Kosmik sohada amalga oşirilgan işlar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi

Kosmik sohada amalga oşirilgan işlar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi

17.10.2025 13:38106

Prezident Şavkat Mirziyoyev 16-oktyabr kuni kosmik monitoring orqali yangi iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlaş yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik ma’lumotlardan foydalaniş kengayib bormoqda. Xususan, Prezidentning 30-sentyabrdagi farmoni bilan bu boradagi işlar yangi bosqiçga olib çiqildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi geologiya, yer munosabatlari hamda ekologiya sohasida yiliga kamida uç marta davlat kosmik monitoringini ötkazişi belgilandi, agentlikning hududiy vakillari lavozimi joriy etildi.

Taqdimotda ta’kidlanganidek, endilikda kosmik tahlillar yordamida iqtisodiyotga katta turtki beradigan yangi imkoniyatlarni aniqlaş lozim.

Respublikada har yili yuzlab foydali qazilma konlari va karerlar auksionga çiqarilyapti. Tadbirkorlarga imkoniyat yaratilib, konlarga sanoat olib kirilmoqda. Misol uçun, ötgan yili 170 ta, yil boşidan esa 172 ta kon auksionda sotilgan.

Lekin konlardan ruxsatsiz foydalaniş muammosi hanuzgaça dolzarb ekani, yil boşidan kosmik monitoring yordamida 2 mingdan ziyod şunday holat aniqlangani qayd etildi.

Boş prokuratura zimmasiga iqtisodiy jinoyatlarning oldini oliş va ularni öz vaqtida foş etişda yer, işlab çiqariş obyektlari va konlarni sun’iy yöldoş orqali tahlil qiliş ma’lumotlaridan samarali foydalaniş vazifasi qöyildi.

Sönggi yillarda özboşimçalik bilan qurilgan 1 million 365 mingta uy-joyga kadastr rasmiylaştirib berilgan. Lekin haligaça bunday noqonuniy qurilişlarga töliq barham berilgani yöq. Yil boşidan 33 mingdan ziyod özboşimça quriliş aniqlangan bölsa, ularning köpi qişloq xöjaligi yerlarida joylaşgan.

Şu munosabat bilan qisqa muddatda tegişli axborot platformalarini integratsiya qilib, noqonuniy quriliş holatlarini tezkor örganiş va bartaraf etiş imkonini beradigan tizim yaratiş topşirildi.

Taqdimotda kosmik monitoring asosida joylarda böş turgan yerlarni aniqlaş va iqtisodiy aktivga aylantirişga alohida e’tibor qaratildi.

Mamlakatimizning oltita hududida olib borilgan örganişlar natijasida 300 gektarga yaqin böş yerlar aniqlandi. Birgina Toşkent şahrida 95 gektar böş yer uçastkasi topilib, auksionga çiqarilgan.

Prezidentimiz bu yil yana 8 ta hududda, kelgusi yilda barça tuman markazlarida örganişlarni oxiriga yetkaziş vazifasini qöydi.

Sohada xalqaro tajriba va ilğor yeçimlarni faol joriy qiliş zarurligi qayd etildi. Mutasaddilar bu borada işlab çiqilgan loyihalar yuzasidan axborot berdi.

Jumladan, kosmik ma’lumotlarni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilib, daraxtlar kesilişi, metan gaz sizib çiqişi, quyoş panellarining samaradorligi, yöl qoplamasining holati, temir yöl va elektr tarmoqlaridagi nosozliklar va ortiqça yuklamalarni aniqlaş işlarini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Şuningdek, taqdimotda kosmik sohada ta’lim ekotizimini yaratiş, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantiriş, yöldoşli aloqa texnologiyalarini joriy etiş orqali mamlakatimizning olis hududlarida aloqa qamrovini oşiriş böyiça takliflar körib çiqildi. 2028-yilda Samarqandda ötkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressiga puxta tayyorgarlik köriş yuzasidan topşiriq berildi.

 

president.uz

Ulaşiş: