XXI Madaniy anʼanalar va milliy taomlar festivali

XXI Madaniy anʼanalar va milliy taomlar festivali

29.09.2025 10:0168

    27 sentabr Özbekiston Respublikasi TIV huzuridagi Diplomatik servis xizmati mamlakat madaniy hayotida haqiqiy anʼanaga aylanib ulgurgan festival ötkazdi.

Uşbu festivalda Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan yigirmadan ortiq elçixona vakillari iştirok etdi.

Elçixona xodimlari özlarining oşpazlik isteʼdodlarini namoyiş etgan holda, festival iştirokçilariga öz mamlakatlarining taomlarini, şu jumladan, milliy oşxonalariga mansub bölgan ekzotik lazzatlarni taqdim qilişdi.

Bundan taşqari, festivalda dunyoning turli burçaklaridan anʼanaviy milliy raqslar, musiqa va liboslar namoyiş etilişi asnosida unutilmas bayram muhiti yaratildi.

“Madaniy anʼanalar va milliy taomlar festivali” dunyoning turli xalqlari madaniyati va urf-odatlari bilan tanişiş, ularning taomlaridan bahramand böliş uçun noyob imkoniyatdir. Har yili festival tobora ommalaşib bormoqda va öziga köplab mehmonlarni jalb qilmoqda. Bu öz navbatida tadbirning Özbekistondagi diplomatik vakolatxonalar orasidagi muvaffaqiyati va ahamiyatini tasdiqlaydi.

Xususan, festivalda Jazoir, Belarus, Bangladeş, Gruziya, Misr Arab Respublikasi, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Hindiston, Eron, Indoneziya, Ruminiya, Tojikiston, Ukraina va Birlaşgan Arab Amirliklari Elçixonalari hamda “WIEDERGEBURT” Özbekiston nemis madaniy markazi, Koreya madaniy markazi, Tatar madaniy markazi iştirok etdi.

 

yuz.uz

Ulaşiş: