Imom Buxoriy majmuasi – xalqimiz ma’rifati, bunyodkorlik salohiyatining namunasi

Imom Buxoriy majmuasi – xalqimiz ma’rifati, bunyodkorlik salohiyatining namunasi

25.11.2025 17:56140

Prezident Şavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonlari bilan tanişiş hamda kelgusidagi vazifalarni faollar iştirokida belgilab oliş uçun Samarqand viloyatiga taşrif buyurdi. 

Davlatimiz rahbari Samarqandga taşrifini taomilga köra, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiliş bilan boşladi. Qur’on tilovat etilib, duo öqildi. 

Prezidentimizning taşabbusi bilan mazkur majmua buyuk muhaddis bobomizning islom olamida tutgan yuksak mavqeyi, ulkan salohiyatiga munosib tarzda qaytadan bunyod etildi. Umumiy maydoni 45 gektarni taşkil etadigan hududda ulkan maqbara, 10 ming kişilik masjid va ma’muriyat binosi, muzey, kiriş va çiqiş ayvonlari qurildi. Ziyoratgohning 4 burçagidagi 75 metrlik minoralar unga mahobat bağişlagan. 

Bu joy faqat ziyorat emas, ilm-ma’rifat, tarbiya va ibrat maskani bölişi, Imom Buxoriyning buyuk izlanişlari, bilimi hamda kamoloti ziyoratçilar, ayniqsa, yoşlar uçun ezgu namuna bölişi kerakligi e’tiborga olinib, majmuada innovatsion muzey taşkil etildi. U islom olamida muhaddislar sultoni deya e’tirof etilgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom ma’rifati rivojiga qöşgan hissasini namoyon etadi. 

Majmua avval bir kunda 12 ming ziyoratçiga xizmat körsatgan bölsa, hozir 65 ming nafar mehmonga xalqaro standartlarga mos xizmat körsatiş imkoniyati yaratilgan. 

Bundan taşqari, hududda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi joylaşgan. 

Ziyoratgoh atrofida 570 milliard mablağ sarflanib, mehmonxonalar va savdo-servis nuqtalari taşkil etildi. Bunda 1 ta tört yulduzli, 2 ta uç yulduzli hamda 22 ta oilaviy mehmon uyi qurilgan. Mazkur obyektlar töliq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanib, hududi obodonlaştirilgan. 2026-yilga qadar hududda kökalamzorlaştiriş işlarini amalga oşiriş hamda avtoturargohlarni taşkil etiş rejalaştirilgan. 

Davlatimiz rahbari Imom Buxoriy ziyoratgohi xalqimizning boy ma’naviy merosi va bunyodkorlik salohiyatining yorqin namunasi bölganini ta’kidlab, majmuada ayni paytda olib borilayotgan sönggi obodonlaştiriş işlarini sifatli va öz vaqtida bajariş yuzasidan mas’ullarga topşiriqlar berdi.

 

president.uz

Ulaşiş: