Özbekiston Prezidenti Fransiya delegatsiyasini qabul qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Transkaspiy transport yölagi böyiça investorlar forumida iştirok etiş uçun Toşkentga kelgan Fransiya Respublikasi transport vaziri Filipp Tabaroni qabul qildi.
Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Joriy yil mart oyida Parijga amalga oşirilgan oliy darajadagi tarixiy taşrif davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş orqali Özbekiston va Fransiya örtasidagi strategik şeriklik, ayniqsa, transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvda fuqarolik aviatsiyasida aloqalarni kengaytiriş, transport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş, şu jumladan, yaqinda taşkil etilgan Özbekiston – Fransiya universiteti imkoniyatlaridan foydalanişga alohida eʼtibor qaratildi.

