Özbekiston Prezidenti MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş muhimligini ta’kidladi

Özbekiston Prezidenti MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş muhimligini ta’kidladi

13.10.2025 16:28151

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 10-oktyabr kuni Duşanbe şahrida bölib ötgan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etdi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida ötgan sammit işida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan hamda MDH boş kotibi Sergey Lebedev iştirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, Hamdöstlik doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Davlatimiz rahbari nutqining avvalida global siyosat va iqtisodiyotdagi oldindan başorat qilib bölmaydigan jarayonlar hamda xalqaro institutlarning roli zaiflaşib borayotganiga qaramasdan, MDH özining barqarorligi, samaradorligi va zarurligini namoyiş etişda davom etayotganini ta’kidladi.

Ön yillar davomida yölga qöyilgan mexanizmlar va aloqalar tufayli iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar masalalarning barça yönalişlarida yaqindan hamkorlik qilinmoqda.

- Biz MDH doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlaş, şuningdek, tabiiy şeriklarimiz bölgan mamlakatlar bilan amaliy hamkorlikning samaradorligini oşirişdan manfaatdormiz, - dedi Özbekiston Prezidenti.

Söng mamlakatimiz yetakçisi Hamdöstlik doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça qator taklif va taşabbuslarni ilgari surdi.

Jahon iqtisodiyotidagi vaziyatning keskinlaşişi, proteksionizmning kuçayişi va barqaror rivojlaniş yölida yangi xavf-xatarlar yuzaga kelayotganini hisobga olgan holda iqtisodiy şeriklikni kengaytiriş taşkilotning sözsiz ustuvor yönalişi ekani körsatib ötildi.

Özbekistonning MDHdagi şeriklari bilan tovar ayirboşlaş hajmi ötgan yili 11 foizga oşgani va bu körsatkiç joriy yilda ham ösişda davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bunday körsatkiçlar tarmoqlararo kooperatsiya çuqurlaşayotgani va özaro investitsiyalar oqimi köpayib borayotgani tufaylidir.

Mavjud imkoniyatlarni yanada töliq işga soliş, hamkorlikning bugungi sur’atini saqlab qoliş maqsadida Özbekiston Prezidenti birgalikdagi sa’y-harakatlarni quyidagi ustuvor yönalişlarga qaratişni taklif etdi.

Birinçidan, tovar ayirboşlaşni köpaytiriş uçun yanada qulay şaroitlarni şakllantiriş.

Alohida tovarlarni, birinçi navbatda, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib beriş jarayonida tartib-taomil va talablarni soddalaştiriş va milliy bozorlarga kiriş, jumladan, davlat xaridlarida iştirok etiş zarurligi ta’kidlandi.

Şuningdek MDH Iqtisodiy kengaşi doirasida taşqi kon’yunktura özgarişlariga tezkor javob beriş va savdo oqimlari yönalişini özgartiriş böyiça mexanizmlarni işga tuşiriş, texnik tösiqlar va muvofiqlikni baholaşga oid hujjatlarni tan oliş töğrisidagi bitimlar loyihalarini kelişiş borasidagi işlarni faollaştiriş maqsadga muvofiq ekaniga e’tibor qaratildi.

Ikkinçidan, transport sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş.

MDH makonidagi transport tarmoğida mavjud yölaklar samaradorligini pasaytirayotgan muammoli holatlar hamon saqlanib qolayotgani qayd etildi. Bu barça turdagi transportlar bilan integratsiyalaşgan axborot-logistika markazlarini taşkil etişni taqozo etmoqda.

Yuk taşiş infratuzilmasini modernizatsiya qiliş uçun xususiy investitsiyalarni jalb qiliş muhimligini hisobga olib, Özbekistonda transport sohasida davlat-xususiy şeriklikni kengaytiriş masalalari böyiça konferensiya ötkaziş taşabbusi ilgari surildi.

Uçinçidan, özaro investitsiyalar ösişini rağbatlantiriş va kooperatsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş.

Bu borada maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş böyiça "yöl xaritasi"ni tayyorlaş, kooperatsiyani çuqurlaştiriş va biznesni jalb qilgan holda innovatsion startaplarni ilgari suriş uçun MDHning Vençur platformasini yaratiş, kelgusi yilda Toşkentdagi "INNOPROM" körgazmasi negizida Innovatsion sanoat forumini ötkaziş taklif qilindi.

Törtinçidan, energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş.

Özbekiston rahbari ta’kidlaganidek, bugungi kunda MDHdagi şeriklar bilan an’anaviy va muqobil energiya manbalaridan foydalaniş, jumladan, atom elektr stansiyalari qurilişi sohasida qator yirik strategik loyihalar amalga oşirilmoqda.

Davlatimiz rahbari MDH mamlakatlarida energetika sektorini innovatsion rivojlantiriş böyiça uzoq muddatli dastur işlab çiqiş va amalga oşirişni taklif etdi.

Beşinçidan, raqamlaştiriş sohasidagi hamkorlik.

Davlatimiz rahbari joriy yil avgust oyida Samarqandda ötgan "MDHda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş" mavzusidagi xalqaro forum bu sohadagi kooperatsiya borasida özaro qiziqiş va imkoniyatlar ortib borayotganini körsatganini ta’kidladi. Şu munosabat bilan uşbu sohada Amaliy hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça köp tomonlama harakatlar rejasini işlab çiqişni taklif etdi.

Davlatimiz rahbari fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida qöşma loyiha va dasturlarni kengaytiriş muhimligiga alohida e’tibor qaratdi.

- Mamlakatlarimizda ta’lim sektori va mehnat bozori jadal rivojlanayotganini hisobga olib, Diplomlar, malaka va akademik dasturlarni özaro tan oliş töğrisida yangi davlatlararo kelişuvni tayyorlaş, Professional standartlar va malaka talablarini uyğunlaştiriş mexanizmini joriy etiş lozim, deb hisoblaymiz, - dedi Prezident.

Kelgusi yilda kun tartibiga innovatsion ekotizimlarni şakllantiriş, yoş avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qöllab-quvvatlaş uçun Yoşlar laboratoriyasini yaratiş masalasini kiritgan holda, MDH Yoşlar forumini Xivada ötkazişga tayyorlik bildirildi. 

Mintaqaviy xavfsizlik masalalariga töxtalar ekan, Prezidentimiz taşqi siyosiy idoralar va maxsus xizmatlar örtasidagi tizimli va yaqin aloqalarni davom ettiriş muhimligiga e’tibor qaratdi. Afğonistondagi vaziyat alohida e’tiborni talab qiladi.

- Özbekiston Afğonistonda uzoq muddatli tinçlik, osoyiştalik va barqaror taraqqiyotni ta’minlaşning qat’iy tarafdori ekanini ta’kidlayman. Şu munosabat bilan uşbu mamlakatda yirik investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oşirişda birgalikda iştirok etiş imkoniyatlarini körib çiqişni taklif etamiz, - dedi mamlakatimiz yetakçisi.

Sözining yakunida Şavkat Mirziyoyev Sergey Lebedevning MDH Boş kotibi lavozimiga qayta tayinlanişini qöllab-quvvatladi hamda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga taşkilotga raislikni qabul qilib olgani munosabati bilan muvaffaqiyatlar tiladi.

Yiğilişda Hamdöstlikka a’zo boşqa mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari ham sözga çiqdi.

Sammit yakunida MDH doirasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça kelişuv va qarorlar töplami imzolandi.

 

president.uz

Ulaşiş: