Yangi Toşkentda 55 ming örinli stadion qurilişiga tamal toşi qöyildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Yangi Toşkentda yirik sport inşooti – zamonaviy futbol stadioni qurilişiga tamal toşi qöyiş marosimida iştirok etdi.
Sönggi beş yilda mamlakatimiz futbol sohasida tub buriliş davri böldi. Jumladan, mahalliy çempionatlar tizimi isloh qilinib, bolalar va ösmirlar akademiyalari taşkil etildi, hududlarda 75 ta katta va 302 ta mini stadion faoliyat körsatmoqda.
Ma’lumki, 2017-yilda yurtimizda FIFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi talablariga javob beradigan maydonlarning soni atigi 3 ta bölgan. Bugun ularning soni 10 tadan oşdi.
Yaqinda Yuqori Çirçiq tumanida zamonaviy Milliy futbol markazi qurib bitkazildi. Futbol maktablarida 65 mingdan ortiq yoşlar maşğulotlar ötkazmoqda. Uşbu maktablarga jahonning nufuzli futbol klublaridan trenerlar, sport tibbiyoti va farmakologiyasi böyiça malakali mutaxassislar jalb qilingan.
Futbolçilarni mahalladan boşlab seleksiya qiladigan tizim yaratildi. Bunga alohida imtiyozlar joriy qilinib, 9 mingdan ziyod mahallaning 70 foizida futbol uçun mini maydonçalar taşkil etildi.
Şuningdek, 1,5 mingta maktabning futbol stadionlari ta’mirlanib, 1 milliondan ziyod öquvçi va mahalla yoşlari qamrab olindi. Yoşlar örtasida mahalla, tuman, viloyat va respublika turnirlarini an’anaviy ötkaziş yölga qöyildi.
Musobaqalarda özini körsatgan iqtidorli yoşlar futbol maktablariga töğridan-töğri qabul qilinmoqda.
Bu sa’y-harakatlar öz natijasini bera boşladi.
– Futbol böyiça olimpiya terma jamoamiz ötgan yili Parijdagi olimpiadada ilk bor iştirok etdi. Tariximizda ilk bor milliy terma jamoamiz kelgusi yilda böladigan jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritdi. Ayni kunlarda Qatarda bölayotgan jahon çempionatida ön yetti yoşgaça bölgan futbolçilarimiz Osiyo çempioni sifatida mamlakatimiz şarafini himoya qilmoqda, – dedi davlatimiz rahbari marosimda.
Bugun dunyoning turli nufuzli klublarida töp surayotgan 20 nafar futbolçimizning umumiy transfer qiymati 60 million dollardan oşdi. Ayniqsa, ötgan oydan boşlab hamyurtimiz Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolçisiga aylangani barçamizga faxr va iftixor bağişlaydi.
Bu natijalar sönggi yillarda yaratilgan imkoniyatlar hisobiga milliy futbol maktabining xalqaro darajada tan olina boşlaganidan dalolat.
– Yaqinda FIFA prezidenti Janni Infantino mamlakatimizga taşrifi davomida Özbekistonda futbolga e’tibor, yaratilgan infratuzilma, boşqariş tizimidagi islohotlar bilan yaqindan tanişib, uşbu sportdagi tub özgarişlarni yuqori baholadi. Janob Infantino samimiy muloqotimiz çoğida xalqaro futbol hamjamiyatining mamlakatimizga bölgan işonçi tobora ortib borayotgani, Özbekiston futboli “Osiyo grandlari” darajasida ekanini alohida ta’kidladi, – dedi Prezident.
2-oktabr kuni FIFA Kengaşi yiğilişida futbol böyiça 20 yoşgaça bölganlar örtasida 2027-yildagi jahon çempionatini Özbekiston va Ozarbayjonda ötkaziş böyiça qaror qabul qilindi.
Uşbu jahon çempionati doirasidagi öyinlar ikki mamlakatdagi 3 tadan stadionda ötkaziladi. Jahon çempionatlarining final va yarim final öyinlari siğimi 50 mingdan köp bölgan stadionda ötkazilişi FIFA talablaridan biri hisoblanadi.
– Şu bois, mamlakatimiz futboli uçun muhim loyiha – Yangi Toşkent stadioni qurilişini boşlaymiz. Qiymati 100 million dollarlik uşbu stadion qurilişi uçun nega aynan Yangi Toşkent hududi tanlandi? Sababi Yangi Toşkent kelajakda mamlakatimizning yangi imkoniyatlar va ilğor ğoyalar markaziga aylanadi, – dedi davlatimiz rahbari.
Yangi Toşkent hududidagi barça loyihalar zamonaviy me’morçilik va milliy qadriyatlar uyğunligida ekologik va “aqlli boşqaruv”ga asoslanib barpo etilmoqda. Şu umumiy konsepsiya asosida quriladigan yangi stadion ham tabiat bilan uyğun böladi hamda “yaşil energiya”, “aqlli boşqaruv” va “qulay muhit” tamoyillariga asoslanadi.
Yangi Toşkent stadioni FIFAning barça talablariga mos ravişda barpo etiladi hamda Osiyodagi eng yirik va zamonaviy infratuzilmaga ega futbol maydonlaridan biri böladi.
Bu inşoot nafaqat 2027-yilgi 20 yoşgaça bölganlar örtasidagi jahon çempionati uçun, balki butun özbek futboli va yoşlar sportining kelgusi ön yillik rivoji uçun xizmat qilişi ta’kidlandi.
Qayd etiş lozim, mamlakatimizning yoşlar örtasidagi jahon çempionatiga mezbonlik qilişi xalqaro hamjamiyatning Özbekistonga bölgan işonçi va hurmatining yana bir ifodasidir.
Şu munosabat bilan çempionatga tayyorgarlik böyiça alohida davlat dasturi qabul qilinişi aytildi. Infratuzilma, transport, mehmonxona, tibbiy xizmat va volontyorlik tizimlari böyiça mas’ul vazirliklarga aniq vazifalar belgilab beriladi.
– Yangi Toşkent stadioni uçun hozir biz qöyadigan tamal toşi – bugungi mehnatimizning va ertangi ğalabalarimizning asosidir. Işonamanki, bu ulkan inşoot yoşlar uçun ilhom, xalqimiz uçun iftixor ramzlaridan biri bölib, yurtimizdagi millionlab futbol muxlislariga katta sovğa böladi, – dedi Prezident.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Yangi Toşkent stadioni poydevoriga kapsula qöyib, qurilişini boşlab berdi.

