Özbekiston Prezidenti BAA bilan innovatsion hamkorlikni yanada rivojlantiriş muhimligini taʼkidladi

Özbekiston Prezidenti BAA bilan innovatsion hamkorlikni yanada rivojlantiriş muhimligini taʼkidladi

01.12.2025 14:09139

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni Birlaşgan Arab Amirliklari Hukumat işlari böyiça vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuv avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Şayx Muhammad Ol Nahayon va mamlakat Vitse-prezidenti, Boş vaziri, Dubay amiri Şayx Muhammad Ol Maktumning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston – BAA döstligi va strategik şerikligini yanada mustahkamlaş, şuningdek, joriy yilning yanvar oyida BAAga amalga oşirilgan oliy darajadagi taşrif davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda BAA hukumati bilan 40 dan ortiq yönalişlarda 300 dan ziyod taşabbuslar, jumladan, “Hukumat akseleratori”, “Bir million dasturçi” va “Yoş yetakçilar” kabi muhim dasturlar amalga oşirilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş sohasida özaro manfaatli hamkorlik böyiça qabul qilinayotgan yangi beş yillik dasturni keng kölamda amalga oşiriş zarurligi taʼkidlandi.

Byurokratiyani kamaytiriş, sunʼiy intellekt sohasida 5 million nafar prompt-muhandisni öqitişda BAAning ilğor tajribasini joriy etiş hamda “Yoş avlod” va “Kitob çellenji” loyihalarini yölga qöyiş böyiça hamkorlik rejalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, bölajak oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik körişga kelişib olindi.

Uçraşuv yakunida Prezident Şavkat Mirziyoyev va vazir Muhammad al-Gargaviy Özbekiston - BAA munosabatlari tarixiga bağişlangan körgazma bilan tanişdilar.

 

president.uz

Ulaşiş: