Soğliqni saqlaş tizimidagi islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi

Soğliqni saqlaş tizimidagi islohotlar natijadorligi tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi

11.11.2025 17:07986

Prezident Şavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uçraşuv ötkazdi. 

 

Davlatimiz rahbari yiğilganlarni Soğliqni saqlaş sohasi xodimlari kuni bilan samimiy tabriklab, barça şifokor va hamşiralar, soha mutaxassislariga özining çuqur hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi. 

Farmatsevtika sohasining zamonaviy tibbiyotdagi örnini hisobga olib, bundan buyon uşbu bayramni “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni” sifatida nişonlaş taklif qilindi. 

Uçraşuvda sohada öz yeçimini kutayotgan masalalar tahlil qilinib, yangi vazifa va imkoniyatlar belgilab olindi. 

Ixtisoslaşgan markazlarga sönggi beş yilda 7,5 trillion söm mablağ berilib, ular minglab eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Şunga qaramay, uskunalarning quvvatidan bor-yöği 25 foiz foydalanilayotgani körsatib ötildi. 

Raqamlaştiriş, xorijdan hamkor topiş, klinik protokollarni yangilaş, ilğor diagnostika, profilaktika va davolaşni uddalaydigan zamonaviy jamoani şakllantiriş barça tibbiyot markazlari, viloyat, tuman soğliqni saqlaş boşqarma va bölimlarining birinçi navbatdagi vazifasi bölişi zarurligi qayd etildi.

Qaysi mahallada, tumanda qanday kasallik köpaygan yoki kamayganini tahlil qilib, ularning oldini oliş va samarali davolaş böyiça aniq reja bilan işlaş, respublika markazlari bunday tahlil va yondaşuv bilan işni pastda taşkil qiliş, katta mablağ evaziga olib berilgan eng zamonaviy uskunalardan samarali foydalaniş har qaçongidan ham dolzarb ekani ta’kidlandi.

– Bugun odamlarning hayotga munosabati ham, talab va ehtiyojlari, dunyoqaraşi ham tubdan özgardi. Bu boşqa sohalar qatori tibbiyotda ham sifatni oşiriş, zamonaviy yondaşuvlar olib kiriş böyiça oldimizga yangi vazifalarni qöymoqda. Şu bois, tibbiyotda xalqning bahosini eşitadigan tizimni joriy qilamiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Endilikda 26 ta markaz direktorlari, viloyat, tuman soğliqni saqlaş rahbarlari, oilaviy poliklinika mudirlari bir oylik aniq reja asosida işlaşga ötadi. 

Markaz rahbarlari öz sohasida eng oğir tuman va mahallaga boradi. Bir oy qolib, kasalliklarning sabablarini örganib, ularga yeçim beradi, oilaviy poliklinika va tuman şifoxonalarining vraçlarini kasallikni davolaşga örgatadi. 

Bundan buyon viloyat va tuman soğliqni saqlaş rahbarlarining kunlik qabuli mahallada böladi. 

Har bir viloyat, tuman tibbiyot rahbari, boş şifokor va poliklinika mudiri bemorga e’tiborli bölib, dardiga şifo izlab kelgan har bir odamning işi tez bitişi uçun barça şaroitlarni yaratişi şartligi qayd etildi. 

Yangi yildan 26 ta markaz direktorlari, viloyat va tuman soğliqni saqlaş rahbarlari, oilaviy poliklinika mudirlarini lavozimga qöyişda yangi tartib joriy qilinadi. 

Bunda barça tibbiyot muassasalarida rahbar va boş şifokor lavozimlari bir-biridan ajratiladi. Ularga rahbarlar menejerlikka öqigan, yaxşi natijalar körsatgan tadbirkorlar orasidan tayinlanadi. 

Rahbarlarning rağbatlantiriş tizimi ham özgartiriladi. 

Eng namunali viloyat, tuman soğliqni saqlaş bölimlari, oilaviy poliklinika mudirlariga “Özbekistonda xizmat körsatgan tibbiyot xodimi” unvoni, orden va medallar, 30 million sömdan pul mukofoti beriladi. Ular rahbarlik qilayotgan şifoxona va poliklinika infratuzilmasini yaxşilaşga 500 million sömdan ajratiladi. 

Har bir viloyatda eng yaxşi 2 ta tumanning soğliqni saqlaş bölimi rahbari va oilaviy poliklinika mudiri AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Turkiya kabi tibbiyoti rivojlangan mamlakatlarga menejerlikka öqitiş uçun yuboriladi. 

– Tibbiy ta’limdagi islohotlarimizni davom ettirib, oilaning barça yoşdagi a’zolariga malakali tibbiy xizmat körsata oladigan oilaviy şifokorlik institutini rivojlantirişimiz zarur, – dedi Prezident. 

Kelgusi öquv yilidan tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqiçida pediatriya va davolaş yönalişlarini öz içiga olgan umumiy tibbiyot fakulteti oçilişi e’lon qilindi. Ularda oilaviy şifokorlik mutaxassisligi böyiça rezidentura va magistratura ham yölga qöyiladi. 

Rezidenturada ta’lim olayotgan talabalar bepul öqiş bilan birga oilaviy şifokor sifatida işlab maoş oladi. Rezidentura bitiruvçisi oilaviy şifokorlik böyiça tor soha diplomi va 150 foizli ustama oladi. 

Tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqiçida talabalarning fundamental va klinik fanlar böyiça bilimi baholanadi. Rezidenturani tugatgan şifokorlar esa ixtisosligi böyiça imtihondan ötkaziladi. Şundan keyin mutaxassis davlat röyxatidan ötadi va unga tibbiy faoliyat yuritişga ruxsat beriladi. 

Endilikda oddiy muolajani qiladigan emas, taşxis, davolaş va profilaktikada şifokorga kömakçi böladigan hamşiralarni tayyorlaşga ötiş zarurligi körsatib ötildi. Buning uçun Hamşiralar akademiyasi Toşkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufiga ötkazilib, negizida Oliy kasbiy tibbiyot akademiyasi taşkil qilinadi. 

Kelgusi yildan barça tibbiyot oliygohlarida oliy hamşiralik işi yönalişi oçiladi va kvota 2 karra, 2027-yildan esa kamida 20 foizdan oşirib boriladi. 

Oliy ma’lumotga ega, şifokor bilan yonma-yon turadigan bunday hamşiralarning mehnati munosib rağbatlantiriladi. Kelgusi yildan oliy ma’lumotli hamşiralarning maoşiga 100 foiz ustama beriladi. 

Ayni paytda örta ma’lumotli hamşiralarni tayyorlaş tizimi ham özgartiriladi. 

Bugungi davr şifokori zamonaviy texnologiya, davolaş va diagnostika usullaridan xabardor bölişi, öz ustida doimiy işlab borişi şartligi qayd etildi. 

Şu bois, tibbiyot xodimlarining malakasini uzluksiz oşirib boradigan yangi tizim böladi. Kelgusi yildan malaka oşirişning masofaviy, robot-simulyator, amaliy, iş joyida mustaqil tayyorgarlik kabi turlari yölga qöyiladi. Malaka oşiriş talablari va baholaş mezonlarini işlab çiqiş bilan şuğullanadigan Uzluksiz kasbiy tibbiyot ta’limi markazi taşkil qilinadi.

Prezidentimiz hozirda tibbiy xizmatlarning 30 foizi xususiy sektor tomonidan körsatilayotgani, ilğor taşabbuslar ham ulardan çiqayotgani quvonarli hol ekanini ta’kidlab, ularning xususiy şeriklikni kengaytiriş böyiça barça takliflarini körib çiqişga tayyorligini bildirdi. 

Kelgusida ham tibbiyotda xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş va ularga qöşimça şaroitlarni yaratiş davom ettirilişi ta’kidlandi. 

Xususan, kelgusi yildan tibbiy uskuna, jihoz va tez yordam maşinalarini olib kiriş böyiça imtiyoz 3 yilga uzaytiriladi. 

Umumiy ovqatlaniş korxonalariga QQSning bir qismini qaytariş böyiça berilgan imtiyoz xususiy tibbiyot taşkilotlariga ham qöllanadi. Zamonaviy köp tarmoqli klinikalarni taşkil qiliş va ularni jihozlaş uçun tadbirkorlarga 200 million dollarlik imtiyozli resurs ajratiladi.

Prezidentimiz kuni keça imzolangan “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qöllab-quvvatlaş çoralari töğrisida”gi qarorida aks etgan qöşimça imtiyozlarni e’lon qildi. 

Uçraşuvda soha vakillari bilan muloqot bölib ötdi, ularning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi. 

– Men şifokor egnidagi oq libosni nafaqat kasb belgisi, balki Vatanga çeksiz sadoqat ramzi deb bilaman. Bundan buyon ham şifokorning, har bir tibbiyot xodimining obrösini himoya qiliş, unga har tomonlama munosib şaroit yaratiş e’tiborimiz markazida böladi. Işonçim komil, biz birgalikda Yangi Özbekistonni boşqa sohalar qatorida tibbiyoti ham rivojlangan davlatga aylantiramiz, – dedi Prezidentimiz uçraşuv yakunida.

 

 

president.uz

Ulaşiş: