Özbekiston va YI yetakçilari ikki tomonlama munosabatlar yangi, strategik darajaga kötarilganini olqişladilar
Bryusseldagi Yevropa kengaşi boş qarorgohi – “Yevropa” binosida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Yevropa kengaşi Prezidenti Antoniu Koşta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Joriy yil aprel oyida Samarqand şahrida ötgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinçi sammiti yakunida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida köp qirrali Özbekiston – Yevropa hamkorligini yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Yetakçilar bugun imzolangan Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi tarixiy bitimni yuqori baholadilar. Uşbu keng qamrovli hujjat Özbekiston bilan YI hamkorligining nafaqat huquqiy asoslarni kengaytirişi, balki yangi kun tartibini şakllantirişi ta’kidlandi.
Şuningdek, bitim birlaşmaga a’zo davlatlar bilan, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, transport, energetika, iqlim, yuqori texnologiyalar va madaniy-gumanitar hamkorlik sohalaridagi aloqalarga kuçli sur’at bağişlaydi.
Tomonlar Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zoligi böyiça YI bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlanganini ham olqişladilar.
Barça darajalarda faol, sermahsul muloqot va almaşinuvlar amalga oşirilayotgani katta mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Taşrif arafasida Özbekiston delegatsiyasi Yevropa Ittifoqining “Global darvoza” ikkinçi forumida iştirok etdi. Yaqinda Hamkorlik kengaşi hamda Iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar böyiça kiçik qömita yiğilişlari muvaffaqiyatli ötkazildi.
Keça yirik qöşma biznes forumi ötkazilgan bölsa, bugun Yevropaning yetakçi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uçraşuv bölib ötdi. Ular natijasida energetika, kimyo, muhim minerallar, logistika, töqimaçilik va farmatsevtika tarmoqlarida umumiy qiymati 10 milliard yevrodan ziyod bölgan yangi loyihalarni amalga oşirişga kelişib olindi. Bu Yevropa kompaniyalari iştirokidagi umumiy qiymati 40 milliard yevrodan ziyod bölgan hozirgi loyihalar portfeliga salmoqli qöşimçadir.
Şeriklikning yuqori sur’atini saqlab qoliş uçun hamkorlikning institutsional mexanizmlarini yanada mustahkamlaş, investitsiyalar, muhim minerallar, energetika, transport, fan va ta’lim sohalarida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş zarurligi ta’kidlandi. Işbilarmonlik va gumanitar aloqalarni mustahkamlaş uçun viza tartibotlarini soddalaştiriş muhimligi qayd etildi.
Yetakçilar xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşdilar.
Uçraşuv yakunida Qöşma bayonot qabul qilindi.

