Özbekiston Prezidenti UNESCO Boş konferensiyasi navbatdagi sessiyasining oçiliş marosimida iştirok etadi

Özbekiston Prezidenti UNESCO Boş konferensiyasi navbatdagi sessiyasining oçiliş marosimida iştirok etadi

30.10.2025 17:16115

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Samarqand şahrida bölib ötadigan Ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (UNESCO) Boş konferensiyasi 43-sessiyasining oçiliş marosimida iştirok etadi.

Boş konferensiyaning tarixiy sessiyasi qirq yil içida birinçi marta UNESCOning Parijdagi qarorgohidan taşqarida ötkazilmoqda. Bunday keng kölamli xalqaro forumning Samarqandda ötkazilişi Özbekistonning taşkilot ğoyalari va qadriyatlariga sodiqligi, şuningdek, tinçlik, özaro anglaşuv va barqaror taraqqiyot yölidagi global muloqotni rivojlantirişga faol hissa qöşişga qat’iy intilişining yorqin tasdiği böladi.

Uşbu muhim sessiya doirasida ta’lim, fan, madaniyat, ekologiya, texnologiya va kommunikatsiya sohalaridagi asosiy masalalarni muhokama qilişga bağişlangan 150 dan ortiq turli şakldagi tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan.

Bunday nufuzli xalqaro tadbir dunyoning eng qadimiy va uluğvor şaharlaridan birida taşkil etilgani öziga xos ramziy ma’noga ega. Bu jahon hamjamiyatining Özbekistonga bölgan yuksak işonçi, uning madaniyatlararo muloqot ğoyalarini ilgari suriş, tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylaş va gumanitar hamkorlikni rivojlantiriş borasidagi nufuzi hamda faolligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

Tadbirda 200 dan ziyod davlat va xalqaro taşkilotlardan yuqori darajadagi delegatsiyalar, jumladan, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuçiç, Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini, UNESCO Boş direktori Odri Azule va boşqa faxriy mehmonlar iştirok etadi.

UNESCO Birlaşgan Millatlar Taşkilotining ixtisoslaştirilgan muassasasi bölib, 1945-yilda ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş orqali tinçlik hamda xavfsizlikni mustahkamlaş maqsadida taşkil etilgan.

Özbekiston Respublikasi 1993-yilda UNESCOning töla huquqli a’zosi böldi. 1996-yilda Toşkentda taşkilotning vakolatxonasi oçilgani mamlakatimizning uşbu nufuzli xalqaro tuzilma bilan hamkorligi va köp qirrali şerikligini mustahkamlaşda muhim bosqiç böldi.

 

president.uz

Ulaşiş: