Özbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş muhimligini ta’kidladi

Özbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş muhimligini ta’kidladi

08.10.2025 15:25132

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni Turkiy davlatlar taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining Gabala şahrida ötgan navbatdagi yiğilişida iştirok etdi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev raisligida ötgan tadbirda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan, Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Vengriya Boş vaziri Viktor Orban, Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi Kubaniçbek Omuraliyev va boşqa rasmiy şaxslar ham qatnaşdi.

Kun tartibiga muvofiq, taşkilot doirasidagi köp qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi, amaliy şeriklikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari sözining avvalida Ozarbayjon Prezidentiga qadimdan Buyuk ipak yölidagi muhim savdo va madaniyat markazlaridan biri bölgan Gabala şahrida sammit yuksak darajada taşkil etilgani uçun samimiy minnatdorlik bildirdi.

- Sizning bevosita taşabbusingiz bilan biz oxirgi yillarda zamonaviy Ozarbayjonning köplab hududlariga taşrif buyurdik. Gözal Qoraboğ kun sayin obod bölayotganiga, Şuşa, Xonkendi, Ağdam şaharlaridagi ulkan bunyodkorlik işlariga guvoh böldik. Albatta, yaqin döstlaringiz sifatida bu ijobiy jarayonlar bizlarni juda quvontiradi, - dedi davlatimiz rahbari.

Ozarbayjon va Armaniston örtasida imzolangan Tinçlik deklaratsiyasi taşkilot mamlakatlariga savdo, iqtisodiyot, transport va gumanitar sohalarda hamkorlik qiliş uçun keng imkoniyatlar oçayotgani alohida ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari, şuningdek, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga TDTga samarali raislik qilgani va hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qöşgan munosib hissasi uçun minnatdorlik bildirdi.

Sammit kun tartibiga ötar ekan, Özbekiston yetakçisi bugungi xalqaro vaziyatga qisqaça tavsif berdi.

Bu galgi yiğiliş murakkab geosiyosiy özgarişlar, dunyoda va mintaqada xavfsizlikka tahdidlar kuçayib borayotgan şaroitda ötayotgani ta’kidlandi.

- Yaqinda Nyu-York şahrida bölib ötgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining yubiley sessiyasidagi jahon yetakçilarining çiqiş va yondaşuvlari ham zamonaviy dunyoning siyosiy va xavfsizlik arxitekturasi böyiça yakdil pozitsiya yöqligini yana bir bor namoyon etdi, - dedi davlatimiz rahbari.

Şu nuqtayi nazardan, global boşqaruv tizimini çuqur isloh qiliş va takomillaştiriş, BMT va Xavfsizlik Kengaşining rolini oşiriş, şuningdek, xalqaro işlarda rivojlanayotgan mamlakatlarning ovozini kuçaytiriş zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.

Yevroosiyo qit’asida tobora avj olayotgan, oxiri körinmayotgan mojaro va uruşlar Taşkilot davlatlariga salbiy ta’sir körsatayotgani qayd etildi. Ğazo sektoridagi fojia, Ukraina atrofidagi vaziyat, Eronning yadro dasturi muammosi, Afğonistondagi barqarorlik masalalari jiddiy xavotir uyğotmoqda.

Özbekiston rahbari jahonning qudratli davlatlarining adolatli dunyo tartibotini şakllantiriş, özaro işonç va xavfsizlikni ta’minlaş borasidagi intilişlari va yangi rejalarini olqişladi.

Global vaziyatni çuqur tahlil qiliş va zarur qarorlar qabul qiliş maqsadida TDT mamlakatlari taşqi siyosiy idoralari va maxsus xizmatlari rahbarlarining qöşma uçraşuvlarini ötkaziş va bunday formatdagi birinçi yiğilişni kelgusi yilda Samarqand şahrida taşkil etiş taklif qilindi.

Özbekiston yetakçisi qisqa muddatda jadal rivojlanib borayotgan nufuzli xalqaro tuzilmalar qatoriga kirgan Turkiy davlatlar taşkilotining örni va ahamiyati tobora ortib borayotganini ta’kidladi. Oliy darajadagi siyosiy muloqot kengayib, özaro işonç mustahkamlanib borayotgani, qöşma loyihalar va gumanitar dasturlar faol amalga oşirilayotgani bundan dalolat beradi.

Bugungi kunda TDT doirasida 35 dan ortiq yönalişda amaliy hamkorlik qilinmoqda. Özaro savdo hajmi barqaror oşib bormoqda va 2030 yilga borib ikki barobar köpayişi kutilmoqda.

Davlatimiz rahbari öz nutqining asosiy qismida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirişning aniq masalalariga töxtaldi.

Taşkilotning nufuzi va salohiyatini oşiriş, yaqin istiqbolda uning samarali hamkorlik maydoni sifatidagi rolini kuçaytiriş ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

- Bu borada Turkiy davlatlar örtasida strategik şeriklik, abadiy döstlik va qardoşlik töğrisidagi bitimni tezroq kelişib, qabul qiliş tarafdorimiz. Albatta, bu muhim bitim hamkorligimizni rivojlantiriş yölida asosiy siyosiy hujjat sifatida qardoş xalqlarimizni yanada yaqinlaştiriş, amaliy aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqişda mustahkam zamin bölib xizmat qiladi, - dedi mamlakatimiz yetakçisi.

Köp qirrali şeriklikni kengaytiriş va jadallaştiriş maqsadida Turkiy davlatlar taşkilotini 2030 yilgaça rivojlantiriş strategiyasi va uni amalga oşiriş böyiça alohida "yöl xaritasi"ni işlab çiqiş taklif qilindi. Uşbu hujjatlarda quyidagi aniq yönaliş va çora-tadbirlarni aks ettiriş zarurligi qayd etildi.

Birinçidan, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş va sanoat kooperatsiyasini çuqurlaştiriş.

Özbekiston Prezidenti yaqin istiqbolda TDT doirasida savdo, biznes va özaro investitsiyalar uçun eng qulay şaroitlar, huquqiy asos va infratuzilma yaratişni nazarda tutadigan Yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini şakllantiriş muhimligini yana bir bor ta’kidladi.

Amaliy hamkorlikni izçil rivojlantiriş va aniq loyihalarni işlab çiqiş, xususan, Turkiy investitsiya jamğarmasi doirasidagi rejalarni kelişiş maqsadida Turkiy davlatlarning iqtisodiy şeriklik böyiça doimiy kengaşini ta’sis etiş muhimligi qayd etildi. Doimiy asosda faoliyat yuritadigan uşbu tuzilmaga Taşkilot mamlakatlari Boş vazirlarining örinbosarlari rahbarlik qilişi mumkin. Kengaşning Loyiha ofisini Toşkent şahrida joylaştiriş taklif etildi.

Özbekiston rahbari ta’kidlaganidek, quyidagi masalalar Kengaşning doimiy e’tiborida bölişi kerak:

- Turkiy davlatlar Sanoat alyansini tuziş va şu orqali maşinasozlik, toğ-kon sanoati, elektrotexnika, neft-kimyo, farmatsevtika, yengil, oziq-ovqat sanoati, quriliş materiallari işlab çiqariş sohalarida yetakçi kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surişga kömaklaşiş;

- özaro savdo hajmini yanada oşiriş va texnik reglamentlarni yaqinlaştiriş maqsadida "Turkiy yaşil yölaklar" elektron tizimini joriy etiş;

- "yaşil" energetika, "yaşil" vodorod va ammiak böyiça loyihalarni birgalikda amalga oşiriş, ilğor texnologiyalar, standartlar va vakolatlarni jalb qiliş, davlat-xususiy şeriklik mexanizmlarini keng joriy etiş uçun "Yaşil transformatsiya" konsorsiumini taşkil etiş;

- strategik minerallar xomaşyo bazasini rivojlantiriş asosida qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş.

Şu bilan birga, "xomaşyo - qayta işlaş - ilm va texnologiyalar - tayyor mahsulot" tamoyili asosida amaliy hamkorlik dasturini qabul qiliş muhimligi ta’kidlandi.

Ikkinçidan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş. Mavjud salohiyatni hisobga olgan holda, TDT mamlakatlari organik qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqariş va yetkazib beriş böyiça jahon yetakçilariga aylanişi mumkin.

FAO tahliliga köra, bugungi kunda jahon organik mahsulotlar bozori hajmi 225 milliard dollardan oşadi va kelajakda bu körsatkiç har yili 10 foizga ösişi kutilmoqda.

Sifatli va xaridorgir organik mahsulotlar işlab çiqariş uçun ilmiy-tadqiqot va seleksiya, sanoat kooperatsiyasi va logistika aloqalarini kuçaytiriş zarurligi ta’kidlandi.

- Kelajakda organik mahsulotlarimiz jahon bozoriga yagona brend bilan çiqişi mumkin. Bu borada qişloq xöjaligi vazirlarimiz nazoratida Ekspert işçi guruhini taşkil etib, dastlabki “pilot” loyihalarni saralaş va mamlakatlarimizda amalga oşirişni taklif etamiz, - dedi Özbekiston yetakçisi.

Uçinçidan, transport jihatidan özaro boğliqlikni kuçaytiriş va xalqaro tranzit yölaklarini rivojlantiriş sohasida muvofiqlaştirilgan siyosatni amalga oşiriş.

Mamlakatimiz yetakçisi Örta koridorni izçil rivojlantiriş borasidagi rejalarni qöllab-quvvatlab, uşbu yönalişning raqobatbardoşligini ta’minlaş va biznes hamjamiyati uçun eng qulay şaroitlar yaratiş muhim ekanini ta’kidladi.

Şu ma’noda, maqbul tranzit tariflarini qöllaş, zamonaviy transport infratuzilmasini rivojlantiriş va raqamli bojxona tartib-taomillarini joriy etiş muhim ahamiyat kasb etadi.

Örta koridor qurilayotgan Xitoy - Qirğiziston - Özbekiston temir yöli va istiqbolli Transafğon yölagi bilan boğlansa, ulkan mintaqada köp tarmoqli, strategik magistral yöllar tizimi yaratiladi.

Transport sohasiga oid bu taşabbuslarning barçasi 12-noyabr kuni Toşkent şahrida bölib ötadigan Multimodal taşuvlar böyiça xalqaro forum doirasida atrofliça muhokama qilinişi rejalaştirilgan.

Törtinçidan, keng kölamli sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş uçun samarali moliyaviy vositalarni joriy etiş.

Özbekiston Prezidenti Turkiy investitsiya jamğarmasi faoliyatini kengaytiriş, ITB, ETTB va boşqa xalqaro hamda milliy moliya institutlari bilan Strategik hamkorlik dasturini qabul qiliş taşabbusini ilgari surdi.

Beşinçidan, barqaror rivojlanişning muhim drayverlariga aylanayotgan sun’iy intellekt, raqamlaştiriş va kreativ iqtisodiyotni rivojlantiriş.

Uşbu yönalişlardagi sa’y-harakatlarni birlaştiriş maqsadida sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot sohalaridagi loyihalarni amalga oşiriş böyiça "yöl xaritasi"ni qabul qiliş taklif etildi.

Davlatimiz rahbari Özbekistonda Turkiy dunyo xalqaro körgazmasini ötkaziş taşabbusini ilgari surdi.

Oltinçidan, "Jaholatga qarşi – ma’rifat" tamoyili asosida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş.

2025-2026-yillarda mamlakatimiz 100 dan ortiq ta’lim muassasalarini birlaştirgan Turkiy universitetlar ittifoqiga raislik qilişi ta’kidlandi. Kelgusi hafta Toşkentda ittifoqning Boş assambleyasi bölib ötadi.

Özbekiston raislik davrida "Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari"ni ötkaziş niyatida.

Özbekiston Prezidenti ilm-fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlaş, iqtidorli olimlarning tadqiqotlarini rağbatlantiriş maqsadida mamlakatimizda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti öz faoliyatini boşlayotganini ma’lum qildi. Davlatimiz rahbari uning negizida Qöşma tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş dasturini işlab çiqişni taklif etdi.

Yettinçidan, yoşlar orasida yot va buzğunçi ğoyalar tarqalişining oldini oliş.

Şu munosabat bilan Turkiy davlatlar makonida ekstremistik va radikal mafkuraga qarşi kuraşiş böyiça Harakatlar rejasini qabul qiliş taklif etildi.

Özbekiston, şuningdek, islomofobiyaning barça körinişlariga qarşi kuraşişga qaratilgan yaqin muloqotni davom ettiradi.

Bundan taşqari, Taşkilot doirasida yoşlar örtasida ekologik bilimlar böyiça qöşma çora-tadbirlarni işlab çiqiş muhim ekani ta’kidlandi.

Özbekiston yetakçisi yana bir muhim masalaga e’tibor qaratdi.

- Biz kelgusi yilda buyuk şoir va mutafakkir Alişer Navoiyning 585 yilligi hamda uluğ ozarbayjon şoiri Nizomiy Ganjaviy tavalludining 885 yilligini keng nişonlaymiz. Ana şu mumtoz siymolarning insonparvarlik, özaro döstlik va birdamlik haqidagi ğoyalari, bebaho adabiy merosini keng tarğib etiş maqsadida “Nizomiy Ganjaviy va Alişer Navoiy ijodi – Turkiy dunyo ma’naviy hayotida” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya ötkazişni taklif etamiz, - dedi davlatimiz rahbari.

Yiğilişda xorijiy davlatlar delegatsiyalari rahbarlari ham sözga çiqdi.

Sammit yakunida Taşkilotga a’zo mamlakatlar örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirişga qaratilgan qöşma qaror va hujjatlar töplami qabul qilindi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: