Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Barqaror energetika – Yangi Özbekistonning kelajak sari işonçli qadami” mavzusidagi anjumandagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Barqaror energetika – Yangi Özbekistonning kelajak sari işonçli qadami” mavzusidagi anjumandagi nutqi

05.12.2025 17:48194

Hurmatli döstlar!

Xonimlar va janoblar!

Bugun sizlar bilan yirik generatsiya quvvatlarini işga tuşiriş va yangilariga start beriş marosimida uçraşib turganimizdan behad mamnunman.

Işonamanki, “Barqaror energetika – Yangi Özbekistonning kelajak sari işonçli qadami” deb nomlangan anjumanimiz nafaqat energetika tarmoği rivoji, balki mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti yölidagi yana bir ulkan amaliy qadam böladi.

Bugun jadal surʼatlarda ösib borayotgan iqtisodiyotimiz va aholining talab hamda ehtiyojidan kelib çiqib, energetika tizimida katta islohotlarni amalga oşiryapmiz. Biz bu yönalişda ikkita muhim maqsadga erişişni asosiy vazifa qilib belgilaganmiz.

Birinçisi, barça tarmoq va hududlar uçun işonçli va uzluksiz energiya taʼminotini yölga qöyiş.

Ikkinçisi esa ana şu rejamizni zamonaviy, ekologik toza va qayta tiklanuvçi muqobil manbalar hisobidan amalga oşirişdir.

Taʼkidlaş örinliki, sönggi yillarda energetika tizimiga 35 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi va 9 ming megavatt yangi quvvatlar işga tuşirildi. Natijada elektr işlab çiqariş hajmi 2017-yildagi 60 milliard kilovatt-soatdan joriy yilda 85 milliard kilovatt-soatga yetdi. Eʼtiborli jihati, salkam 5 ming megavattli quyoş va şamol, 400 megavattli gidroelektr stansiyalari işga tuşirildi. Jami generatsiya quvvatlarida “yaşil” energiyaning uluşi bu yil 30 foizga yetkaziladi.

Bundan taşqari, xususiy sektor, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida 2 ming megavattli kiçik quyoş panellari örnatildi. Ularda şu yilning özida qöşimça ravişda 2 milliard kilovatt-soatga yaqin muqobil energiya işlab çiqarildi. Şuningdek, hududlarda 69 ming kilometr elektr tarmoqlari, 14 mingta transformator va yuqori kuçlanişli podstansiyalar yangilandi.

Sohadagi bunday özgarişlar mahalliy korxonalar rivojiga ham katta turtki bermoqda. Uşbu korxonalar tomonidan yangi qurilayotgan elektr stansiyalari va tarmoqlariga yil boşidan buyon 700 million dollarlik quriliş materiallari, metall konstruksiyalar, kabel ötkazgiçlar, elektr qurilmalari yetkazib berildi, loyihalaş-injiniring va quriliş xizmatlari körsatildi.

Birgina misol. Norin kaskad gidroelektr stansiyasining 38 megavattli ilk gidroelektr stansiyasi töliq mahalliy mahsulotlardan foydalangan holda işga tuşirildi.

Soha rivojiga xizmat qiladigan quriliş, elektrotexnika va servis korxonalarimiz kelgusida xalqaro standartlarga javob beradigan yirik milliy kompaniyalarga aylanişiga albatta işonaman.

Şu maʼnoda, bugun işga tuşirilayotgan va yiliga 15 mingta transformator işlab çiqaradigan “Angren energo” hamda 155 ta gidroagregat tayyorlab beradigan “Uzhydopower” korxonalari katta istiqbolga ega, desak, töğri böladi.

Qadrli mehmonlar!

Energetika sohasida erişayotgan ulkan yutuq va marralarimizda sizlar kabi salohiyatli investorlar va işonçli şeriklarimizning beqiyos hissasi bor.

Fursatdan foydalanib, yurtimizga katta sarmoya kiritayotgan va eng ilğor texnologiyalarni olib kelayotgan Birlaşgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilmalar vaziri Suhayl al-Mazruiy janoblariga, Turkiya Respublikasi energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayroqdor janoblariga, Ozarbayjon energetika vaziri Parviz Şahbozov janoblariga, Qirğiz Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibrayev janoblariga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Şuningdek, Saudiya Arabistonining “ACWA Power”, Turkiyaning “AKSA”, “Cengiz Enerji”, Birlaşgan Arab Amirliklarining “Masdar”, Xitoyning “China Energy”, “Datang”, “Sinoma”, “Poly”, “CNTIC”, “Eagle Ray”, Fransiyaning “EDF”, “Voltalia”, “Total Energies”, Germaniyaning “Siemens Energy” va Qatarning “Nebras” kompaniyalariga, bundan taşqari, Jahon banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Islom taraqqiyot banki va boşqa moliya institutlari vakillariga çuqur taşakkurimni izhor etaman.

Aziz döstlar!

Bugun sizlar bilan birga soha rivojiga juda katta hissa qöşadigan, qariyb 11 milliard dollarlik 42 ta yangi quvvat va infratuzilma obyektlarini işga tuşiramiz. Yana 21 ta yangi loyiha qurilişiga start beramiz. Xususan, hududlarimizda jami 3 ming 500 megavattli 16 ta quyoş, şamol, issiqlik va gidro stansiyalar foydalanişga topşiriladi.

Ular töliq quvvatda işlay boşlagaç, yiliga 15 milliard kilovatt-soat elektr generatsiya böladi. Natijada kelgusi yilda “yaşil” energiya işlab çiqariş hajmini 23 milliard kilovatt-soatga yetkazamiz. Eʼtibor bering, bu – Özbekiston aholisining yillik elektr energiya isteʼmoli töliq qoplanadi deganidir.

Eng muhimi, toza energiya hisobiga tabiiy gaz sarfi salkam 7 milliard kub metrga kamayadi. Atmosferaga 11 million tonna zararli moddalar çiqişining oldi olinadi.

Bugun 1 ming 245 megavattli 10 ta energiya saqlaş tizimini ham işga tuşiryapmiz. Bu energiya eng köp isteʼmol qilinadigan tiğiz vaqtlarda qöşimça 1,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini tarmoqqa uzatiş imkonini beradi.

Hozir foydalanişga topşirilayotgan 11 ta yirik podstansiya va 420 kilometr yuqori kuçlanişli tarmoqlar tizimning barqaror işlaşiga xizmat qiladi.

Hurmatli tadbir iştirokçilari!

Albatta, biz erişgan natijalarimiz bilan töxtab qolmaymiz. Kelgusi 5 yilda 150 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar hisobidan minglab sanoat va infratuzilma obyektlarini işga tuşirib, yuqori daromadli iş örinlarini yaratamiz.

Aholiga qulay şart-şaroit yaratiş uçun “Yangi Özbekiston” massivlari va boşqa hududlarda 800 mingdan ortiq xonadonli, energiya tejamkor köp qavatli uy-joylar barpo etiladi.

AT, sunʼiy intellekt va “buyumlar interneti” kabi yangi yönalişlardagi kompaniyalarga jozibador muhit yaratiş uçun zamonaviy super kompyuter klasteri va data-markazlar sonini köpaytiramiz.

Ayni paytda Saudiya Arabistonining “DataVolt” kompaniyasi 3 milliard dollarlik investitsiya hisobiga 500 megavattli data-markaz quriş böyiça işlarni boşlaganini aytib ötmoqçiman.

Bunday keng kölamli işlarimiz elektr energiyasiga bölgan talab va ehtiyojni kamida 1,5 barobarga oşiradi. Şu bois, yaqin kelajakdagi rejalarimizga qisqaça töxtalib ötaman.

Birinçidan, elektr energiyasiga oşib borayotgan ehtiyojni qoplaş uçun 2030-yilgaça qöşimça 17 ming megavattdan ortiq qayta tiklanuvçi energiya quvvatlari işga tuşiriladi.

Natijada “yaşil” energiyaning jami generatsiyadagi uluşini 54 foizga yetkazamiz. Bugun Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Qaşqadaryo, Toşkent viloyatlarida qiymati 3 milliard 300 million dollar bölgan 3,5 ming megavattli “yaşil” quvvatlarga start berilayotgani bu yöldagi katta qadam böladi.

Yangi quvvatlarni yagona energiya tizimiga boğlaş uçun yuqori kuçlanişli 6 ming kilometr tarmoqlar tortiladi. Xususan, kelgusi yilning özida 1 ming kilometr tarmoqlar ötkazilib, podstansiyalarda 6 ming megavatt qöşimça quvvatlar yaratiladi.

Ikkinçidan, biz elektr energiyasi generatsiyasi yönalişidagi islohotlarimiz natijasida sohaga xorijiy sarmoyalarni davlat-xususiy şeriklik asosida töğridan-töğri jalb etişda katta tajriba orttirdik.

Joriy yildan nafaqat elektr energiyasini işlab çiqariş, balki uni isteʼmolçilarga yetkazib berişda ham xususiy şeriklik tamoyillarini qöllaşni boşladik. Xususan, Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini xususiy boşqaruvga beriş böyiça Turkiyaning “Aksa Electric” kompaniyasi bilan kelişuvga erişdik. Uşbu kompaniya loyiha doirasida tarmoqni operatsion boşqaruvga olib, investitsiya kiritadi, tarmoqlarni modernizatsiya qiladi, yöqotişlarni bosqiçma-bosqiç 2 barobarga kamaytiradi. Natijada har yili örtaça 20 million dollar tejaladi.

Şunday tajriba asosida kelgusi yilda Jizzax va Sirdaryo, 2027-yilda Namangan va Toşkent viloyatlari elektr tarmoqlari boşqaruvini ham investorlarga taklif etamiz.

Uçinçidan, aholining muqobil energiya manbalaridan foydalanişini qöllab-quvvatlaş böyiça işlarimizni jadal davom ettiramiz.

Yangi yilda Xitoy tajribasi asosida 300 ta mahalla hududida aholi bilan kooperatsiya orqali 107 megavattli quyoş stansiyalari örnatiladi. Bu ijtimoiy loyiha keng joriy etilib, 30 mingta kambağal oilaga “yaşil” energiya kirib boradi. Ular öz ehtiyojidan ortiqça elektr energiyasini tarmoqqa uzatib, daromad topadi.

Tadbirkorlarimiz ham suv resurslaridan unumli foydalanib, bu yil 40 megavattli kiçik va mikro GESlar qurdilar. Natijada 120 million kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqarildi va ular qöşimça daromad manbaiga ega bölişdi.

Kelgusi yilda 65 megavattli kiçik va mikro GESlar barpo etiladi. Uşbu loyihalar hisobiga 80 mingta xonadonda elektr taʼminoti tubdan yaxşilanadi.

Törtinçidan, yaqinda Braziliyada ötgan COP-30 iqlim konferensiyasida biz öz taşabbusimiz bilan Parij bitimi doirasida muhim majburiyatni zimmamizga oldik. Yaʼni 2035-yilgaça zararli gazlar emissiyasini 50 foizga qisqartirişni oldimizga maqsad qilib qöydik.

Bu borada Jahon banki bilan dunyoda ilk innovatsion “ICRAFT” loyihasini boşladik. Uning doirasida Özbekiston tomonidan kamaytirilgan 23 million tonna issiqxona gazi hisobga olindi. Bunda karbon krediti tizimini yölga qöyib, xalqaro darajada uglerod birliklari savdosini amalga oşirişga kirişdik.

Taʼkidlaş örinliki, şu yilning özida 17 ta yirik sanoat korxonamiz “yaşil” energiya böyiça xalqaro sertifikatlar tizimiga ötdi. Ular işlab çiqarişning 30 foizini “toza” energiyaga ötkazgani hisobiga xalqaro bozorlarda mahsulotlarining jozibadorligi keskin oşmoqda. Kelgusi ikki yilda bunday korxonalarning sonini 100 taga yetkazamiz.

Beşinçidan, sönggi yillarda generatsiya quvvatlarini sezilarli ravişda köpaytirganimiz hisobiga qöşni davlatlar bilan yagona energetika bozorini yaratiş böyiça şeriklikni mustahkamladik.

Mintaqamizning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanib, birgalikda boşqariş maqsadida kelgusi yili Qirğiziston va Qozoğiston bilan “Qambar-ota GES-1” loyihasini moliyalaştirişga kirişamiz.

Şu örinda Yevropaga elektr energiyasini eksport qiliş böyiça “yaşil yölak” loyihasi doirasida yaqindan hamkorlik qilayotgan Ozarbayjon va Qozoğiston rahbariyatining qatʼiy saʼy-harakatlarini alohida eʼtirof etmoqçiman.

Qadrli tadbir iştirokçilari!

Biz bugun işga tuşirayotgan barça loyihalar iqtisodiy ösişni taʼminlab, kelajak avlodlarimiz uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi. Bunday jadal harakatlarimiz va taşabbuslarimiz bilan biz yangiça modeldagi zamonaviy energetika tizimini albatta töliq barpo etamiz.

Sözimning yakunida mazkur loyihalarda faol iştirok etayotgan energetika sohasi vakillariga, barça işçilar, muhandislar va xorijlik hamkorlarimizga yana bir bor samimiy minnatdorlik bildiraman.

Barçangizga sihat-salomatlik ulkan kuç-ğayrat va omadlar tilab qolaman.

 

president.uz

Ulaşiş: