Özbekiston Prezidenti OTB bilan strategik şeriklikni yanada kengaytiriş muhimligini ta’kidladi

Özbekiston Prezidenti OTB bilan strategik şeriklikni yanada kengaytiriş muhimligini ta’kidladi

19.11.2025 16:04136

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 18-noyabr kuni Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kanda boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

 

Suhbat avvalida OTB rahbari mamlakatimiz yetakçisini strategik şeriklikning 30 yilligi hamda 2025-2026-yillarda bankning Boşqaruvçilar kengaşiga raislik Özbekistonga ötgani bilan tabrikladi. 

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oşiriş doirasida keng kölamli hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi. 

Hamkorlikda yuksak darajaga erişilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Özbekiston bankning mintaqadagi eng yirik hamkori bölib qolmoqda – qöşma loyihalar portfeli 15 milliard dollardan oşdi. Şuningdek, “yaşil” energetika, transport, raqamli transformatsiya, ta’lim va boşqa yönalişlarda umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod loyihalar işlab çiqilmoqda. Suveren bölmagan moliyalaştiriş mexanizmlari faol joriy etilmoqda. 

OTB Boşqaruvçilar kengaşining 2026-yil may oyida Samarqand şahrida bölib ötadigan yillik yiğilişiga tayyorgarlik körişga alohida e’tibor qaratildi.

Özbekiston Prezidenti bölajak tadbir doirasida OTB bilan Kengaytirilgan strategik şeriklik dasturini imzolaş, unda infratuzilmani rivojlantiriş, texnik va muhandislik kadrlarini tayyorlaş, xotin-qizlar va yoşlarni yangi kasblarga öqitiş, kambağallikni qisqartiriş, ipoteka bozori va xususiy sektorni rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratiş taşabbusini ilgari surdi. 

Bankning yirik milliy va mintaqaviy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşda, şuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida transport, energetika va savdo loyihalarini ilgari surişda faol iştirok etişi muhim ekani ta’kidlandi. 

OTB prezidenti Masato Kanda mamlakatimizdagi keng kölamli yangilanişlar natijalarini yuksak baholadi hamda Yangi Özbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturini amalga oşirişga har tomonlama kömaklaşişga tayyorligini bildirdi.

 

president.uz

Ulaşiş: