Özbekiston Prezidenti Xalqaro avtomobil federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantiriş rejalarini qöllab-quvvatladi

Özbekiston Prezidenti Xalqaro avtomobil federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantiriş rejalarini qöllab-quvvatladi

10.12.2025 17:23132

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9-dekabr kuni Xalqaro avtomobil federatsiyasining (FIA) Toşkent şahrida bölib ötadigan Boş assambleyasida iştirok etiş uçun mamlakatimizda bölib turgan uşbu nufuzli taşkilotning prezidenti Muhammad bin Sulaym boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuvda delegatsiya tarkibida FIA Senati prezidenti Karmelo Sans de Barros hamda mobillik va turizm böyiça vitse-prezidenti Tim Şirman ham iştirok etdilar.

Avtosportni tartibga soluvçi va yöl harakati xavfsizligini tarğib qiluvçi uşbu global taşkilot bilan özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muhammad bin Sulaym Özbekistonda amalga oşirilayotgan professional va ommaviy sportni rivojlantiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, aholi örtasida jismoniy faollikni oşiriş hamda barkamol avlodni tarbiyalaşga qaratilgan keng kölamli islohotlarni yuqori baholadi.

Mamlakatimizda avtomobil sportining kartingdan tortib, to “Formula” poygalarigaça bölgan barça yönalişlarini rivojlantirişda yaqindan hamkorlik qiliş muhimligi qayd etildi.

FIA universitetining imkoniyatlaridan foydalangan holda özbekistonlik poygaçilar, karting haydovçilari, muhandislar, konstruktor va mexaniklarni tayyorlaş, Özbekistonda zamonaviy avtosport infratuzilmasini yaratiş, piyoda va transport vositalari harakati xavfsizligini taʼminlaş dasturlarini amalga oşirişga kömaklaşiş hamda mazkur xalqaro taşkilot şafeligida xalqaro musobaqalar, avvalo, “Formula-1” bosqiçlarini ötkaziş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uçraşuv yakunida mamlakatimiz yetakçisi Xalqaro avtomobil federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, Özbekistonda avtosportni xalqaro standartlarga muvofiq ommalaştirişga qöşgan katta şaxsiy hissasi uçun FIA rahbariga davlatimizning yuksak mukofoti – “Döstlik” ordenini topşirdi.

Taʼkidlaş joiz, Özbekiston 2019-yildan buyon federatsiyaning faol aʼzosi hisoblanadi. Ötgan yili Samarqandda FIAning 120 yilligiga bağişlangan navbatdan taşqari Boş assambleyasi bölib ötgan edi. Bu yilgi tadbir doirasida 12-dekabr kuni “Humo Arena” majmuasida yuqori martabali xorijiy mehmonlar va çempion poygaçilar iştirokida eng namunali sportçilar va jamoalarni taqdirlaş marosimi ötkaziladi.

 

president.uz

Ulaşiş: