Özbekiston Prezidenti Qirğiziston bilan energetika sohasidagi loyihalarni ilgari suriş muhimligini qayd etdi

Özbekiston Prezidenti Qirğiziston bilan energetika sohasidagi loyihalarni ilgari suriş muhimligini qayd etdi

05.12.2025 17:56133

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiz Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibrayevni qabul qildi.

Uçraşuv avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomini yetkazdi.

Özbekiston bilan Qirğiziston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini, şu jumladan, energetika sohasida yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.

Ikki tomonlama munosabatlar yuqori surʼatda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boşidan tovar ayirboşlaş 17 foizga oşib, yuk taşiş hajmi ortib bormoqda. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.

Energetika sohasida özaro manfaatli hamkorlik yölga qöyilgan. Elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda va tranzit qilinmoqda, “yaşil” energetikada istiqbolli loyihalar işlab çiqilmoqda.

Özbekiston yetakçisi suv energetikasi sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş, mintaqaviy ahamiyatga molik qöşma loyihalarni, eng avvalo, “Qambar-ota GES-1”ni quriş loyihasini samarali ilgari suriş muhim ekanini taʼkidladi.

 

president.uz

Ulaşiş: