Döstlik va özaro anglaşuv yölida sport Diplomatik vakolatxonalar örtasidagi XIX Xalqaro mini-futbol turniri

Döstlik va özaro anglaşuv yölida sport Diplomatik vakolatxonalar örtasidagi XIX Xalqaro mini-futbol turniri

20.10.2025 15:05158

     2025-yil 18-oktabr kuni Respublika oliy sport mahorati maktabining “Çiğatay” stadionida diplomatik va unga tenglaştirilgan vakolatxonalar jamoalari örtasida XIX Xalqaro mini-futbol turniri bölib ötdi. An’anaga köra, uşbu sport musobaqasining taşkilotçisi Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmati (DSX) hisoblanadi. Turnirning tantanali oçiliş marosimi TIV huzuridagi DSX boş direktori O. Egamberdiyev hamda Özbekiston Futbol assotsiatsiyasi vakillari iştirokida ötkazildi. Taşkilotçilar öz çiqişlarida musobaqaning asosiy maqsadi — mamlakatda faoliyat yuritayotgan diplomatik missiyalar xodimlari uçun qulay muhit yaratiş, davlatlararo döstona aloqalarni mustahkamlaş hamda sportni xalqaro muloqotning universal vositasi sifatida tarğib etişdan iborat ekanini ta’kidladilar. Bunday tadbirlarning ötkazilişi özaro işonç, oçiqlik va döstlik muhitini mustahkamlaşga xizmat qiladi hamda xalq diplomatiyasining samarali va ta’sirçan namunasi sifatida e’tirof etilmoqda. Turnirning yana bir öziga xos jihati — kengaytirilgan dastur bölib, u nafaqat diplomatik korpus vakillarini, balki ularning oila a’zolarini ham qamrab oldi. Kun davomida badminton, arqon tortiş, estafeta va 100 metrga yuguriş musobaqalari taşkil etildi. Uşbu format tadbirga yanada oilaviy ruh bağişlab, jamoaviy birlikni mustahkamladi.

     Turnirda quyidagi jamoalar iştirok etdi. Elçixonalar: Xitoy Xalq Respublikasi, Qirğiz Respublikasi, Hindiston Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Birlaşgan Arab Amirliklari, Amerika Qöşma Ştatlari, Tojikiston Respublikasi, Şveysariya Konfederatsiyasi, Fransiya Respublikasi, Ruminiya Respublikasi. Xalqaro taşkilotlar vakolatxonalari: Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT), Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki. Xususiy va ta’lim muassasalari: LUKOIL, GIS International School, VFS.GLOBAL. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi hamda uning huzuridagi Diplomatik servis xizmati jamoalari ham musobaqalarda faol iştirok etdilar.

     Musobaqa natijalariga köra, mini-futbol böyiça: 1-örin — “LUKOIL” kompaniyasi, 2-örin — Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi, 3-örin — Rossiya Federatsiyasi Elçixonasi. 
    Badminton: 1-örin — Hindiston Respublikasi Elçixonasi (Mr. Gopal Şarma), 2-örin — Hindiston Respublikasi Elçixonasi (Mr. Kirti Rawat), 3-örin — Fransiya Respublikasi Elçixonasi (Dunkan Baladie).
     Bolalar örtasida (badminton): 1-örin — Hindiston Respublikasi Elçixonasi (Ananya Rawat).
     Arqon tortiş: 1-örin — Qirğiz Respublikasi Elçixonasi, 2-örin — TIV huzuridagi DSX, 3-örin — Hindiston Respublikasi Elçixonasi.
     100 metrga yuguriş: 1-örin — Hindiston Respublikasi Elçixonasi, 2-örin — Qirğiz Respublikasi Elçixonasi, 3-örin — Hindiston Respublikasi Elçixonasi.

     XIX Xalqaro mini-futbol turniri döstlik, özaro anglaşuv va sport ruhi muhitida ötkazildi. Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmati taşabbusi bilan yölga qöyilgan uşbu an’anaviy tadbir diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlar vakillari örtasida keng e’tirof va iliq kutib olişga sazovor böldi. Mazkur turnir yana bir bor özining madaniyatlararo muloqotni rivojlantiriş, döstona aloqalarni mustahkamlaş hamda köp tomonlama hamkorlikni kengaytirişdagi samarali maydon ekanini namoyon etdi.

 

Surat

Ulaşiş: