Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşi majlisidagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşi majlisidagi nutqi

13.10.2025 16:24116

Hurmatli hamkasblar!

An’anaviy iliq qabul va bugungi sammitimizni ajoyib tarzda taşkil etgani uçun Tojikiston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Emomali Şaripoviç Rahmon şa’niga bildirilgan samimiy minnatdorlik sözlariga qöşilaman.

Tojikistonning MDHga samarali raisligini, bu davrda mamlakatlarimiz örtasidagi köptomonlama şeriklik yangi sur’at bilan rivojlana boşlaganini alohida qayd etişni istar edim.

Global siyosat va iqtisodiyotda murakkab, oldindan başorat qilib bölmaydigan jarayonlar keçayotgan şaroitda, xalqaro institutlarning roli zaiflaşib borayotgan bir vaziyatda MDH özining barqarorligi, samaradorligi va zaruriy tuzilma ekanini namoyiş qilişda davom etayotganini ta’kidlamoqçiman.

Ön yillar davomida yaratilgan mexanizmlar va yölga qöyilgan muloqotlar tufayli iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar masalalarga oid barça jabhalar böyiça yaqin hamkorlikda iş olib borilmoqda.

Biz MDH doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlaş, şuningdek, tabiiy şeriklarimiz bölgan mamlakatlar bilan amaliy hamkorlikning samaradorligini oşirişdan manfaatdormiz. Şu munosabat bilan Özbekiston köptomonlama munosabatlarni çuqurlaştiriş böyiça bildirilgan baho va takliflarni qöllab-quvvatlaydi.

Mamlakatlarimiz örtasida iqtisodiy şeriklikni kengaytiriş biz uçun, heç şubhasiz, ustuvor yönalişdir. Jahon iqtisodiyotida vaziyat yomonlaşib, proteksionizm kuçayib borayotgani, barqaror taraqqiyotga yangi tahdidlar paydo bölayotganini hisobga olganda, bu alohida muhim ahamiyatga egadir.

Ta’kidlaş zarurki, ötgan yili Özbekistonning MDHdagi şeriklari bilan savdo aylanmasi hajmi 11 foizga ösdi. Özaro savdoda ösiş hajmi joriy yilda ham ta’minlanmoqda.

Bunday körsatkiçlar tarmoqlararo kooperatsiyani çuqurlaştiriş va mamlakatlarimiz örtasidagi investitsiya oqimlarining köpayişi bilan bevosita boğliqdir. Jadal hamkorligimiz sur’atlarini saqlab qoliş maqsadida mavjud resurslarni yanada töliq işga soliş hal qiluvçi masala, deb hisoblaymiz.

Birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni quyidagi ustuvor masalalarga yönaltirişni taklif etamiz.

Birinçidan, savdo aylanmasini kuçaytiriş uçun yanada qulay şart-şaroitlarni şakllantiriş.

Bu örinda söz alohida tovarlarni, birinçi navbatda, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib beriş jarayonida tartib-taomil va talablarni soddalaştiriş va milliy bozorlarga kiriş, jumladan, davlat xaridlarida iştirok etiş haqida bormoqda.

Mamlakatlarimiz bozorlarini özaro mos holda kengaytiriş muhimdir. Şu munosabat bilan MDH Iqtisodiy kengaşi doirasida taşqi kon’yunktura özgarişlariga tezkor javob beriş va savdo oqimlari yönalişini özgartiriş böyiça mexanizmlarni işga tuşiriş maqsadga muvofiq.

Şuningdek, texnik tösiqlar va muvofiqlikni baholaşga oid hujjatlarni tan oliş töğrisidagi bitimlar loyihalarini kelişiş borasidagi işlarni faollaştiriş zarur, deb hisoblaymiz.

Ikkinçidan, transport sohasida özaro hamkorlikni çuqurlaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratişni istar edim.

Afsuski, MDH makonida transport tarmoğida amaldagi yölaklarning ötkaziş samaradorligini pasaytiradigan muammoli holatlar hamon saqlanib qolmoqda.

Barça transport turlari bilan integratsiyalaşgan axborot-logistika markazlarini yaratişni zamonning özi talab etmoqda, deb hisoblaymiz.

Bundan taşqari, yuk taşiş infratuzilmasini modernizatsiya qiliş uçun xususiy investitsiyalarni jalb etişni rağbatlantiriş muhimdir. Şu munosabat bilan transport sohasida davlat-xususiy şeriklik masalalari böyiça MDH mamlakatlari konferensiyasini Özbekistonda ötkazişni rejalaştirmoqdamiz.

Uçinçidan, özaro investitsiyalarning ösişini rağbatlantiriş va kooperatsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş.

Hamkorlik böyiça töplangan ijobiy tajribani hisobga olib, mamlakatlarimizda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaşga oid “yöl xaritasi”ni tayyorlaşni taklif etaman.

Biznesni jalb etgan holda kooperatsiyani çuqurlaştiriş va innovatsion startaplarni ilgari suriş MDHning Vençur platformasini yaratişga xizmat qiladi.

Kelgusi yili Toşkent “INNOPROM” körgazmasi doirasida mamlakatlarimiz hududlari va yetakçi kompaniyalarining keng iştirokida MDH innovatsion sanoat forumini ötkazişga tayyormiz.

Agar hamkasblarimiz ma’qullaşsa, MDH Iqtisodiy kengaşiga qöşma loyihalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan taşabbuslarni amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlarni işlab çiqişga körsatma berişni taklif etaman.

Törtinçidan, energetika sohasidagi hamkorlik muhim yönalişlardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda MDHdagi şeriklarimiz bilan an’anaviy va muqobil energiya manbalaridan foydalaniş, jumladan, atom elektr stansiyalari qurilişi sohasida qator yirik strategik loyihalarni amalga oşiryapmiz.

Biz, MDH mamlakatlarida energetika sektorini innovatsion rivojlantiriş böyiça uzoq muddatga möljallangan dasturni işlab çiqiş va amalga oşiriş tarafdorimiz.

Beşinçidan, raqamlaştiriş sohasidagi hamkorlik alohida e’tiborga molikdir.

Joriy yilning avgust oyida Samarqandda taşkil etilgan “MDHda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş” mavzusidagi xalqaro forum kooperatsiya borasida özaro qiziqiş va imkoniyatlar ösib borayotganini körsatdi.

MDH böyiça şeriklarimizning bu sohadagi faol sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaymiz va Amaliy hamkorlikni kengaytiriş böyiça köptomonlama reja işlab çiqişni taklif etamiz.

Hurmatli hamkasblar!

Biz ilm-fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohasida qöşma dasturlarni kengaytirişdan manfaatdormiz.

Mamlakatlarimizda ta’lim sektori va mehnat bozori jadal rivojlanayotganini hisobga olib, Diplomlar, malaka va akademik dasturlarni özaro tan oliş töğrisida yangi davlatlararo kelişuvni tayyorlaş, Professional standartlar va malaka talablarini uyğunlaştiriş mexanizmini joriy etiş lozim, deb hisoblaymiz.

Kun tartibiga innovatsion ekotizimlarni şakllantiriş, yoş avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qöllab-quvvatlaş uçun Yoşlar laboratoriyasini yaratiş masalasini kiritgan holda, MDH Yoşlar forumini Xivada qabul qilişga tayyormiz.

Hurmatli sammit iştirokçilari!

Bugun mamlakatlarimizning xavfsizligi va barqarorligiga nisbatan umumiy xavf-xatar va tahdidlar haqida köp aytildi.

Taşqi siyosat idoralari va maxsus xizmatlar yönalişlari böyiça tizimli va yaqin aloqalarni davom ettiriş muhimdir. Bu örinda söz hamkorlikni muvofiqlaştiriş, axborot almaşiş va qöşma tadbirlarni ötkaziş haqida bormoqda.

Hamdöstlikning janubiy çegaralari haqida söz yuritar ekanmiz, Afğonistonda saqlanib qolayotgan murakkab vaziyatni unutmasligimiz kerak. Uşbu mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy inqiroz çuqurlaşib borayotganini hisobga olsak, uning hududidan böladigan xavf-xatar va tahdidlar saqlanib qolmoqda.

Özbekiston Afğonistonda uzoq muddatli tinçlik, osoyiştalik va barqaror taraqqiyotni ta’minlaşning qat’iy tarafdori ekanini ta’kidlayman.

Şu munosabat bilan uşbu mamlakatda yirik investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oşirişda birgalikda iştirok etiş imkoniyatlarini körib çiqişni taklif etamiz.

Hurmatli hamkasblar!

Biz hurmatli Sergey Nikolayeviç Lebedevni Hamdöstlik Boş kotibi lavozimiga qayta tayinlanişini töliq qöllab-quvvatlaymiz.

Sözimning yakunida Turkmaniston Prezidenti, hurmatli Serdar Gurbanguliyeviç Berdimuhamedovga MDHda raislikni qabul qilib olgani munosabati bilan muvaffaqiyatlar tilayman.

Işonçim komil, uşbu uçraşuv va qabul qilinayotgan qarorlar özaro manfaatli köptomonlama hamkorlikni yanada kengaytirişga imkon yaratadi, xalqlarimiz va mamlakatlarimizning ravnaqi va farovonligi yölidagi umumiy maqsadlar va vazifalarimizga erişişga xizmat qiladi.

 

president.uz

Ulaşiş: