Toşkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvi bölib ötadi

Toşkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvi bölib ötadi

14.11.2025 15:44110

15-16-noyabr kunlari Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvi bölib ötadi.

Sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, şuningdek, BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze iştirok etadi.

Tadbir kun tartibidan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlaş, şuningdek, ustuvor sohalarda qöşma loyihalar va taşabbuslarni amalga oşiriş masalalari örin olgan. Mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşiladi.

Maslahat uçraşuvi yakunlariga köra köp tomonlama hujjatlarning salmoqli töplami qabul qilinişi kutilmoqda.

Mintaqa davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlaşuvlarini ötkaziş taşabbusi Özbekiston yetakçisi tomonidan 2017-yilning sentyabr oyida BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi.

Özbekistonning uşbu formatdagi raisligi davrida hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvçi 20 dan ortiq yirik tadbirlar ötkazildi.

 

president.uz

Ulaşiş: