​​​​​​​Özbekiston soğliqni saqlaş sohasi xodimlariga

​​​​​​​Özbekiston soğliqni saqlaş sohasi xodimlariga

10.11.2025 13:56117

Hurmatli soğliqni saqlaş tizimi xodimlari! 

Uşbu qutluğ ayyomda xalq salomatligining posbonlari bölgan siz, azizlarni mamlakatimizda keng nişonlanayotgan kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan çin qalbimdan tabriklab, barçangizga özimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman. 

Hammamizga ayonki, sihat-salomatlik har bir inson, butun jamiyat uçun bebaho boylik, uluğ ne’matdir. Faqat soğlom inson va soğlom xalq mislsiz işlarga qodir ekanini barçamiz yaxşi anglaymiz. 

Şu ma’noda, Mir Alişer Navoiy bobomizning “Davron elining jismida ham jon bölğil, Ham jonlariğa moyai darmon bölğil”, degan hikmatli da’vati aynan sizlar kabi jonkuyar va fidoyi insonlarga bağişlangan, desak, adaşmagan bölamiz. 

Biz sizlarning Yangi Özbekistonda yangi tibbiyot tizimini rivojlantiriş yölidagi samarali faoliyatingizni yuksak qadrlaymiz hamda şarafli va mas’uliyatli mehnatingiz uçun el-yurtimiz nomidan samimiy taşakkur bildiramiz. 

Aziz şifokorlar! 

Mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, uning hayotiy manfaatlarini amalda ta’minlaşga qaratilgan davlat siyosatida aholi salomatligini mustahkamlaş ustuvor yönalişlardan biri sifatida belgilangani sizlarga yaxşi ma’lum, albatta. 

Bu haqda söz yuritganda, keyingi yillarda davlat budjetidan tibbiyot sohasi uçun yönaltirilayotgan mablağlar hajmi 6 karra oşirilgani, soğliqni saqlaş muassasalarining moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyati tubdan yaxşilanganini ta’kidlaş lozim. Tibbiy xizmatlar aholiga yanada yaqinlaştirilib, sifatli tibbiy xizmatlar mahallagaça tuşirilmoqda. Eng muhimi, bunday özgarişlar natijasini har bir yurtdoşimiz öz hayotida his etmoqda. Masalan, ilgari faqat poytaxtda körsatilgan 400 dan ziyod yuqori texnologik tibbiy xizmatlar hozirgi vaqtda viloyat va tumanlarning özida ham amalga oşirilmoqda.

Birlamçi tibbiy-sanitariya yordami böyiça xalqaro tajribaga asoslangan yangi model joriy etilmoqda. Qisqa muddatda hududlarimizda 490 ta muassasa qayta taşkil etilib, yuridik maqomga ega bölgan 350 ta mustaqil oilaviy poliklinika faoliyati yölga qöyilgani bu boradagi işlarimizning natijasidir. 

Yurtimizda 2017-yildan buyon onalar ölimi körsatkiçi 21 promilledan 11 promillega, gödaklar ölimi esa 11,5 promilledan 7,8 promillega kamaygani ham sohada amalga oşirilayotgan islohotlarimizning samarasidir. 

Joriy yil birinçi marta davlat tibbiyot muassasalariga robot texnologiyalari kirib keldi. Ötayotgan yilda tibbiyotni raqamlaştiriş işlari butunlay yangi bosqiçga kötarildi. 

Sohada DMED yagona elektron axborot platformasi işga tuşirilib, unga 36 million nafardan ziyod aholining tibbiy ma’lumotlari kiritildi. Vazirlik tizimida “Raqamli soğliqni saqlaş” markazi oçildi. 

Sun’iy intellekt asosida bajarilayotgan tibbiy tekşiruv va muolajaning turlari 43 taga yetdi. 

Tez tibbiy yordam xizmatida çaqiriqlarni elektron boşqariş tizimi örnatilgani ham muhim yangilik böldi. Davlat tibbiy suğurta mexanizmlarini joriy etiş işlari izçil davom ettirilmoqda. 

Tibbiyotda xususiy sektor uluşi ortib bormoqda. Ötgan sakkiz yilda yurtimizda xususiy klinikalarning soni 3,5 mingtadan 9 mingtaga, ular tomonidan körsatilayotgan tibbiy xizmat turlari esa 50 tadan qariyb 130 taga yetgani buning yaqqol tasdiğidir. 

Mamlakatimiz farmatsevtika bozorida milliy mahsulotlarning hajmi köpayib, 2017-yildan buyon işlab çiqariş 1,4 trillion sömdan 6,3 trillion sömga, eksport miqdori esa 6,3 million dollardan 250 million dollarga ösdi.

Soha uçun kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş maqsadida mavjud uçta oliy öquv yurti negizida Toşkent davlat tibbiyot universiteti taşkil etildi. Urganç davlat tibbiyot instituti faoliyati yölga qöyildi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti nufuzli xalqaro “Times Higher Eduсation” (THE) reytingidan joy oldi. Xalqaro akkreditatsiyadan ötgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining soni 8 tani taşkil etmoqda. 

Bu yil 300 nafarga yaqin mutaxassislarimiz önlab rivojlangan xorijiy mamlakatlarda öz bilim va malakasini oşirib keldi. 

Yurtimiz aholisining turmuş şaroitlari yaxşilanib, örtaça umr köriş darajasi 73,8 yoşdan 75,1 yoşga uzayganida siz, öz kasbi va xizmat vazifasiga sodiq, zahmatkaş soha xodimlarining munosib hissangiz bor, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz. 

Hurmatli şifokorlar! 

Bugungi kunda biz öz oldimizga qöygan ulkan marralarga erişişda xalqimizning tinçligi va soğliğini asraş hal qiluvçi ahamiyatga ega. Çunki tinçlik va soğliqni mustahkamlab, öz kuç hamda imkoniyatlariga işonib, doimo oldinga intilib yaşaydigan xalq va millat ezgu maqsadlariga albatta erişadi. 

Siz, azizlar bundan buyon ham boy bilim va tajribangiz, malaka va mahoratingiz bilan soha rivojini yangi bosqiçga kötariş, Özbekiston tibbiyotining şonli an’analarini izçil davom ettiriş, jahon tibbiyotining ilğor yutuqlarini özlaştiriş uçun yanada katta kuç-ğayrat bilan mehnat qilasiz deb işonaman. 

Öz navbatida, soha xodimlarining xizmatlarini munosib qadrlaş, ular uçun har tomonlama qulay şaroitlar yaratib beriş masalalari bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning e’tibor markazida bölib qoladi. 

Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor muborakbod etib, barçangizga sihat-salomatlik, iş faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinçlik va fayz-u baraka tilayman.

Hamişa soğ-omon böling, qölingiz dard körmasin, aziz şifokorlar! 

 

Şavkat Mirziyoyev,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

 

president.uz

Ulaşiş: