Özbekiston Prezidenti Xitoy taşqi işlar vazirini qabul qildi

Özbekiston Prezidenti Xitoy taşqi işlar vazirini qabul qildi

21.11.2025 17:44149

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni taşqi siyosat idoralari rahbarlari strategik muloqotining navbatdagi yiğilişida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Taşqi işlar böyiça komissiya devoni rahbari, taşqi işlar vaziri Van I boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston va Xitoy örtasidagi barça şaroitlarda har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş hamda köp qirrali hamkorlikni kengaytirişning amaliy jihatlari körib çiqildi.

Uçraşuv avvalida Xitoy taşqi işlar vaziri mamlakatimiz yetakçisiga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli ikki tomonlama munosabatlar misli körilmagan yuksak darajaga kötarilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ötgan yili tovar ayirboşlaş hajmi 14 milliard dollarga yetdi, qöşma korxonalar soni qariyb 5 mingtani taşkil qilmoqda, yil boşidan buyon Xitoydan salkam 15 milliard dollarlik investitsiyalar özlaştirildi. Texnologik şeriklik loyihalarining portfeli 90 milliard dollarga yaqinlaşdi.

Yuqori texnologiyalar, “yaşil” va atom energetikasi, sun’iy intellekt, transport, infratuzilma, qişloq xöjaligi, geologiya, kimyo va boşqa yönalişlardagi hamkorlikni ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.

Barça darajalarda aloqalar faollaşdi, ikki mamlakat hududlari samarali hamkorlik qilmoqda, ta’lim va madaniy-gumanitar sohada mazmunli almaşinuvlar davom etmoqda.

Özbekiston yetakçisi navbatdagi oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik köriş hamda ikki tomonlama hamkorlikni yangi amaliy mazmun bilan boyitiş zarurligini ta’kidladi.

“Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yölini quriş loyihasini faol amalga oşiriş va uni boşqa transport yölaklari bilan boğlaş muhimligi qayd etildi.

Afğonistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklaş va xavfsizlik masalalarida sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişga alohida e’tibor qaratildi. Köp tomonlama formatlarda yaqin siyosiy muloqot hamda hamkorlikni davom ettiriş, oliy ta’lim muassasalari örtasidagi aloqalarni qöllab-quvvatlaş hamda kambağallikka qarşi kuraşiş, turizm va boşqa sohalarda qöşma loyihalarni ilgari suriş zarurligi ta’kidlandi.

Şu yilning noyabr oyi oxirida Özbekistonda bölajak Xitoy madaniyati kunlarining muvaffaqiyatli ötkazilişiga işonç bildirildi.

Şuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.

 

president.uz

Ulaşiş: