Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon yetakçilari Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurdilar

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon yetakçilari Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurdilar

17.11.2025 11:19164

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan mintaqa mamlakatlari va Ozarbayjon Prezidentlari Özbekiston Prezidenti bilan birgalikda Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurdilar.

Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan taşkil etilgan markaz islom sivilizatsiyasining bebaho merosini asrab-avaylaş va tarğib qilişga bağişlangan noyob manbalar, ilmiy tadqiqot va ta’lim yönalişlarini bir joyga jamlagan tariximizdagi ilk majmua böldi.

Majmua milliy me’moriy an’analar va zamonaviy bezaklar uyğunligida barpo etildi. Inşootning tört tomonida balandligi 34 metrli peştoqlar, örta qismida esa 65 metrli milliy uslubdagi gumbaz qad rostlagan.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston Prezidenti Prezidenti Emomali Rahmon, Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Prezident Şavkat Mirziyoyev hamrohligida musulmon olamining bebaho ma’naviy durdonasi sanalgan Usmon Mus’hafi saqlanayotgan Qur’oni karim zaliga taşrif buyurdilar. Qur’onning eng qadimiy qölyozmalaridan biri bölgan uşbu nodir manba ulkan tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bölib, mintaqamiz xalqlarining sivilizatsiyaviy öziga xosligini şakllantirgan çambarças ma’naviy riştalarimizni ifoda etadi.

Yetakçilar, şuningdek, “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinçi Renessans”, “Ikkinçi Renessans” hamda “Yangi Özbekiston – yangi Renessans” bölimlari bilan tanişdilar.

Ularda buyuk allomalarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Bahouddin Naqşband va boşqa uluğ ulamolarning boy ilmiy va ma’naviy merosi keng yoritilgan. Körgazmada somoniylar, qoraxoniylar, xorazmşohlar, temuriylar va boşqa sulolalar davriga oid qölyozma naşrlar va ularning qadimgi özbek tiliga tarjimalari ham mavjud.

Yetakçilar mintaqa mamlakatlari örtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlaş, ma’naviy-ma’rifiy loyihalarni ilgari suriş va umumiy gumanitar qadriyatlarni rivojlantiriş muhimligini ta’kidladilar.

Mintaqaning boy umumiy merosini saqlaş va tarğib qiliş borasidagi Özbekistonning keng kölamli sa’y-harakatlariga yuqori baho berildi. Majmua zamonaviy tadqiqot markazi bölib xizmat qilişiga, mintaqa mamlakatlari örtasida ilmiy, ta’lim va madaniy hamkorlik uçun yangi ufqlar oçişiga işonç bildirdilar.

 

president.uz

Ulaşiş: