Özbekiston – Paragvay munosabatlari yangi taraqqiyot bosqiçiga kötarildi

Özbekiston – Paragvay munosabatlari yangi taraqqiyot bosqiçiga kötarildi

11.12.2025 18:00135

Köksaroy qarorgohida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya rasmiy delegatsiyalar iştirokida muzokara ötkazdilar.

Özbekiston bilan Paragvay örtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlaş istiqbollari muhokama qilindi.

Özbekiston yetakçisi Paragvay rahbarini samimiy qutlar ekan, Lotin Amerikasi davlati Prezidenti tomonidan Özbekistonga ilk bor amalga oşirilayotgan uşbu taşrif tarixiy ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Mazkur sammit ikki mamlakat örtasidagi döstona munosabatlarni rivojlantirişda yangi davrni boşlab berişi taʼkidlandi.

Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiyot, madaniy-gumanitar, taʼlim va boşqa sohalarda kengaytirişning ustuvor yönalişlari muhokama qilindi.

Özaro savdoni köpaytiriş, işbilarmonlik aloqalarini rivojlantiriş, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlaştiriş, turizm hamda sport sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.

Uçraşuv yakunida tomonlar siyosiy muloqotni yanada rivojlantiriş va özaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni çuqurlaştirişga tayyorligini tasdiqladilar.

 

president.uz

Ulaşiş: