Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning YUNЕSKO Boş konferensiyasi 43-sessiyasining oçiliş marosimidagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning YUNЕSKO Boş konferensiyasi 43-sessiyasining oçiliş marosimidagi nutqi

31.10.2025 16:28169

Hurmatli Rais Janobi Oliylari!

Hurmatli Azule Xonim Oliyalari!

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Sizlarni asrlar davomida madaniyatlar va sivilizatsiyalar çorrahasida joylaşgan betakror Özbekiston diyorida samimiy qutlaşdan behad baxtiyorman.

Konferensiyamiz sönggi 40 yil içida ilk bor YUNЕSKO Boş qarorgohidan taşqarida – köhna va hamişa navqiron Samarqand zaminida bölib ötmoqda. Bu bizga albatta katta iftixor bağişlaydi.

Fursatdan foydalanib, anjumanimizda iştirok etayotgan Serbiya Prezidenti, hurmatli Aleksandr Vuçiç Janobi Oliylariga, Slovakiya Prezidenti, hurmatli Peter Pellegrini Janobi Oliylariga, YUNЕSKO Boş direktori Odri Azule Xonim Oliyalariga, barça iştirokçi davlatlar delegatsiyalariga çuqur minnatdorlik izhor etaman.

Bunday nufuzli forumning mamlakatimizda ötkazilayotganini Taşkilotga a’zo davlatlarning Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli, jadal islohotlarga bölgan yuksak işonçining yorqin ifodasi, deb qabul qilamiz.

Şonli sakson yillik yubileyini nişonlayotgan YUNЕSKO ötgan davr mobaynida ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, axborot sohasida global hamkorlik, özaro işonç va hamjihatlik borasida jahondagi nufuzli institut sifatida özini namoyon etib kelmoqda.

Taşkilotimizning dunyo xalqlarining milliy özligini saqlaş, madaniy merosini asrab-avaylaş, turli dinlar örtasida yaqin muloqotni kuçaytirişdagi örni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Anjumanimiz insoniyatning tarix solnomasiga gumanistik ğoyalar, nodir bilimlar, sivilizatsiyalararo muloqot markazi sifatida kirgan Samarqand şahrida ötkazilayotganida çuqur ramziy ma’no bor.

Bu qadimiy kent azaldan başariyatning buyuk kaşfiyotlari beşigi, ilm-fan, adabiyot va madaniyat gullab-yaşnagan maskan bölgan. Birgina misol. Uluğ hukmdor va alloma Mirzo Uluğbek barpo etgan rasadxona gumbazlari ostida noyob yulduzlar jadvali yaratilgan. Bu jadval keyinçalik Kopernik va Kepler kabi maşhur olimlarning ilmiy kaşfiyotlari oçilişiga xizmat qilgani tarixdan yaxşi ma’lum.

Uç ming yillik şonli ötmişga ega, Buyuk ipak yölining durdonasi bölgan, millat va elatlarning tinçlik va döstlik makoni – muazzam Samarqandga xuş kelibsizlar!

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Şiddat bilan özgarayotgan dunyoda gumanitar sohada global konsensus va köp tomonlama hamkorlik mexanizmlarining zaiflaşayotgani, albatta, barçamizda jiddiy taşviş uyğotmoqda.

Geosiyosiy keskinlik va harbiy mojarolar ta’sirida sayyoramizdagi noyob yodgorliklar, muqaddas qadamjolar va bebaho madaniy meros katta ziyon körmoqda.

Davlatlar örtasida bilim va texnologiyalar, raqamli resurslardan foydalaniş böyiça tafovut ortib bormoqda. Buning natijasida imkoniyatlar tengsizligi va qaşşoqlik kuçaymoqda. Bunday murakkab vaziyat YUNЕSKOning asosiy vazifalarini töliq amalga oşiriş böyiça sa’y-harakatlarimizni har qaçongidan ham köproq birlaştirişni taqozo etmoqda.

Biz YUNЕSKOning olijanob va ezgu maqsadlariga qat’iy sodiq ekanimizni yana bir bor ta’kidlaymiz. Özbekiston Şarq va Ğarb, Şimol va Janub örtasida uyğunlik köprigi, barça uçun oçiq va konstruktiv hamkorlik maydoni bölişga hamişa tayyor.

Özbekiston YUNЕSKOning teng huquqli a’zosi sifatida sönggi yillarda özaro hamkorlikni yangi sifat bosqiçiga kötariş uçun izçil harakat qilmoqda. Jumladan, 2027-yilgaça bölgan beş yillik hamkorlik dasturi samarali amalga oşirilmoqda. Buyuk ajdodlarimiz – Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farğoniy, Amir Temur, Ali Quşçi, Kamoliddin Behzodning yubileylari, Xorazm Ma’mun akademiyasi singari ilmiy dargohlar, “Alpomiş” eposi kabi adabiy yodgorliklarning tarixiy sanalari xalqaro miqyosda keng nişonlandi.

Butunjahon merosi röyxatiga kirgan Xiva, Buxoro, Şahrisabz va Samarqand şaharlari qatoriga Zarafşon-Qoraqum yölagi böylab joylaşgan bebaho obidalar ham qöşildi. Bu röyxatdan joy olgan Ğarbiy Tyanşan va Turon çöllarining tabiiy hududlari ham mintaqamizning noyob biologik xilma-xilligini yaqqol namoyon etadi.

Bundan taşqari, “Şaşmaqom”, Katta aşula, “Lazgi” raqsi, askiya, kulolçilik va naqqoşlik san’atlari, Navröz ayyomi, atlas va adras işlab çiqariş an’anasi kabi yigirmaga yaqin nomoddiy meros namunalarini dunyo xalqlari munosib e’tirof etmoqda.

YUNЕSKO şafeligida “Şarq taronalari”, “Maqom san’ati”, Baxşiçilik, Hunarmandçilik, Etnosport festivallari muntazam ötkazib kelinmoqda.

Özbekistonning taşabbusi bilan “Xiva jarayoni: Markaziy Osiyoda xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş” rezolyutsiyasi, (2021-yil), “Kiçik yoşdagi bolalarga ğamxörlik qiliş va ta’lim beriş böyiça Toşkent deklaratsiyasi” hamda “Axborotdan erkin foydalaniş xalqaro kuni munosabati bilan Toşkent deklaratsiyasi” (2023-yil) kabi muhim hujjatlar qabul qilindi.

Respublikamizda YUNЕSKOning 8 ta kafedrasi, 24 ta hamkor maktabi faoliyat körsatmoqda. Toşkent va Farğona YUNЕSKOning ta’lim şaharlari Global tarmoğidan joy oldi. Şuningdek, yuzlab madaniy meros obyektlari ilğor texnologiya va xalqaro standartlar asosida restavratsiya qilindi.

Hurmatli döstlar!

Samarqanddagi Boş konferensiya doirasida yurtimizda qator qöşimça tadbirlar ötkaziladi. Jumladan, köhna Buxoroda ilk marta zamonaviy san’at biyennalesi bölib ötmoqda, poytaxtimizda YUNЕSKO şafeligida Maktabgaça ta’limni rivojlantiriş mintaqaviy markazi oçiladi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNЕSKO – Özbekiston xalqaro mukofotining sovrindorlarini taqdirlaymiz, muzeylar faoliyatida sun’iy intellektning örni va ahamiyatiga bağişlangan xalqaro anjuman taşkil etilmoqda, oliy ta’lim sohasidagi kvalifikatsiyalarni tan olişga oid Global konvensiyaga ham qöşilamiz.

Taşabbuslarimizni töliq qöllab-quvvatlab, xalqaro tadbirlarimizda faol iştirok etib kelayotgani uçun barça a’zo davlatlarga alohida taşakkur izhor etaman.

Aziz mehmonlar!

YUNЕSKOning global maqsadlariga erişiş va köp qirrali hamkorligimizni yangi bosqiçga olib çiqişni davrning özi taqozo qilmoqda.

Kun tartibidagi asosiy masalalar böyiça qator takliflarni ilgari surmoqçiman.

Birinçidan, inklyuziv ta’limni rivojlantiriş va sohada sun’iy intellekt texnologiyalarini keng qöllaş bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylanmoqda.

Jismoniy va ijtimoiy xususiyatlaridan qat’i nazar, har bir bolaga ta’lim olişi uçun teng imkoniyatlarni yaratib beriş juda muhimdir. Bu borada YUNЕSKOning alohida ehtiyojli bolalar uçun Inklyuziv ta’limni rivojlantiriş platformasini joriy etiş maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Ta’lim sohasida özaro bilim va tajriba almaşiş uçun xalqaro muloqot formatini yaratiş maqsadida Jahon professional ta’lim sammitini ötkaziş böyiça rejamizni qöllab-quvvatlaysiz, deb işonamiz.

Axborot texnologiyalarini puxta özlaştirgan va kreativ fikrlaydigan yangi avlodni tarbiyalaş ustuvor vazifamizdir. Sun’iy intellektni ta’lim tizimiga keng joriy etiş maqsadida yurtimizda YUNЕSKO iştirokida “Sun’iy intellekt – maktab” namunaviy loyihasini amalga oşirişga tayyormiz.

Şuningdek, YUNЕSKO şafeligida barça qit’alarning yetakçi oliygohlari, pedagogika va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari iştirokida Sun’iy intellekt etikasi böyiça xalqaro ekspertlar anjumanini ötkazişni taklif etamiz.

Ikkinçidan, insoniyatning bebaho xazinasi bölgan jahon nomoddiy madaniy merosini saqlab qoliş uçun birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuçaytirişimiz zarur.

Bunday noyob meros obyektlari bölgan xalq oğzaki ijodiyoti, qölyozmalar, arxivlar va qimmatli tarixiy hujjatlar, madaniy ma’lumotlarni saqlaş, ularning barça uçun oçiqligini ta’minlaş maqsadida yaratilgan YUNЕSKOning “Jahon xotirasi” dasturini rivojlantirişdan manfaatdormiz.

Dunyo ma’naviy xazinasini jamlagan uşbu dastur yaratilgan sanani har yili nişonlaş maqsadida 19-noyabrni “Hujjatli meros xalqaro kuni”, deb e’lon qilişni, şuningdek, YUNЕSKO tuzilmasiga kiradigan Raqamli meros böyiça xalqaro institutni taşkil etişni taklif qilamiz.

Ma’lumki, qadimiy Buxoro hunarmandçilik böyiça YUNЕSKO Ijodkor şaharlar tarmoğining a’zosi hisoblanadi. Biz uşbu şaharda 2027-yili mazkur yönalişda xalqaro kongressni qabul qilişga tayyormiz.

Uçinçidan, xotin-qizlarning yetakçilik qobiliyati va kompetensiyasini ta’minlaş uçun global dasturlarni faol işga tuşiriş, ayniqsa, muhimdir.

YUNЕSKO statistika instituti ma’lumotlariga köra, jahonda ilmiy va madaniy muassasalar rahbarlarining 25 foizi, ta’lim sohasi boşqaruvçilarining 30 foizi, tadqiqotçilarning 33 foizi xotin-qizlardir. Bu esa ayollar huquqlarini ta’minlaşda, afsuski, tengsizlik hamon saqlanib qolayotganini tasdiqlaydi.

Vaholanki, gender tengligi YUNЕSKOning fundamental, ustuvor vazifalaridan biri bölib, Taşkilotning barça taşabbuslari unga integratsiya qilinişi zarurligi belgilab qöyilgan. Bu borada a’zo davlatlarning eng ilğor tajriba va amaliyotini örganiş, bilimlar almaşiş maqsadida Xotin-qizlar yetakçiligi böyiça YUNЕSKO akademiyasini taşkil etiş vaqti keldi, deb hisoblaymiz. Şuningdek, Samarqandda barça qit’alarning maşhur tadqiqotçilari, san’at namoyandalari, pedagog va ixtiroçi xotin-qizlarning Ta’lim, madaniyat va fan sohasidagi global forumini ötkazişni taklif etamiz.

Törtinçidan, iqlim inqiroziga qarşi birgalikda samarali kuraşiş ham dolzarb masaladir.

Örtaça haroratning sezilarli darajada kötarilişi, muzliklarning erişi, çöllaniş, tuproq qatlamlari yemirilişi, urbanizatsiya jarayonlari madaniy meros obyektlarining holatiga jiddiy ta’sir ötkazmoqda.

Atrof-muhitga mas’uliyat bilan yondaşayotgan, “yaşil” dasturlarni muvaffaqiyatli tatbiq etayotgan şaharlarni alohida e’tirof etiş va rağbatlantiriş böyiça “YUNЕSKOning Ekologik poytaxti” global taşabbusini ilgari suramiz. Bundan taşqari, YUNЕSKO Ijroiya Kengaşining “Globallaşuv va iqlim özgarişlari şaroitida madaniy merosni asrab-avaylaş böyiça çora-tadbirlarni kuçaytiriş töğrisida”gi rezolyutsiyasini işlab çiqiş tarafdorimiz. Mazkur masala böyiça Xiva şahrida xalqaro simpozium ötkazişga tayyormiz.

Beşinçidan, virtual makonda noxolis axborotlarni tarqatiş, jamoatçilik fikrini çalğitiş, diskriminatsiyaga qarşi birgalikda samarali çoralar köriş jiddiy zaruratga aylanmoqda.

Raqamli transformatsiya muhitida dunyoqaraşi şakllanayotgan yoş avlodning eng yaxşi ijodiy işlari, multimedia ğoyalarini özaro almaşiş uçun Bolalar madaniy kontenti xalqaro festivalini ötkaziş taşabbusini bildiramiz.

Ma’lumotlarni tahliliy idrok etiş, yoşlarni manipulyatsiyadan himoya qiliş, axborot şaffofligini ta’minlaş maqsadida YUNЕSKOning Media savodxonlikni rivojlantiriş böyiça keng qamrovli strategiyasini işlab çiqişni taklif etamiz.

Yana bir masala. Dunyoda dinlararo ziddiyatlar tobora kuçayib borayotgan hozirgi şaroitda bağrikenglik, özaro tuşuniş va totuvlik kabi umuminsoniy ğoyalarni keng tarğib etiş har qaçongidan ham muhim.

Islom madaniyati va ma’rifatini dunyoga tarannum etiş orqali radikalizm va islomofobiyaga qarşi samarali kuraşiş mumkin. Bu borada Özbekistonda amalga oşirilgan noyob loyihalar – Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqşband tadqiqot markazlari salohiyatidan birgalikda foydalanişga çaqiramiz.

Qadrli döstlar!

Bugungi anjuman hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilaş, özaro işonç muhitini mustahkamlaş, barqaror rivojlaniş böyiça global hamkorlik mexanizmlarini kuçaytiriş borasida ulkan amaliy qadam bölişiga aminman.

Heç şubhasiz, YUNЕSKOning boqiy an’ana va qadriyatlaridan kuç olayotgan “Samarqand ruhi” bizni umumiy taraqqiyot sari yanada birlaşişga undaydi.

Bu ezgu yölda barçangizga yangi omad va zafarlar, YUNЕSKO sessiyasi işiga esa muvaffaqiyat tilayman.

 

president.uz

Ulaşiş: