Özbekiston Prezidenti Turkiya bilan özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş muhimligini qayd etdi

Özbekiston Prezidenti Turkiya bilan özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş muhimligini qayd etdi

05.12.2025 17:52165

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 5-dekabr kuni Turkiya Respublikasi energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayroqdor boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuvda Turkiyaning yetakçi “AKSA” kompaniyasi rahbari Jamil Kazançi va “Cengiz Energy” kompaniyasi rahbari Ahmet Çingiz ham iştirok etdi.

Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğanning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama hamkorlikda yuksak darajaga erişilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Özaro savdo va investitsiya körsatkiçlari, qöşma korxonalar soni, töğridan-töğri aviaqatnovlar köpaymoqda.

Turkiya kompaniyalarining mamlakatimizdagi samarali faoliyati, ular bilan birgalikda umumiy quvvati 1,8 gigavatt bölgan 1 milliard dollarlik zamonaviy elektr stansiyalarini quriş loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilgani alohida taʼkidlandi.

Energetika va geologiya sohalarida, şu jumladan, zamonaviy texnologiyalarni mahalliylaştiriş, energetika uskunalarini işlab çiqariş, taqsimlaş tarmoqlarini boşqarişni takomillaştiriş, istiqbolli konlarni birgalikda özlaştiriş va soha uçun kadrlar tayyorlaş böyiça yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surişga alohida eʼtibor qaratildi.

 

president.uz

Ulaşiş: