Özbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni işbilarmonlari bilan şeriklikni yanada kengaytiriş muhimligini qayd etdi

Özbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni işbilarmonlari bilan şeriklikni yanada kengaytiriş muhimligini qayd etdi

16.10.2025 15:40166

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi.

Tadbirda Podşohlikning investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih, “ACWA Power”, “Al Muhaidib Group”, “Vision Invest”, “Data Volt”, “Riyadh Cables”, “AlMajdiah”, “InterHealth”, “Saudi Tabreed”, “AlBawani Holding”, “Miahona”, “Pemco” va boşqa yetakçi kompaniya va korporatsiyalari iştirok etdi.

Uçraşuv avvalida Prezidentimiz ikki davlat rahbarlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli keyingi yillarda Özbekiston-Saudiya köp qirrali şeriklik munosabatlari yuksak darajaga kötarilganini alohida ta’kidladi.

Qöşma loyihalarning umumiy portfeli 27 milliard dollardan oşdi. Şu bilan birga, joriy yil boşidan buyon yurtimizda Saudiyaning 2 milliard dollarlik investitsiyalari özlaştirildi. Özaro savdo hajmi barqaror oşib bormoqda. Aviaqatnovlar soni haftasiga 60 martadan ortdi.

Bugun ikki mamlakat örtasidagi samarali va uzoq muddatli şeriklikning yana bir yorqin dalili bölgan tarixiy loyiha – yangi Toşkent xalqaro aeroportining qurilişiga tamal toşi qöyilişi alohida ta’kidlandi.

- Özbekistonning iqtisodiy transformatsiyasiga, uning rivojlanişiga katta hissa qöşayotgan saudiyalik hamkorlarimizni biz doim yuksak qadrlaymiz, - dedi Prezident.

Söng Özbekiston yetakçisi hamkorlikni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini körsatib, energetika sohasidagi loyihalar alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Bugungi kunda "ACWA Power" kompaniyasi tomonidan mamlakatimizda 15 milliard dollarlik loyihalar, jumladan, hududlarda şamol va quyoş elektr stansiyalarini quriş, "yaşil" vodorodni rivojlantiriş loyihalari amalga oşirilmoqda.

Bunday loyihalarda özimizning işlab çiqaruvçilarning mahsulotlaridan keng foydalaniş sanoatimiz salohiyati rivojlanişiga xizmat qiladi.

Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratildi. "Data Volt" kompaniyasi Toşkent şahrida zamonaviy ma’lumotlar markazini taşkil etiş loyihasini muvaffaqiyatli amalga oşirmoqda. Yangi Toşkent va Buxoroda şunday markazlar qurilişini, şuningdek, Saudiya Arabistoni kompaniyalarining raqamli taşabbuslardagi iştirokini qöllab-quvvatlaşga tayyorlik bildirildi.

Ta’kidlanganidek, Özbekiston volfram, molibden, magniy, litiy, grafit, titan va boşqa strategik muhim foydali qazilmalarning katta zaxiralariga ega.

Toşkent va Samarqand viloyatlarida "Kelajak metallari texnoparki" taşkil etilib, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş yölga qöyiladi.

Şu munosabat bilan mamlakatimiz yetakçisi saudiyalik investorlarni geologiya-qidiruv işlarini olib boriş va xomaşyoni qazib olişdan tortib, uni qayta işlaş va tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan barça jarayonlardagi loyihalarda faol iştirok etişga taklif etdi.

Infratuzilma sohasida "Miahona" kompaniyasi bilan Farğona va Jizzax şaharlarida oqova suvlarni tozalaş, Qoraqalpoğistonda suv ta’minoti tizimlarini rivojlantiriş va nasos stansiyalarini modernizatsiya qiliş loyihalari böyiça muvaffaqiyatli hamkorlik qilinayotgani qayd etildi.

Şuningdek, "Saudi Tabreed" kompaniyasi bilan kommunal sohani rivojlantiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Prezidentimiz Podşohlik kompaniyalarini infratuzilmani modernizatsiya qiliş va aholi turmuş sifatini oşirişga qaratilgan yangi özaro manfaatli loyihalarda faol iştirok etişga çaqirdi.

Öz navbatida, Saudiya Arabistoni yetakçi işbilarmon doiralari vakillari Yangi Özbekistonning iqtisodiy siyosati, barqaror ösişi va qulay investitsiyaviy muhitini yuqori baholab, mamlakatimizda özaro manfaatli şeriklikni yanada çuqurlaştiriş, aniq loyiha va dasturlarni ilgari suriş rejalarini bayon qildilar.

 

president.uz

Ulaşiş: