida haqiqiy an'anaga aylanib ulgurgan festivalni 21-marotaba ötkazmoqda.
Uşbu festivalda Özbekistonda akkreditasiyadan ötgan yigirmadan ortiq elçixona vakillari iştirok etmoqda. Elçixona xodimlari özlarining oşpazlik iste'dodlarini namoyiş etgan holda, festival iştirokçilariga öz mamlakatlarining taomlarini, şu jumladan milliy oşxonalariga mansub bölgan ekzotik lazzatlarni taqdim qilişmoqda.
Festival jonli va osoyişta muhitda taşkillaştirilgan va
unda mehmonlar noyob ta'm va milliy an'analardan bahramand bölişlari hamda taom tayyorlaş jarayonida şaxsan qatnaşişlari mumkin. Bundan taşqari, festivalda dunyoning turli burçaklaridan an'anaviy milliy raqslar, musiqa va liboslar namoyiş etilişi asnosida unutilmas bayram muhiti yaratilmoqda.
Milliy taomlarni sotişdan tuşgan mablağlar, şuningdek homiylar tomonidan ajratmalarning barçasi Özbekiston Respublikasi mehribonlik uylariga xayriya sifatida ötkaziladi. Şunday ekan, festival nafaqat mamlakatning madaniy hayotini kengaytiradi va turizmni rivojlantiradi, balki bolalar hayotini yanada yorqinroq va yaxşiroq qilişga xizmat qiladi.
Mazkur xayriya festivalida asosiy homiylarimiz - “LUKOIL Uzbekistan Operating Company”, “HAYOT BANK”, “Coca-Cola Içimligi Özbekiston Ltd.”, “HYDROLIFE BOTTLERS”, “ZHEJIANG TEA GROUP CO., LTD.”, “EVRO PROM LIDER”, “HEAVENS FOOD” (AGORA) kompaniyalari hisoblanadi.
“Madaniy an'analar va milliy taomlar festivali” - bu dunyoning turli xalqlari madaniyati va urf-odatlari bilan tanişiş, ularning taomlaridan bahramand böliş uçun noyob imkoniyatdir. Har yili festival tobora ommalaşib bormoqda va şziga köplab mehmonlarni jalb qilmoqda. Bu öz navbatida tadbirning Özbekistondagi diplomatik vakolatxonalar orasidagi muvaffaqiyati va ahamiyatini tasdiqlaydi.
Xususan, bugungi festivalda quyidagi elçixonalar va madaniy markaz vakillari iştirok etmoqdalar:
1. Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Elçixonasi
2. Belarus Respublikasi Elçixonasi
3. Bangladeş Xalq Respublikasi Elçixonasi
4. Gruziya Elçixonasi
5. Misr Arab Respublikasi Elçixonasi
6. Xitoy Xalq Respublikasi Elçixonasi
7. Qozoğiston Respublikasi Elçixonasi
8. Qirğiziston Respublikasi Elçixonasi
9. Hindiston Respublikasi Elçixonasi
10. Eron Islom Respublikasi Elçixonasi
11. Indoneziya Respublikasi Elçixonasi
12. Ruminiya Elçixonasi
13. Tojikiston Respublikasi Elçixonasi
14. Ukraina Elçixonasi
15. Birlaşgan Arab Amirliklari Elçixonasi
16.“WIEDERGEBURT” Özbekiston nemis madaniy markazi
17. Koreya madaniy markazi
18. Tatar madaniy markazi

