Özbekiston va AQŞ yetakçilari ikki tomonlama strategik şeriklik munosabatlari yangi bosqiçga kötarilganini olqişladilar

Özbekiston va AQŞ yetakçilari ikki tomonlama strategik şeriklik munosabatlari yangi bosqiçga kötarilganini olqişladilar

07.11.2025 12:02143

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Vaşington şahriga amaliy taşrifi doirasida Oq uyda Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uçraşuv ötkazdi.

Prezidentimiz dastlab Oq uyning Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

Söng Oval xonada yetakçilar muzokara ötkazdilar. Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş, siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Joriy yil sentabr oyida Nyu-York şahrida oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, şu jumladan, “C5+1” formatida Markaziy Osiyo va AQŞ örtasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Davlatimiz rahbari Donald Trampni içki va taşqi siyosatdagi yuksak muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi. Uning ötkir xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinç yöl bilan hal etiş borasida qöşayotgan şaxsiy hissasi va sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.

Donald Tramp şu kunlarda Özbekiston yetakçisi AQŞ hukumati vakillari, yirik kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uçraşuv va muzokaralar ötkazganini olqişladi.

Yetakçilar qöşma loyihalarni ilgari surişning institutsional mexanizmlarini yaratiş va takomillaştiriş muhimligini ta’kidladilar.

Uçraşuv yakunida davlatimiz rahbari AQŞ yetakçisini özi uçun qulay muddatda Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelişga taklif etdi.

 

president.uz

Ulaşiş: