Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Tinçlik va işonç xalqaro forumidagi nutqi
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Turkmaniston Prezidenti, hurmatli Serdar Gurbanguliyeviç Berdimuhamedovga va Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi, qadrli birodarim, hurmatli Gurbanguli Myalikguliyeviç Berdimuhamedovga samimiy qabul va bugungi forumni yuksak darajada taşkil etgani uçun çuqur minnatdorlik izhor etaman.
Turkmaniston rahbariyatini va butun qardoş turkman xalqini milliy bayram – Doimiy betaraflik eʼlon qilinganining 30 yilligi bilan tabriklayman.
Uşbu qutluğ sana Turkmanistonning dunyoning barça mamlakatlari bilan tinç, işonçli, döstona va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga doimo sodiq bölib kelayotganini özida mujassam etadi.
Biz mazkur forumni tinçliksevarlik va tinçlikparvarlik ğoyalarini ilgari suriş, davlatlar örtasida özaro işonç va hurmatni mustahkamlaş, şuningdek, dolzarb xalqaro masalalarni muloqot hamda muzokaralar vositasida hal qiliş yöllarini izlaş uçun muhim siyosiy platforma deb hisoblaymiz.
Hurmatli iştirokçilar!
Turkman xalqining zamonaviy öziga xosligining ajralmas qismiga aylangan Turkmanistonning betarafligi uning çuqur tarixiy anʼanalari, madaniy va maʼnaviy qadriyatlariga, olijanoblik, bağrikenglik va yaxşi qöşniçilik kabi ezgu fazilatlariga tayanadi.
Bu fenomen turkman xalqining bugungi bosqiçdagi ijobiy betaraflik falsafasining meʼmori – Gurbanguli Myalikguliyeviç Berdimuhamedovning hal qiluvçi roli tufayli butun dunyoda keng eʼtirofga sazovor böldi.
Tanlangan strategik yönaliş Turkmaniston Prezidenti, hurmatli Serdar Gurbanguliyeviç tomonidan yangiça jadallik bilan amalga oşirilmoqda.
Turkmanistonning doimiy betaraflik modeli suverenitetni hurmat qiliş va içki işlarga aralaşmaslik tamoyillari faol tinçlikparvarlik hamda diplomatik faoliyat bilan qanday uyğunlaşişi mumkin ekanini yorqin namoyiş etmoqda. Aşxobodda BMTning Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani buning yaqqol dalilidir.
Biz Özbekistonda turkmanistonlik qardoşlarimizning strategik qaraşlari va taşqi siyosiy yondaşuvlariga köp jihatdan qöşilamiz.
Şu bois, birodar Turkmanistonning Birlaşgan Millatlar Taşkiloti bilan hamkorlikda Tinçlik va betaraflik universitetini taşkil etiş böyiça taşabbusini qöllab-quvvatlaymiz.
Yangi Özbekiston uçun jahonga oçiqlik, özaro hurmat va muloqotga intiliş – fundamental qadriyatlardir. Aynan şu sababli biz umumiy xavfsizlik va farovonlik yölida birdamlik böyiça Samarqand taşabbusini ilgari surdik. Uşbu taşabbus insoniyat kelajagi uçun befarq bölmagan, tinçlik, totuvlik va barqaror taraqqiyot uçun intilayotgan barça tomonlarni muloqotga jalb etişga qaratilgan.
Işonçimiz komilki, faqat özaro hurmat va tuşunişga tayangan gumanistik hamda inklyuziv yondaşuvlargina zamonaviy xalqaro hamkorlik konstruksiyasini mustahkamlaşga qodir.
Şu munosabat bilan Özbekistonning Qöşilmaslik harakatidagi bölajak raisligi davrida biz tinçlik va zöravonlikdan xolilik madaniyatini qöllab-quvvatlaş böyiça global harakatni rağbatlantiriş, siyosiy muloqot asosida davlatlar örtasida işonçni mustahkamlaş, jahonda bağrikenglik, hamjihatlik va birdamlik muhitini qaror toptirişga kömaklaşişni boş ustuvor yönalişlar sifatida belgilaş niyatidamiz.
Biz raisligimiz davomida kelgusi avlodlar manfaatlari yölida mojarolarni hal qiliş borasidagi saʼy-harakatlarni qöllab-quvvatlaş uçun 2027-yilni Preventiv diplomatiya yili deb eʼlon qilişni rejalaştirmoqdamiz. Uning doirasida konferensiya va forumlar taşkil etiş, parlament, jamoat va yoşlar delegatsiyalarining özaro almaşuvlarini qamrab oladigan tadbirlar dasturini qabul qilamiz. Uning amalga oşirilişida BMTning ixtisoslaşgan institutlari, jumladan, Aşxoboddagi Preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markaz faol iştirok etişiga umid qilamiz.
Hurmatli döstlar!
Global miqyosda keskinlik saqlanib qolayotgan va davlatlar örtasida işonç zaiflaşayotgan hozirgi şaroitda tinçliksevarlik va vositaçilik tamoyillariga umumiy sodiqlik har qaçongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.
Aynan şu sababli ham Turkmanistonning 2025-yilni “Xalqaro tinçlik va işonç yili” deb eʼlon qiliş haqidagi taklifi jahon hamjamiyatining eng muhim talablariga javob beradi.
Özbekiston uşbu taşabbusni töliq qöllab-quvvatladi va BMT Boş Assambleyasining tegişli rezolyutsiyasining hammuallifi böldi.
Uşbu global ğoya qarama-qarşiliklarni rad etadigan, mojarolarni muzokaralar stoli atrofida hal qilişga sodiq va tinçlik örnatiş böyiça taʼsirçan çora-tadbirlar köriş tarafdori bölgan mamlakatlarning birlaşişiga xizmat qiladi deb hisoblaymiz.
Şuni taʼkidlaşni istardimki, özaro işonç, hurmat va jipslik tamoyillari bizning Markaziy Osiyoni tinçlik, hamkorlik va yaxşi qöşniçilik makoniga aylantiriş borasidagi siyosatimizning ham asosidir.
Ötgan oyda Toşkentda bölib ötgan mintaqa davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvi hamjihatlikni mustahkamlaş, mintaqada tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş böyiça birgalikdagi harakatlar, köpqirrali iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişga tayyor ekanimizni yana bir bor körsatdi.
Şuni alohida qayd etiş lozimki, Turkmanistonning konstruktiv hamda tinçliksevarlik siyosati Markaziy Osiyoda barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlaşning muhim omili hisoblanadi.
Rasmiy Aşxobod 2018-yilda – köp yillardan buyon birinçi marta Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga aʼzo davlatlar rahbarlarining birinçi sammitini taşkil etgan holda, Jamğarma doirasida oliy darajadagi muloqotlarni qayta tiklaşda katta rol öynadi.
Şu yilning avgust oyida Avazada BMTning dengizga çiqiş imkoniyati bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça uçinçi konferensiyasining ötkazilişi mintaqada yagona transport-logistika makonini şakllantirişga muhim hissa bölib qöşildi.
Afğonistonni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga jalb etiş va infratuzilmaviy boğliqlikni kuçaytiriş orqali tinç yöl bilan rivojlantirişga kömaklaşiş masalalari böyiça bizning va Turkmanistonning yondaşuvlari töliq mos keladi.
Aşxobodning energetika va suv xavfsizligi, barqaror transport boğliqligini taʼminlaş, şuningdek, mintaqada ekotizimni himoya qiliş böyiça taşabbuslari bizning Markaziy Osiyodagi saʼy-harakatlarimizni tabiiy ravişda töldirmoqda.
Turkmanistonning zamirida tinçlik va işonç kabi ezgu ğoyalar mujassam bölgan bu takliflari uning mintaqa davlatlari rahbarlari Maslahat uçraşuvlari formatida raisligi davomida kun tartibidan munosib örin egallaşiga aminman.
Hurmatli anjuman iştirokçilari!
Özaro hurmat, işonç va hamjihatlikka asoslangan hamkorlik eng uluğvor rejalarni hayotga tatbiq etiş imkonini beradi. Şuning uçun uşbu rejalarni gumanitar hamkorlik orqali ilgari suriş muhim.
Şu munosabat bilan kelgusi yili Toşkentda ijodiy jamoalar, olimlar va adiblar iştirokida “Madaniyatlar muloqoti” deb nomlangan qöşma xalqaro gumanitar forumni taşkil etiş, şuningdek, taʼlim, madaniyat va volontyorlik harakati sohalaridagi taşabbuslarni birgalikda amalga oşiriş orqali yoşlarni tinçlik va işonç jarayonini mustahkamlaşga jalb etişga yönaltirilgan “Yoşlar tinçlik va işonç yölida” mintaqaviy dasturini joriy etişni taklif qilamiz.
Qadrli döstlar!
Tinçlik va işonç – umumiy farovonlik asosidir. Bu qadriyatlarni mustahkamlaş butun xalqaro hamjamiyat uçun hal qiluvçi ustuvor yönaliş bölib qolişi zarur.
Özbekiston dunyoda adolatli va barqaror tartibotni barpo etişga bundan buyon ham amaliy hissa qöşişga tayyor.
Forum iştirokçilariga sermahsul faoliyat, qardoş Turkmaniston xalqiga esa tinçlik, farovonlik va yanada ravnaq topişni tilayman.

