Eksportni köpaytiriş va tadbirkorlar uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş masalalari muhokama qilindi

Eksportni köpaytiriş va tadbirkorlar uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş masalalari muhokama qilindi

02.12.2025 14:58168

Prezident Şavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni eksport salohiyatini oşiriş va tadbirkorlarning davlat xizmatlaridan foydalanişini soddalaştiriş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Özbekiston 2030-yilga qadar eksport hajmini 45 milliard dollarga yetkazişni maqsad qilib qöygan. Mazkur körsatkiçga erişiş uçun anʼanaviy bozorlar bilan çeklanmasdan yuqori marjali yangi bozorlarga çiqiş zarur.

Bu borada taşqi bozorlardagi yetakçi isteʼmol segmentlari va yuqori talabga ega mahsulotlar böyiça çuqur tahlil olib borildi. Natijada quriliş materiallari, yengil sanoat, elektrotexnika, oziq-ovqat, maişiy kimyo, maşinasozlik va metallarga oid yönalişlarda eksportni yanada oşiriş uçun mamlakatimizda katta zaxira hamda imkoniyat borligi aniqlandi.

Şu munosabat bilan taqdimotda istiqbolli bozor hisoblangan mamlakatlar bilan imtiyozli savdoni yölga qöyiş, savdo-iqtisodiy munosabatlarni faollaştirib, eksport-import hajmi ösişiga mos ravişda çegara ötkaziş punktlari infratuzilmasi va quvvatini kengaytiriş zarurligi qayd etildi.

Mutasaddilar mahsulotlarimizning taşqi bozorlarda egallagan örni, talab yuqori bölgan tovar turlari, xorijiy şeriklar bilan amalga oşirilayotgan hamkorlik loyihalari hamda eksportni diversifikatsiya qiliş böyiça bajarilayotgan işlar yuzasidan axborot berdi. Mavjud salohiyatdan töliq foydalaniş, yangi bozorlarni oçiş va taşqi savdo mexanizmlarini soddalaştiriş topşirildi.

Bugungi kunda 81 ta davlat idorasi tomonidan tadbirkorlarga 739 turdagi xizmatlar körsatilmoqda.

Lekin 576 turdagi xizmatlar tarqoq holda körsatilgani uçun tadbirkorlar hujjat yiğib, idorama-idora sarson bölayotgani körsatib ötildi. Masalan, göşt mahsulotlarini işlab çiqariş uçun 17 ta bosqiçdan ötiş, 10 ta idoraga boriş kerak.

Şu bilan birga, buxgalteriya, soliq, eksport va sertifikatlaş böyiça konsalting xizmati körsatadigan yagona xususiy servis maydoni mavjud emas. Bunday xizmatlarni banklar, suğurta kompaniyalari, birja, brokerlar va logistika operatorlari, biznes taʼlimi va trening dasturlari bilan integratsiya qiliş mumkin.

Taqdimotda tadbirkorlar uçun barça davlat va xususiy xizmatlarni bir joyga jamlaydigan “Biznes hamroh” markazlarini oçiş taklif qilindi.

Rejaga köra, Savdo-sanoat palatasi huzurida taşkil etiladigan markazlarda barça davlat va xususiy xizmatlarni “yagona darça” tamoyili asosida bir joyda, yagona elektron platforma orqali körsatiş yölga qöyiladi. Tadbirkorlarning murojaatlariga tun-u kun javob beradigan “koll-markaz” ham taşkil etiladi.

Prezidentimiz taklifni maʼqullab, markaz tadbirkorlik subyektini taşkil etişdan tortib, faoliyatini yölga qöyiş, tayyor mahsulotlarni sotiş va eksport qilişgaça bölgan barça sohalarni qamrab olişi zarurligini taʼkidladi. Mutasaddilarga bu borada tegişli topşiriqlar berildi.

 

president.uz

Ulaşiş: