Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Prezident Olimpiadasi öyinlarining oçiliş marosimidagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Prezident Olimpiadasi öyinlarining oçiliş marosimidagi nutqi

27.11.2025 17:50117

Assalomu alaykum, qadrli vatandoşlar!

Muhtaram faxriylar, ustoz va murabbiylar, azm-u şijoatli öğil-qizlarim!

Hurmatli mehmonlar!

Bugun sizlar bilan Yangi Özbekiston timsoli bölgan mana şu muazzam Olimpiya şaharçasida Prezident Olimpiadasiga start beryapmiz.

Mamlakatimizda birinçi marta ötkazilayotgan, butun yurtimiz yoşlarini Olimpiya harakatining ezgu ğoyalari asosida birlaştirayotgan uşbu sport bayrami barçamizga muborak bölsin!

Aziz döstlar!

Biz islohotlarimizning ilk kunlaridanoq barça sohalar qatori jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirişga ham katta eʼtibor qaratyapmiz. Sönggi sakkiz yilda budjetdan sportga berilayotgan yillik mablağ 250 milliard sömdan 3 trillion sömga oşdi; trenerlarning örtaça maoşi 7 barobar köpaydi; 250 dan ziyod yirik sport obyektlari yangidan qurildi, 100 ga yaqin obyekt rekonstruksiya qilindi; mahallalarda, ayniqsa, çekka-çekka qişloqlarda 2 mingga yaqin sport maydonçalari barpo etildi, ularning sonini har yili 500 taga oşirib boryapmiz; 14 ta olimpiya va paralimpiya markazlari töliq zamonaviy infratuzilma bilan taʼminlandi.

Bu işlarimiz yurtimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erişişi va sporti yuksak darajada rivojlangan davlatlar qatoridan joy olişi uçun mustahkam zamin yaratmoqda. Jumladan, Parij Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida mard va bahodir sportçilarimiz çinakam jasorat körsatib, 13-örinni egallaganliklari har qanday tahsin va tasannolarga munosibdir.

Ana şunday zafarli yurişning davomi sifatida joriy yilda yoşlarimiz Jahon universiadasida 13-örinni, Bahraynda ötkazilgan Yoşlar öyinlari va Saudiya Arabistonidagi Islom birdamligi musobaqalarida faxrli 2-örinni egalladi.

Ayniqsa, öğil-qizlarimiz jahon, Osiyo va Olimpiya öyinlarida 50 dan ortiq rekord natijalarga erişgani yurtimizning xalqaro Olimpiya harakatidagi örni va nufuzini yaqqol körsatib turibdi.

Futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi ilk bor jahon çempionatiga yöllanmani qölga kiritgani xalqimiz 34 yil kutgan tarixiy voqea böldi.

Şu kunlarda şaxmat böyiça Jahon kubogi yarim finalida bir paytning özida 2 nafar şaxmatçimiz qatnaşmoqda. Hozirgina xuşxabar oldik. 19 yoşli xalqaro grossmeysterimiz Javohir Sindorov Hindistonda ötayotgan mazkur nufuzli turnirda ğalaba qozonib, jahon kubogini qölga kiritdi. Endi u jahon toji uçun daʼvogarlar turnirida qatnaşadi va bunday natijalar butun xalqimizni albatta quvontiradi.

Heç şubhasiz, Yangi Özbekistonning sport tarixini ana şunday yuzlab irodasi mustahkam, jasur va matonatli, yuksak intellektual salohiyatga ega öğil-qizlarimiz yaratmoqda.

Bunday qahramon sportçilarimizga şon-şaraflar bölsin! Ularning boşi uzra Vatanimiz bayroği hamişa mağrur hilpirab tursin!

Hurmatli tadbir iştirokçilari!

Albatta, erişilgan natijalar özimizniki. Eng muhimi, izlaniş va harakatdan töxtab qolmasligimiz kerak.

Dunyoda barça sohalar qatori sportda ham qanday keskin kuraş va raqobat keçayotganini hammamiz körib turibmiz. Bu esa nufuzli xalqaro sport musobaqalari, jumladan, Olimpiya öyinlariga tayyorgarlik tizimini yanada takomillaştirişni talab etmoqda.

Bu işlarni eng quyi böğin bölgan mahalladan boşlaş uçun joriy yil beş bosqiçli ommaviy sport musobaqalari tizimiga 15 million aholi qamrab olindi.

Adaptiv sportga berilayotgan eʼtibor tufayli sönggi uç yilda parasportçilar soni qariyb 7 karra oşib, 70 mingdan ortiq nogironligi bor şaxslar ommaviy sportga jalb etildi.

Sohani raqamlaştirib, şaffof tizim yaratganimiz hisobidan barça 10 mingta maktab va 9 mingta mahalladagi öğil-qizlarimiz öz salohiyatini namoyon qiliş imkoniga ega böldi.

Endi eng iqtidorli yoşlarni seleksiya qiliş va ularni katta sportga yönaltiriş böyiça mutlaqo yangi tizim – Prezident Olimpiadasi öyinlarini boşlayapmiz.

Musobaqaning tuman va viloyat bosqiçlarida umumtaʼlim maktablaridagi sport tögaraklari, xususiy sport klublari va 310 ta sport maktabidan 100 mingdan ortiq yoşlarimiz iştirok etdi.

Viloyat hokimlari özlari boş bölib, joylarda eng yuqori natijaga erişgan 3 mingdan ziyod öğil-qizlarimizni Prezident Olimpiadasiga olib keldi. Ular sportning 10 ta yönalişi böyiça özaro bellaşuvlarni boşladi. Ğoliblar maxsus sovrinlar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Eng asosiysi, ular terma jamoalarga töğridan-töğri yönaltiriladi.

Aʼlo darajadagi tayyorgarlikni davom ettiriş uçun ular Olimpiya va Paralimpiya markazlariga qabul qilinadi hamda har biriga stipendiya beriladi.

Bir söz bilan aytganda, bundan buyon har yili ötkaziladigan Prezident Olimpiadasi yangi iqtidorlarni kaşf qilib, samarali seleksiya tizimiga aylanadi.

Kelgusi yildan boşlab suv sporti, velosport, triatlon, qiliçbozlik va jamoaviy öyinlar böyiça ham musobaqalar ötkazilib, Prezident Olimpiadasidagi sport turlari 20 taga yetkaziladi.

Sport vazirligi, Olimpiya qömitasi, sport federatsiyalari Prezident Olimpiadasining har bir bosqiçiga xalqaro sport talablarini töliq tatbiq qiladi; yuqori mahoratli sportçilarni tayyorlaş uçun trenerlarni zamonaviy metodologiya va yondaşuvlar asosida öqitiş tizimini yölga qöyadi; musobaqa natijalarini oçiq va şaffof baholaş uçun hakamlarning salohiyatini oşirib boradi.

Viloyat hokimlari sport turlaridan kelib çiqib, sport maktablari va tögaraklaridagi şaroitlarni yaxşilab, zamonaviy inventarlar bilan töliq taʼminlaydi; har yili kamida 10 tadan mahallada zamonaviy sport zallarini qurib, xususiy sport klublarining boşqaruviga beradi.

Xabaringiz bor, kelgusi yil 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi, 2027-yilda 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasida jahon çempionati hamda 2029-yilda Yoşlar Osiyo öyinlari Özbekistonda ötkaziladi.

Bugungi tadbirimiz bölib ötayotgan uşbu muhtaşam Olimpiya şaharçasi, joylarda barpo etilayotgan zamonaviy sport infratuzilmalari mana şunday nufuzli xalqaro turnirlarni yuksak saviyada taşkil etiş uçun katta zamin yaratmoqda. Bunday yirik musobaqalar xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimiz uçun katta bayram, katta mahorat maktabi böladi, mamlakatimizning döstlik va hamkorlik diyori sifatidagi xalqaro obrö-eʼtiborini yanada oşiradi.

Prezident Olimpiadasi tizimi esa heç şubhasiz, bunday musobaqalarga javohir sportçilarni tanlab olişga, xususan, 2028-yilda Los-Anjelesda ötadigan Olimpiya öyinlari uçun har bir hududdan litsenziyalar sonini köpaytirişga xizmat qiladi.

Kelgusida ularning orasidan Bahodir Jalolov, Uluğbek Raşidov, Diyora Keldiyorova, Akbar Jörayev kabi jahon va Olimpiya çempionlari albatta yetişib çiqişiga işonaman.

Hurmatli anjuman iştirokçilari!

Donişmandlar aytganlaridek, irodasi kuçli inson, xalq va millatni yengib bölmaydi.

Ayniqsa, sport qanday buyuk kuç, qanday yuksak örnak va namuna ekanini bugungi tantanali marosimda iştirok etayotgan siz, hurmatli sportçilarimiz, soha faxriylari, ustoz-murabbiylar yaxşi bilasiz.

Agar sizlar özingizdagi katta tarbiyaviy salohiyat va hayotiy tajribani yoşlarimizga singdirsangiz, ularni bilimli va aqlli, vatanparvar insonlar etib tarbiyalaşga hissa qöşsangiz, sizlardan xalqimiz ham, Prezident ham minnatdor böladi. Çunki turli zararli ğoya va taʼsirlar kuçayib borayotgan hozirgi murakkab davrda yoş avlodimizni har tomonlama soğlom etib tarbiyalaş hal qiluvçi ahamiyat kasb etmoqda.

Men bu borada sportni tarbiyadan, tarbiyani esa sportdan ayri holda tasavvur etolmaydigan sizdek hurmatli sportçilar, faxriylarimiz va ustoz-murabbiylarga tayanaman.

Aziz sportçi öğil-qizlarim!

Heç qaçon unutmang, sizlar mamlakatimizda ilk bor ötkazilayotgan Prezident Olimpiadasi qatnaşçilarisiz. Ana şunday nom bilan tarixga kirasiz. Uşbu yuksak maqomga munosib bölib, barçangiz mahorat, halollik va jasorat namunalarini körsatasiz deb işonaman.

Sportning murakkab va masʼuliyatli yölida zimmangizda hali aziz Vatanimiz bayroğini baland kötarib, uni jahonga tarannum etişdek buyuk vazifalar turibdi.

Ana şunday uluğ va muqaddas burçni ado etişga hozirdan tayyor böling!

Izlaniş, örganiş va çiniqişdan heç qaçon töxtamang!

Doimo şijoat va qatʼiyat bilan, dadil olğa bosavering!

Bu yölda davlatimiz, Prezident sizlar uçun barça zarur şaroitlarni yaratib beradi.

Barçangizga omad va zafarlar yor bölsin, aziz farzandlarim!

 

president.uz

Ulaşiş: