Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvidagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvidagi nutqi

17.11.2025 11:33150

Hurmatli davlat rahbarlari!

Hurmatli sammit iştirokçilari!

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvida sizlarni samimiy qutlayman.

Özbekiston zaminiga xuş kelibsiz!

Bugun bizning qardoş xalqlarimiz uçun haqiqatan ham tarixiy kun. Biz Ozarbayjon Respublikasini Maslahat uçraşuvlarimiz formatiga töla huquqli a’zo sifatida qabul qiliş töğrisida prinsipial qaror qabul qilmoqdamiz. 

Uşbu strategik qadam umumiy tarix, qardoşlik riştalari, ma’naviy va madaniy yaqinlik bilan uzviy boğlangan xalqlarimiz manfaatlariga töliq javob beradi.

Men qat’iy işonamanki, qardoş Ozarbayjonning qöşilişi Maslahat uçraşuvlarimizga kuçli şiddat beradi, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, barqaror taraqqiyot masalalari böyiça hamjihatlikda qarorlar işlab çiqiş uçun yangi ufqlarni oçadi.

Mohiyatan biz Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz örtasida mustahkam köprik barpo etmoqdamiz, hamkorlikning yagona makonini şakllantirişga yöl oçmoqdamiz. Bu ikki mintaqaning strategik boğliqligi
va barqarorligini kuçaytirişi şubhasiz.

Uşbu muhim qaror qabul qilingani uçun barça hurmatli hamkasblarimga samimiy minnatdorlik bildiraman va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Geydaroviç Aliyevni Maslahat uçraşuvlarimiz formatiga töla huquqli iştirokçi bölib qöşilgani bilan tabriklayman.

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze janoblarini uşbu tarixiy sammitimizdagi iştiroki bilan qutlaymiz.

Bugun mana şunday jöşqin muhitda hamkorligimizni yanada rivojlantiriş böyiça sizlar bilan atrofliça fikrlaşib, muhim qarorlar qabul qilamiz, deb işonaman. 

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Qadrli döstlar!

Biz ilk uçraşuvimizdan buyon ötgan qisqa davrda juda katta, ahamiyatiga köra tarixiy yölni bosib ötdik. Oçiq muloqot va birgalikdagi faol sa’y-harakatlarimiz natijasida mintaqamiz uçun dolzarb bölgan qator muammolarga samarali yeçimlar topişga muvaffaq böldik. 

Hududiy masalalar uzil-kesil hal etildi, çegara punktlari oçildi, suv-energetika sohasida özaro manfaatli hamkorlik yölga qöyildi, transport aloqalari qayta tiklandi, mamlakatlarimiz örtasida faol savdo-investitsiya va gumanitar aloqalar uçun qulay şaroit yaratildi.

Bugungi kunda Markaziy Osiyo – bu barqaror ösiş va farovonlik uçun oldimizda yangi imkoniyatlar oçayotgan jadal taraqqiyot va samarali hamkorlik makonidir.

Mintaqamiz jahon iqtisodiyotiga faol integratsiyalaşmoqda: investitsiyaviy jozibadorlik oşmoqda, uçinçi bozorlarga eksport imkoniyatlari kengaymoqda, tranzit salohiyati ösmoqda.

Ötgan yili mamlakatlarimiz örtasidagi özaro savdo hajmi 10,7 milliard AQŞ dollariga yetdi. Mintaqamizga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmi 17 foizga köpaydi.

Mamlakatlarimiz xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş masalalari, terrorizm va ekstremizm tahdidlari, transçegaraviy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida tizimli çora-tadbirlarni körmoqda.

Hamjihatlik va umumiy taraqqiyot sari intilişning kuçayişi Markaziy Osiyoning xalqaro munosabatlar subyekti sifatidagi maqomini mustahkamlaş va global miqyosdagi rolini oşirişga xizmat qilmoqda. 

“Markaziy Osiyo plyus” formatidagi munosabatlar kuçaydi. Mintaqamiz nufuzli xalqaro maydonlarda yagona pozitsiyani namoyon etmoqda.

Formatimizga Ozarbayjonning qöşilişi bilan mintaqamizning dunyo hamjamiyatidagi ovozi yanada köproq ahamiyatga ega bölişi şubhasiz.

Hurmatli hamkasblar!

Özbekistonning raisligi davrida hamkorligimiz salohiyatini yanada oşiriş maqsadida 20 dan ortiq yirik tadbirlar ötkazildi.

Boş vazir örinbosarlari darajasida mintaqalararo hamkorlik forumi işi yölga qöyildi, ilk bor mudofaa idoralari, maxsus xizmatlar rahbarlari, şuningdek, geologiya, sanoat, qişloq xöjaligi, ekologiya va madaniyat vazirlari yiğilişlari ötkazildi. Toşkentda Markaziy Osiyo davlatlari yetakçi ayollari muloqotini muvaffaqiyatli ötkazdik.

Bularning barçasi mintaqaviy şeriklikning institutsional asoslari va mexanizmlari tizimli ravişda kengayib borayotganidan yaqqol dalolat beradi.

Fursatdan foydalanib, yaqinda YUNЕSKO Boş konferensiyasining ilk bor mintaqamizda – Samarqand şahrida bölib ötgan tarixiy 43-sessiyasi muvaffaqiyatli ötişida qöllab-quvvatlaganingiz uçun barçangizga minnatdorlik bildiraman.

Heç şubhasiz, uşbu noyob voqea Markaziy Osiyoning işonçli va ahamiyatli şerik sifatidagi imijining yana bir tasdiğidir.

Hurmatli hamkasblar!

Murakkab va oldindan başorat qilib bölmaydigan xalqaro-siyosiy jarayonlar şaroitida özaro hamjihatligimiz va bir-birimizni qöllab-quvvatlaşni kuçaytiriş alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Işonçim komilki, bugun biz mintaqamizning Yangi Markaziy Osiyo sifatidagi tarixiy uyğoniş davri ostonasida turibmiz.

Biz hamkorligimizning institutsional asoslarini yanada mustahkamlaş, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga nisbatan tahdidlarga özaro muvofiqlaştirilgan javobni işlab çiqişni öz oldimizga vazifa qilib qöyganmiz.

Biz uçun hozirning özida mintaqamizni bundan 10-20 yildan keyin qanday körişni xohlaşimiz böyiça aniq tuşunçaga ega böliş muhimdir. 

Şu munosabat bilan qator takliflarni ilgari surmoqçiman.

Birinçidan, hamkorlik mexanizmlari va şartnomaviy-huquqiy asoslarini yanada takomillaştiriş prinsipial ahamiyatga egadir.

Uçraşuvlarimizni mintaqaviy muloqotning maslahat şaklidan “Markaziy Osiyo hamjamiyati” strategik formatiga aylantirişni davrning özi taqozo etmoqda. 

Uşbu maqsad yölida formatimiz institutsional va taşkiliy asoslarini izçil mustahkamlaşni nazarda tutadigan Maslahat uçraşuvlari töğrisidagi nizomni işlab çiqiş, rotatsiya asosida faoliyat yuritadigan Kotibiyatni ta’sis etiş, milliy muvofiqlaştiruvçilar maqomini Prezidentlarning maxsus vakillari darajasiga kötarişni taklif etamiz.

Bundan taşqari, xalq diplomatiyasi sohasidagi qadriyat va an’analarimizga tayangan holda, boy hayotiy tajriba va obrö-e’tiborga ega jamoat arboblaridan iborat Oqsoqollar kengaşini tuzişni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bu mamlakatlarimizda avlodlar örtasidagi aloqalarni kuçaytiriş, şuningdek, umummintaqaviy hamjihatlik va öziga xoslikni mustahkamlaşga xizmat qiladi, deb öylaymiz.

Ikkinçidan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi sifat bosqiçiga kötariş ustuvor vazifa bölib qolmoqda.

Mintaqa mamlakatlarining özaro savdosi va umumiy taşqi savdo aylanmasi salohiyati örta istiqbolda ular hajmlarini kamida 1,5-2 barobar oşiriş imkonini beradi.

Ma’muriy tösiqlarga barham beriş, soliq va bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş, erkin iqtisodiy va sanoat zonalaridan birgalikda foydalaniş böyiça çora-tadbirlarni köriş vaqti allaqaçon yetgan, deb hisoblayman. 

Bizning nuqtayi nazarimizda, yuqorida körsatib ötilgan barça masalalarni qamrab oladigan, savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça 2035-yilgaça bölgan davrga möljallangan keng qamrovli mintaqaviy dasturni işlab çiqiş va qabul qiliş savdo hajmlarini sezilarli darajada oşiriş uçun qulay şaroit yaratiş imkonini beradi.

Yaqin istiqbolda umumiy investitsiya makoni töğrisidagi deklaratsiyani qabul qilişni ayniqsa muhim, deb hisoblaymiz. Bu bizning investitsiya siyosatimizning umumiy tamoyillarini mustahkamlaş, investorlar huquqlarini har tomonlama himoya qilişni ta’minlaş, keng mintaqamizda yagona investitsiya muhitini şakllantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş imkonini bergan bölar edi. 

Elektron savdo sohasida salohiyat va yangi imkoniyatlardan foydalanişni muhim, deb hisoblaymiz. Turli hisob-kitoblarga köra, uşbu sohaning bozori faqat Markaziy Osiyoning özida yaqin ön yillikda 150 milliard dollargaça ösişi mumkin.

Şu munosabat bilan, bizning yondaşuvlarimizni uyğunlaştiriş, virtual savdo maydonçalari va işonçli raqamli tölov tizimlarini yaratişni yengillaştiriş imkonini beradigan Elektron tijoratni rivojlantiriş böyiça qöşma çora-tadbirlar dasturini işlab çiqiş maqsadga muvofiq. 

Uçinçidan, yuqori texnologiyali mintaqaviy infratuzilmalar va transport-logistika salohiyatini birgalikda rivojlantiriş mintaqamiz kelajagi uçun muhim ahamiyatga ega.

Elektr stansiyalari va uzatiş tarmoqlari, avtomobil va temir yöllar, çegara orqali ötkaziş punktlari, “yaşil yölaklar”, optik-tolali liniyalar va boşqa obyektlarni quriş va modernizatsiya qiliş böyiça strategik ahamiyatga ega bölgan umummintaqaviy loyihalarni amalga oşiriş uçun sa’y-harakatlarimizni birlaştirişni taklif etamiz. 

Biz mintaqalararo transport boğliqligini mustahamlaş maqsadida, “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöli, şuningdek, Transafğon transport yölagi qurilişi kabi loyihalarga ustuvor ahamiyat qaratamiz. 

Mintaqamizni Yevropa mamlakatlari bilan boğlaydigan Transkaspiy yölaklari bizning oldimizda katta imkoniyatlar eşigini oçmoqda. 

Bu yönalişlardagi işlarni muvofiqlaştiriş uçun mamlakatlarimiz boş vazirlari örinbosarlari darajasida Infratuzilmani rivojlantiriş böyiça kengaş taşkil etiş maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Törtinçidan, mintaqamizning gullab-yaşnaşi va farovonligi bevosita bizning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş borasidagi sa’y-harakatlarimizga boğliq. 

Bugun qabul qilinayotgan Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasi, şuningdek, Tahdidlar va xavflar katalogi uşbu sohadagi hamkorligimiz samaradorligini sezilarli darajada oşiriş imkonini berişiga işonaman.

Butun mintaqamiz xavfsizligi va barqaror taraqqiyotiga töğridan töğri ta’sir körsatadigan Afğonistondagi vaziyat alohida diqqatimiz markazida bölişi kerak.

Biz qat’iy işonamizki, Afğonistonni infratuzilmaviy, energetika va transport loyihalarimizga integratsiyasi umumiy mintaqaviy siyosatimizning ajralmas qismiga aylanişi lozim. 

Fursatdan foydalanib, yaqinda bölib ötgan “Farğona tinçlik forumi”ni qöllab-quvvatlaganingiz uçun sizlarga alohida minnatdorlik izhor etaman. Biz mintaqamizda yaqin muloqot va özaro işonç ruhini mustahkamlaşga xizmat qiladigan uşbu ekspertlik platformasini muntazam ötkaziladigan xalqaro anjumanga aylantiriş tarafdorimiz.

Beşinçidan, ekologiya, iqlim va suv resurslari taqçilligi masalalari e’tiborimiz markazida bölişi lozim. 

Birinçi Samarqand iqlim forumida Markaziy Osiyoni “yaşil” rivojlantiriş konsepsiyasi taqdim etilgan edi. Uşbu hujjat qabul qilinişini qöllab-quvvatlaşingizga umid qilamiz.

Mintaqada suv taqçilligi tobora ösib borayotgani va uning barqaror rivojlanişdagi salbiy oqibatlarini hisobga olib, 2026-2036-yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalaniş böyiça amaliy harakatlar ön yilligi” deb e’lon qilişni taklif etamiz.

Qöşni Afğonistonni Amudaryo havzasi suv resurslaridan birgalikda foydalaniş böyiça mintaqaviy muloqotga faol jalb etişni muhim, deb hisoblaymiz. 

Soha kadrlarini professional tayyorlaşga investitsiya jalb etmasdan turib, suv resurslarini samarali boşqariş imkonsiz. Şu maqsadlarda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti bazasida Suv xöjaligi sohasida kompetensiyalar mintaqaviy markazini taşkil etişni rejalaştirganmiz. 

Sizlarga ma’lumki, kelgusi yilda mamlakatimizda Suvni tejaş böyiça butunjahon forumi ötkazişni reja qilganmiz. Bu borada sizlarning qöllab-quvvatlaşingizga va anjumanda faol iştirok etişingizga umid qilamiz.

Hurmatli sammit iştirokçilari!

Madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytiriş birodar xalqlarimizning umumiy intilişlariga töliq javob beradi. 

Bizning mintaqa ming yillar davomida jahon sivilizatsiyasi, buyuk ğoyalar yaratiladigan, xalqlarni madaniy va ma’naviy jihatdan özaro boyitadigan markazlardan biri bölib kelgan. 

Keça biz sizlar bilan birgalikda Islom sivilizatsiyasi markazida böldik. Uşbu markaz ilmiy bilimlar va ğoyalar yaratiş, tadqiqotlar olib boriş, umumiy madaniy-tarixiy merosimizni ommalaştiriş uçun noyob platformadir. 

Markaz yoşlarimiz, ularning ilmiy va ma’naviy yuksalişi uçun xizmat qiladigan maskanga aylanişiga umid qilamiz.

Kuni keça Toşkentda ma’naviy meros va ma’rifatparvarlik ğoyalariga bağişlangan birinçi Xalqaro kongressni ötkazdik. Bunday uçraşuvlarni muntazam taşkil etişni zarur, deb hisoblayman. Kongressni har yili, formatimizda raislik qiluvçi mamlakatda ötkazib borişni taklif etamiz.

Şu örinda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining mintaqamiz taniqli olim va mutafakkirlarining global ma’rifatparvarlik rivojiga qöşgan hissasiga bağişlangan Maxsus rezolyutsiyasini qabul qiliş borasida Özbekistonning taşabbusini qöllab-quvvatlaşingizga umid qilamiz.

Bundan taşqari, Mintaqaviy ilmiy tadqiqotlar jamğarmasini tuzişni taklif etamiz. Bu davlatlararo ilmiy loyihalarni moliyalaştiriş, akademik hamjamiyatni rağbatlantiriş, mintaqaning intellektual salohiyatini mustahkamlaş, şuningdek, mamlakatlarimizning ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qiliş uçun sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş böyiça imkoniyatlarimizni kengaytirişga xizmat qilgan bölar edi. 

Aziz döstlar!

Bugun qabul qilinayotgan hujjatlar va ilgari surilgan taşabbuslar zamirida barçamiz uçun umumiy bölgan barqaror, xavfsiz va gullab - yaşnagan Markaziy Osiyoni barpo etiş maqsadi mujassamdir. 

Alohida ta’kidlamoqçiman: bizning kuçimiz – birlikda, muvaffaqiyat sari yölimiz – döstlik va hamkorlikda.

Faqat hamjihat bölib, özaro hurmat, birdamlik va strategik yondaşuvlarga tayanib, ezgu maqsadlarimizga erişişimiz mumkin.

Hurmatli hamkasblar!

Sizlarga bugungi oçiqlik va işçanlik ruhidagi çiqişlaringiz, ilgari surilgan konstruktiv ğoyalar va aniq harakat rejalari uçun yana bir bor samimiy minnatdorlik izhor etaman.

Fursatdan foydalanib, Özbekiston va xalqimiz şa’niga, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar hamda kengaşdagi raisligimiz haqida bildirgan samimiy sözlaringiz uçun barçangizga taşakkur aytaman. 

Heç şubhasiz, sizlar ilgari surgan barça takliflarning amalga oşirilişi Markaziy Osiyoda döstlik, özaro işonç va har tomonlama hamkorlikni mustahkamlaşga munosib hissa qöşadi.

Aziz döstlar!

Fursatdan foydalanib, Turkmaniston Prezidenti, hurmatli Serdar Gurbanguliyeviç Berdimuhamedovni 2026-yilda, endilikda yangi – “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon” formatida ötadigan davlatlar rahbarlarining Maslahat uçraşuvida raislikni qabul qilib olgani bilan çin dildan tabriklayman.

Biz Turkmanistonning bölajak raisligi davridagi sa’y-harakatlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyormiz va bu yölda Sizga katta yutuqlar tilab qolaman.

 

president.uz

Ulaşiş: