MARKAZIY OSIYO YANGI DAVR OSTONASIDA
Markaziy Osiyo öz taraqqiyotining yangi, tarixiy ahamiyatga molik bosqiçiga qadam qöymoqda. Bugun biz çinakam birdamlik bosqiçiga ötyapmiz. Bizning mintaqamizda uzoq yillar davomida ilk bor birgalikda oldinga qarab borişimiz uçun poydevor bölib xizmat qilayotgan özaro işonç, yaxşi qöşniçilik va hurmat muhiti şakllanmoqda.
Bu — öz-özidan paydo bölib qolgan jarayon emas, balki umumiy taqdiri va birgalikda taraqqiy etiş salohiyatini anglab yetgan mamlakatlarimiz yetakçilarining aniq maqsadga qaratilgan sa’y-harakatlari va siyosiy irodasi natijasidir. Ayni paytda bu jarayon özaro işonç muhitida tobora qizğin tus olayotgani Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlari tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan mintaqaviy hamkorlik keng kölamdagi zaruratga aylanganidan dalolatdir.
Hamkorligimizni mintaqaviy yaqinlaşuvning yangi bosqiçiga olib çiqiş uçun davlatlarimiz darajasida şaroit yaratilganini körib turibmiz. Oldimizda erişilgan kelişuvlarni fuqarolar va biznes uçun aniq natija va qulayliklarga aylantirişdek strategik vazifa turibdi. Markaziy Osiyo qarorlar şunçaki hujjat sifatida emas, balki mintaqa mamlakatlarida barqaror rivojlanişni ta’minlaş va odamlarning kundalik hayotini yaxşilaş uçun qabul qilinadigan, imkoniyatlardan birgalikda foydalaniladigan umumiy makonga aylanişi kerak.
Nisbatan qisqa muddatda mintaqaviy hamkorlik va işonçli muloqotning samarali mexanizmiga aylangan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari mintaqamizda bölayotgan özgarişlarning yorqin timsolidir. Uşbu uçraşuvlar Markaziy Osiyoning bugungi taraqqiyoti va kelajagiga daxldor strategik masalalar böyiça umumiy yondaşuvlarni işlab çiqiş uçun asosiy muloqot maydoni sifatida şakllandi.
Bölajak Toşkent sammiti barqaror, özaro boğliq va farovon Markaziy Osiyoni birgalikda barpo etişda yangi muhim bosqiçni boşlab beradi.
Davlat rahbarlarining Toşkentdagi uçraşuvi biz boşlagan yölning davomi sifatida mamlakatlarimizning özaro anglaşuv va şeriklik ruhiga sodiqligini tasdiqlaşi, mintaqaviy hamkorlikni çuqurlaştirişda tub buriliş yasaşi kerak.
Jahon tartibotining keng kölamda transformatsiyaga uçraşi, global iqtisodiyotni parçalaşga qaratilgan xatarlar, iqlim özgarişi, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi bilan boğliq muammolarning keskinlaşib borayotgani sa’y-harakatlarimizni birlaştiriş yölidagi intilişimizni kuçaytirdi.
Bularning barçasi Markaziy Osiyo davlatlaridan yanada jips va hamjihat bölib harakat qilişni taqozo etadi. Aynan şuning uçun ham bugungi kunda hamkorligimizni mustahkamlaş şunçaki siyosiy maqsad emas, balki strategik zaruratdir. Markaziy Osiyo barqarorlik va bunyodkorlik hududiga, mintaqaviy özaro boğliqlik barqaror rivojlaniş va xavfsizlik uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qilayotganining namunasiga aylandi.
Maslahat uçraşuvlari formati yölga qöyilgan 2017-yil mintaqaviy hamkorlik tarixida tub buriliş yasadi. Mintaqa yetakçilari köp yillar mobaynida birinçi marta taşqi vositaçilarsiz tizimli va muntazam muloqotni boşladilar. Bu işonçga, oçiqlik va umumiy manfaatlarni anglaşga asoslangan yangiça siyosiy tafakkur ramziga aylandi. Aynan Maslahat uçraşuvlari doirasidagi muloqot tufayli eski davrdan qolgan bir qator kelişmovçiliklarni bartaraf etiş va işonçsizlikdan haqiqiy hamkorlikka ötişga erişildi.
Mintaqaviy hamkorlik borasida boşlangan yangi bosqiçning eng muhim yutuqlaridan biri — çegara masalalari uzil-kesil hal etilganidir. Yaqin-yaqingaça imkonsiz tuyulgan bu muammoning yeçimi bugun real holatga, bir paytlar bizni ajratib turgan çegaralar esa döstlik va hamkorlik köprigiga aylandi. 2025-yil mart oyida Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston örtasida uç davlatning çegaralari tutaşgan nuqta töğrisidagi Şartnoma va Xöjand deklaratsiyasining imzolangani tarixiy ahamiyatga molik hodisadir. Buni haqli ravişda olamşumul voqea deb ataş mumkin.
Mintaqa mamlakatlarining mustaqil rivojlaniş tarixida ilk bor özaro çegaralarning barçasi huquqiy jihatdan rasmiylaştirildi, önlab yillar davomida keskinlik manbai bölib kelgan masalaga nuqta qöyildi.
Şu yil oktyabr oyida bölib ötgan Farğona tinçlik forumi mamlakatlarimizning Farğona vodiysida tinçlik va totuvlikni mustahkamlaşga bölgan özaro intilişining yaqqol amaliy tasdiği, Markaziy Osiyoda keçayotgan bunyodkorlik jarayonlarining ifodasi böldi.
Ilgari keskin kelişmovçilik va ziddiyatlarga sabab bölib kelgan suv-energetika sohasida ham prinsipial ijobiy özgarişlar röy bermoqda. Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston örtasida Qambarota GES-1 loyihasini birgalikda amalga oşiriş töğrisidagi bitim mintaqaning suv-energetika resurslaridan birgalikda foydalaniş amaliyotida yangi sahifa oçgani qardoşlarça hamkorlikning yorqin dalilidir.
Toşkent va Bişkek örtasida Çaşma buloğidan birgalikda foydalaniş töğrisidagi kelişuv oqilona murosaga misol böla oladi.
Özbekiston va Tojikiston iştirokida Zarafşon daryosida Yovon va Fondaryo GESlarini quriş böyiça hamkorlik oldinga siljimoqda, Özbekiston, Tojikiston va Qozoğiston örtasida Bahri Tojik suv omborini vegetatsiya davrida kelişilgan tartibda işlatiş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Turkmaniston bilan hukumatlararo bitim doirasida Amudaryo suv resurslaridan oqilona foydalaniş böyiça kelişuvga erişildi. Bu suv resurslarini birgalikda boşqarişni yaxşilaydi hamda ekologik muammolar xavfini kamaytiradi.
Bularning barçasi işonç, özaro manfaatdorlik va umumiy resurslarga adolatli yondaşuvga asoslangan yangi hamkorlik ruhini şakllantirmoqda. Bunday loyihalar aholining iqtisodiy faolligini qöllab-quvvatlaş va mintaqaning energetik xavfsizligini mustahkamlaş uçun yangi imkoniyatlar oçmoqda.
Şu bilan birga, çegara tartib-taomillari va gumanitar aloqalar sohasida jiddiy özgarişlar röy bermoqda. 2023-yil sentabr oyidan boşlab Özbekiston va Qirğiziston fuqarolari ID-kartalar asosida çegaradan ötayotgani odamlarning erkin harakatlaniş hududini şakllantiriş yölidagi muhim qadam böldi. Qozoğiston va Tojikiston bilan ham şunday kelişuvlar işlab çiqilmoqda. Hududlar örtasidagi aloqalar kengaymoqda, çegaraoldi savdo hajmi oşmoqda, gumanitar va madaniy aloqalar mustahkamlanmoqda.
Hamkorlikni institutsional jihatdan rasmiylaştiriş böyiça qadamlar ham muhim ahamiyatga ega. Bu borada 2023-yilda Duşanbe şahrida ötkazilgan beşinçi Maslahat uçraşuvini qayd etiş lozim.
Mazkur uçraşuvda davlat rahbarlarining kelişuvlarini tayyorlaş va amalga oşirişning doimiy mexanizmi sifatida Milliy muvofiqlaştiruvçilar kengaşini ta’sis etiş töğrisida qaror qabul qilindi. Uşbu mexanizmning işga tuşirilişi Maslahat uçraşuvlari formatiga tizimli tus beriş va birgalikda ilgari surilgan taşabbuslarni amalga oşirişda izçillikni ta’minlaş imkonini berdi. Şuningdek, parlamentlararo muloqot va Xavfsizlik kengaşlari kotiblari darajasida muntazam uçraşuvlar yölga qöyilgan.
2022-yilda bölib ötgan Çölponota uçraşuvi yakunlari böyiça suveren tenglik, özaro qöllab-quvvatlaş va mintaqa kelajagi uçun birgalikdagi mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlagan XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantiriş maqsadlarida döstlik, yaxşi qöşniçilik va hamkorlik töğrisidagi şartnomaning imzolanişi şartnomaviy-huquqiy bazani yanada mustahkamlaşga xizmat qildi. 2025-yilda Tojikistonning bu hujjatga qöşilgani mintaqaviy birdamlikni mustahkamlaş yölidagi muhim qadam böldi. Biz uşbu qarorni olqişlaymiz hamda yaqin istiqbolda Markaziy Osiyoda özaro işonç, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik ruhini uzil-kesil mustahkamlaşga xizmat qiladigan mazkur şartnoma mintaqaning barça davlatlari tomonidan imzolanişini kutib qolamiz.
2022-yilda davlat rahbarlari tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarining köp tomonlama formatlar doirasidagi hamkorligi konsepsiyasi ham tasdiqlandi. Unda mintaqa mamlakatlari xalqaro platformalarda, jumladan, “Markaziy Osiyo plyus” formatlarida özaro muvofiq holda harakat qilişining yönalişlari belgilab olindi.
2024-yilda Ostona sammitida qabul qilingan “Markaziy Osiyo — 2040” mintaqaviy kooperatsiyani rivojlantiriş konsepsiyasi muhim dasturiy hujjat böldi. Unda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlaş va mamlakatlarimiz taraqqiyotiga qaratilgan hamkorlikning uzoq muddatli ustuvor yönalişlari mustahkamlab qöyildi.
Şu tariqa köp qirrali özaro hamkorlik arxitekturasini barpo etar ekanmiz, rivojlaniş uçun ulkan manbalarni kaşf etdik.
Davlatlarning sa’y-harakatlari bilan mintaqada yangi iqtisodiy voqelik şakllanmoqda. Sönggi sakkiz yil davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarining yalpi içki mahsuloti qariyb ikki yarim barobar ösib, 520 milliard dollarga, taşqi savdo hajmi esa ikki karradan ziyod köpayib, 253 milliard dollarga yetdi. Şu bilan birga, mintaqa mamlakatlari örtasidagi özaro savdo hajmi 2 marta oşib, qariyb 11 milliard dollarga, özaro investitsiyalar esa 5,6 barobarga yetdi. Birgina mamlakatimizni oladigan bölsak, Özbekistonning mintaqa davlatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi 2016-yildagi 2,4 milliard dollardan 2024-yilda 7,2 milliard dollarga yetdi, qöşma korxonalar soni esa 1800 dan oşdi.
Sanoatda Markaziy Osiyo barqaror ravişda yiliga 6 foiz atrofidagi ösişni namoyiş etmoqda, bu jahondagi örtaça ösiş sur’atidan ikki karra yuqori. Bunday muvaffaqiyat işlab çiqariş kooperatsiyasining yangi şakllarini yölga qöyiş — qöşma investitsiya fondlarini (jumladan, Özbekiston — Qirğiziston, Özbekiston — Tojikiston va Qozoğiston — Qirğiziston) taşkil etiş, avtomobilsozlik, elektrotexnika, töqimaçilik sanoati, qişloq xöjaligi sohalarida loyihalarni amalga oşiriş bilan boğliq. Mintaqa mamlakatlari tomonidan tasdiqlangan 2025-2027-yillarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş böyiça Harakatlar rejasi hamkorlikning muhim vositasiga aylanmoqda. Kiçik va örta biznesning ösişiga kömaklaşadigan çegaraoldi savdo zonalari va xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazlari faol rivojlanmoqda.
Gumanitar sohada ham keyingi yillarda aloqalar mustahkamlanmoqda. Markaziy Osiyo yetakçi ayollari muloqoti va Yoşlar platformasi ta’sis etildi, 2022-yildan boşlab rektorlar va olimlar forumlari ötkazilmoqda, özaro madaniyat yillari, körgazmalar, konsertlar va sport tadbirlari muntazam ötkazilmoqda.
Eng muhimi, qardoş xalqlarimiz bölayotgan barça ijobiy özgarişlarni öz kundalik hayotida his etmoqda. Yangi ötkaziş punktlari oçilgani, aviaqatnovlar, temir yöl va avtobuslar yönalişlari yölga qöyilgani özaro bordi-keldilarni bir neça bor oşiriş, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş imkonini berdi. Mintaqa mamlakatlarining umumiy sayyohlik oqimida içki mintaqaviy turizmning uluşi 80 foizdan oşdi.
Yaqin-yaqingaça orzu bölib tuyulgan erkin harakatlaniş, özaro hurmat, yaqinlik va işonç tuyğusi bugun amaldagi haqiqatga aylanmoqda.
Asta-sekin Markaziy Osiyoning yangi mintaqaviy öziga xosligi vujudga kelmoqda. Bu farqli jihatlarimizni e’tirof etiş va ayni paytda xalqlarimizning umumiy tarixi, muştarak madaniyatini, taqdirlarimiz özaro boğliq ekanini çuqur anglaşga asoslanadi. Qöşniçilik — xavf emas, imkoniyat, bir tarafning muvaffaqiyati — barçaning yutuği degan yagona mintaqaviy makonga mansublik hissi şakllanmoqda.
Mana şunday işonç, özaro anglaşuv va umumiy kelajak ruhi bugungi kunda mintaqaviy jipslaşuvni yanada mustahkamlaş, ya’ni barqaror va özaro boğliq, farovon Markaziy Osiyoni birgalikda barpo etiş böyiça Markaziy Osiyo jarayonini boşlaş uçun eng muhim tayanç asosdir.
Ta’kidlaş joizki, Markaziy Osiyoning har bir davlati öz sa’y-harakatlarini iqtisodiyotni rivojlantiriş, işonçni mustahkamlaş va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirişga yönaltiriş orqali mintaqamiz barqarorligi va farovonligini ta’minlaşga sezilarli hissa qöşmoqda.
Qozoğiston transport yölaklarini faol rivojlantirmoqda, çegara punktlarini modernizatsiya qilmoqda, savdo tösiqlarini bartaraf etmoqda va madaniy-gumanitar almaşinuv böyiça loyihalarni amalga oşirmoqda. Qirğiziston va Tojikiston muzliklarning erişi bilan boğliq masalalarda izçil hamkorlik qilmoqda, energetika tizimlarini modernizatsiya qiliş va transport jihatidan özaro boğliqlikni rivojlantiriş böyiça loyihalarni amalga oşirmoqda. Turkmaniston tinçlik va işonçni mustahkamlaş, mintaqaning transport-tranzit salohiyatini oşiriş, BMTning Orol havzasi va iqlim texnologiyalari böyiça dasturini qabul qilişga doir muhim taşabbuslarni ilgari surmoqda.
Amaliy harakatlarimiz, kelajak uçun mas’uliyatimiz, yaxşi qöşniçilik, döstlik va özaro manfaat tamoyillariga sodiqligimiz şuni isbotladi: Yangi Markaziy Osiyo tinçlik, barqaror taraqqiyot va yaratuvçan şeriklik yölini tanlamoqda. Ramziy ma’noda aytganda, biz devor emas, köprik barpo etmoqdamiz.
Mintaqaviy jipslaşuv borasidagi yutuqlar tufayli bugungi kunda Markaziy Osiyo xalqaro munosabatlarning öz manfaatlari va taraqqiyot yöllarini aniq tasavvur etadigan mustaqil va mas’uliyatli iştirokçisi sifatida qaror topdi.
“Markaziy Osiyo plyus” hamkorlik formatlari mintaqaning xalqaro huquqiy subyekt sifatidagi mavqei kuçayib borayotganining ifodasi hamda barqarorlik va taraqqiyotning muhim markazi sifatidagi rolining e’tirofi böldi.
Ilgari taşqi hamkorlar aloqalarni asosan ikki tomonlama asosda qurgan bölsa, bugungi kunda dunyoning yetakçi davlat va birlaşmalari Markaziy Osiyo bilan munosabatlarni yaxlit mintaqaviy şerik sifatida rivojlantirmoqda.
Bu mintaqaning boşqa hamkorlar bilan munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqadi: Markaziy Osiyo taşqi hamkorlar bilan xalqaro munosabatlarning yagona subyekti sifatida muloqot qilsa, uning ovozi balandroq va işonçliroq yangraydi, pozitsiyamiz kuçliroq böladi, investitsiyalarni jalb etiş, boşqa mamlakatlar bilan barça yönalişlarda hamkorlikni kuçaytiriş böyiça vazifalarni yanada samarali hal qila olamiz.
Dunyoga oçiqligimiz, niyatlarimizning şaffofligi va muloqotga moyilligimiz xalqaro maydonda Markaziy Osiyoni yangiça qabul qiliş uçun asos böldi.
Ayni paytda Markaziy Osiyoni dunyoning yetakçi davlatlari va birlaşmalari bilan boğlaydigan öndan ortiq “Markaziy Osiyo plyus” formatlari faoliyat körsatmoqda. Joriy yilning özida “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi”, “Markaziy Osiyo — Xitoy”, “Markaziy Osiyo — Rossiya” va “Markaziy Osiyo — AQŞ” sammitlari bölib ötgani mintaqaning global siyosatdagi şiddati va strategik ahamiyati ortib borayotganini tasdiqlaydi.
Yangidan-yangi “Markaziy Osiyo plyus” muloqotlari davlat rahbarlari darajasiga kötarilayotgani ularning amaliy ahamiyati va siyosiy qimmati ortib borayotganidan dalolat beradi. Bir qator formatlarda esa energetika, transport, “yaşil iqtisodiyot” va raqamlaştiriş sohalarida aniq loyihalarni işlab çiqiş uçun işçi guruh va kotibiyatlar taşkil etilmoqda.
Afğoniston bilan boğliq masalalarni hal etmasdan turib, mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlab bölmaydi. Bu mamlakat umumiy mintaqamizning bir çekkasida emas, balki uning tabiiy bir qismidir. Butun Markaziy Osiyoda tinçlik va barqarorlikning mustahkam bölişi köp jihatdan Afğonistonning tiklanişi va rivojlanişiga boğliq.
Afğonistonning jafokaş xalqi çuqur gumanitar inqiroz şaroitida yaşaşda davom etmoqda. Şu munosabat bilan mintaqa mamlakatlari Afğonistonni mintaqaviy va xalqaro jarayonlarga izçil jalb etiş zarurligidan kelib çiqmoqda. Bu esa uşbu mamlakat taraqqiyoti va keng mintaqamizda barqarorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Markaziy va Janubiy Osiyoni boğlaydigan Transafğon temir yölini barpo etiş muhim ahamiyatga ega. Mazkur loyihaning amalga oşirilişi savdo, investitsiyalar va transport jihatidan özaro boğliqlik uçun yangi imkoniyatlar yaratadi, şuningdek, Afğonistonning iqtisodiy tiklanişi uçun asos bölib xizmat qiladi.
Şu bilan birga, afğon xalqiga gumanitar va ta’lim borasida yordam körsatiş, energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, iqtisodiyotning muhim tarmoqlari uçun mutaxassislar tayyorlaş işlari davom etmoqda.
Afğoniston umumiy tinçlik va xavfsizlik, hamkorlik va taraqqiyot makonining bir qismiga aylanişi lozim. Bu mintaqaning barça mamlakatlari manfaatlariga javob beradi hamda Markaziy Osiyoning janubiy sarhadlarida barqarorlik belboğini şakllantirişga xizmat qiladi.
Yuqorida aytib ötilganidek, bugungi kunda Markaziy Osiyo öz jadal taraqqiyotining yangi bosqiçiga qadam qöymoqda. Biz ikki tomonlama masalalarni hal etişdan iqlim özgarişi, energetika sohasidagi ötiş, suv va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, raqamli texnologiyalarni rivojlantiriş kabi asosiy mintaqaviy tahdidlarga birgalikda yeçim topiş sari bormoqdamiz. Mamlakatlarimiz oldida umumiy mas’uliyat, özaro işonç va kelajagimiz haqidagi yakdil tasavvurga asoslangan hamkorlikning yangi ufqlari oçilmoqda.
Şu munosabat bilan Markaziy Osiyo yaqin ön yilliklarda qanday rivojlanadi degan prinsipial savolga birgalikda javob berişimiz zarur.
Markaziy Osiyo aholisi 80 millionlik marradan ötib böldi, BMT prognozlariga köra, 2050-yilga borib, bu körsatkiç 100 milliondan oşadi. Şuningdek, Markaziy Osiyo dunyoning eng yoş mintaqalaridan biri bölib, aholisining örtaça yoşi atigi 29 yoşni taşkil etmoqda.
Oldimizda uşbu demografik resursni taraqqiyot va innovatsiyaning qudratli omiliga aylantiriş, yoşlarimizning iste’dodi va imkoniyatlarini röyobga çiqariş uçun şaroit yaratiş vazifasi turibdi.
Ayni paytda mamlakatlarimizning özaro hamkorlikni rivojlantiriş suverenitet, teng huquqlilik va içki işlarga aralaşmaslik borasidagi mustahkam poydevor asosida amalga oşirilişi lozim degan vazmin yondaşuvini qayd etiş muhimdir. Heç kim mintaqa mamlakatlariga begona modellarni tiqiştirmasligi yoki milliy tuzilmalardan ustun turadigan tuzilmalarni yaratmasligi lozim.
Markaziy Osiyodagi hamkorlik ixtiyoriy, pragmatik va mamlakatlarimiz xalqlariga foyda keltiradigan real natijalarga yönaltirilgan bölib qolişi kerak.
Hozirgi bosqiçda oldimizda öta muhim masalalar turibdi, mintaqamizning barqarorligi va rivojlaniş sur’atlari ularning hal etilişiga boğliq.
Birinçidan, mintaqaviy hamkorlikni çuqurlaştirişni davom ettiriş — mavjud mexanizmlarni mustahkamlab, ularga barqaror tus va amaliy ma’no-mazmun bağişlaş zarur. Oxir-oqibatda samarali mintaqaviy institutlarsiz hamkorlikni tizimli rivojlantiriş va qabul qilinayotgan qöşma qarorlarni sifatli amalga oşirişni ta’minlab bölmaydi.
Ikkinçidan, xavfsizlik sohasidagi maqsadimiz — tahdid va xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça umumiy salohiyatni şakllantirişdan iborat. Xavfsizlik kengaşlari kotiblari, maxsus xizmatlar, mudofaa va huquqni muhofaza qiliş idoralari rahbarlarining muntazam uçraşuvlarini davom ettiriş lozim. “Xavfsizlikning bölinmasligi” prinsipi asos bölib qolişi kerak. Ayni paytda mintaqaviy hamkorlik amaldagi xalqaro mexanizmlar bilan uzviy boğliq bölişi, barqarorlikni mustahkamlaş hamda mamlakatlar va umuman, mintaqa xavfsizligiga nisbatan tahdidlarning keng doirasiga qarşi turiş böyiça öz salohiyatini şakllantirişi lozim.
Uçinçidan, iqtisodiy sohada içki mintaqaviy savdoni rivojlantiriş, çegaralardan ötiş tartib-taomillarini soddalaştiriş va özaro investitsiyalar uçun qulay şaroitlar yaratiş muhimdir. Sanoat kooperatsiyasini faollaştiriş, mintaqaviy va hududlararo yetkazib beriş zanjirlarini şakllantiriş, çegaraoldi savdo zonalarini rivojlantiriş, transport va iqtisodiy yölaklar tarmoğini kengaytiriş, transport, energetika, qişloq xöjaligi va raqamli iqtisodiyot sohalarida qöşma loyihalarni ilgari suriş zarur.
Hamkorlikning ekologik jihatiga — iqlim özgarişlariga moslaşiş, transçegaraviy suv resurslari va biologik xilma-xillikni asraş, “yaşil” energetika va kam uglerodli texnologiyalarga ötiş böyiça birgalikdagi sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratişimiz lozim.
Markaziy Osiyo barqaror ekologik rivojlaniş mintaqasi va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatning namunasi bölişga qodir va şunday bölişi kerak.
Törtinçidan, gumanitar hamkorlik ustuvor yönaliş bölib qolmoqda. Inson kapitalini rivojlantiriş, ta’lim, ilm-fan va madaniy aloqalarni mustahkamlaş markaziy vazifadir. Umumiy axborot makonini yaratiş, ta’lim, soğliqni saqlaş sifatini oşiriş, umuman, ijtimoiy sohani, jumladan, turizmni va yoşlarga oid qöşma dasturlarni rivojlantiriş — bularning barçasi xalqlar örtasidagi özaro anglaşuvni mustahkamlaşga bevosita xizmat qiladi. Umumiy qadriyatlar, madaniy yaqinlik va farovonlikka birgalikda intilişga asoslangan mintaqaviy öziga xoslikni şakllantiriş alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Beşinçidan, Markaziy Osiyo mamlakatlarining taşqi siyosatda kelişilgan yondaşuvlarini işlab çiqiş muhim yönaliş hisoblanadi.
Geosiyosiy beqarorlik tobora ortib borayotgan va jahon kuç markazlari örtasida raqobat kuçaygan şaroitda mintaqa davlatlarining xalqaro maydondagi pozitsiyalarini muvofiqlaştiriş barqarorlik va umumiy manfaatlarni himoya qilişning muhim omiliga aylanmoqda. Şu nuqtayi nazardan asosiy hamkorlar bilan pragmatik aloqalarni yölga qöyişda öz samaradorligini isbotlagan “Markaziy Osiyo plyus” formatlarini yanada rivojlantiriş zarur.
Hozirgi bosqiçda “Markaziy Osiyo plyus” formatlari va boşqa xalqaro muloqot maydonlarida mintaqaviy muvofiqlaşuvni rivojlantiriş, taşqi şeriklar bilan hamkorlik masalalari böyiça kelişilgan ustuvor yönalişlar va pozitsiyalarni işlab çiqiş strategik vazifaga aylanmoqda. Faqat şu yöl bilangina jahonning yetakçi mamlakatlari va birlaşmalari bilan hamkorligimizni davlatlarimiz va butun mintaqaning iqtisodiy hamda texnologik taraqqiyotiga, barqarorligiga xizmat qiladigan aniq loyihalar asosida boyitişimiz mumkin.
Özbekiston uçun mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş taktik tanlov emas, balki Markaziy Osiyo kelajagi uçun umumiy mas’uliyatni anglaşdan kelib çiqadigan ongli strategik qarordir.
Işonçimiz komilki, global noaniqlik davrida yaxşi qöşniçilik, hamjihatlik va özaro qöllab-quvvatlaş — Markaziy Osiyoning asosiy resursidir. Mintaqa mamlakatlari yakka holda hal qilişi qiyin bölgan umumiy xavfsizlik muammolari va rivojlaniş vazifalari birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan muvaffaqiyatli hal qilinişi mumkin. Işonç va şeriklikni mustahkamlaş öz kelajagini umumiy qadrdon diyorimiz — Markaziy Osiyoning tinçligi, barqarorligi va taraqqiyoti bilan boğlagan millionlab odamlarning manfaatlariga javob beradi.
Bugun biz kuçli, barqaror va farovon mintaqa — Yangi Markaziy Osiyoning mustahkam poydevorini yaratmoqdamiz.
Mintaqamizda keçayotgan jarayonlar — bu ongli va ortga qaytmas tanlov. Uşbu yöl bizdan nafaqat birgalikdagi sa’y-harakatlarni, balki umumiy kelajagimiz uçun mas’uliyatni öz zimmamizga olişga tayyor bölişimizni ham talab qiladi.
Kuç va imkoniyatlarimizni birlaştirib, umumiy vazifalarni hal etmoqdamiz, şuningdek, xalqaro hamjamiyatga tinç va bunyodkor hamkorlikning vaqt va hayot sinovidan ötgan — işonç, yaxşi qöşniçilik va özaro qöllab-quvvatlaşga asoslangan öz modelimizni taklif etmoqdamiz. Va bugun Markaziy Osiyoni keng mintaqamizda yaşayotgan barça millat va xalqlar uçun yagona tinçlik, farovonlik va taraqqiyot makoniga aylantiradigan uşbu tarixiy sur’atni saqlab qolişimiz har qaçongidan ham muhimdir.
Şavkat MIRZIYOYЕV,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti

