Özbekiston Prezidenti barqaror rivojlanişni taʼminlaş uçun tinçlik va işonçni mustahkamlaş muhimligini taʼkidladi

Özbekiston Prezidenti barqaror rivojlanişni taʼminlaş uçun tinçlik va işonçni mustahkamlaş muhimligini taʼkidladi

15.12.2025 16:43141

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni Aşxobod şahrida Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil “Xalqaro tinçlik va işonç yili” deb eʼlon qilinganiga bağişlangan xalqaro forumda iştirok etdi.

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida ötgan tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeşkiyon, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon hamda boşqa davlatlar yetakçilari, hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar rahbarlari ham qatnaşdi.

Özbekiston Prezidenti öz nutqida Turkmanistonni doimiy betaraflikning 30 yilligi bilan samimiy tabriklab, uşbu qutluğ sana Turkmanistonning dunyoning barça mamlakatlari bilan tinç, işonçli, döstona va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga doimo sodiq bölib kelayotganini özida mujassam etişini qayd etdi.

– Turkman xalqining zamonaviy öziga xosligining ajralmas qismiga aylangan Turkmanistonning betarafligi uning çuqur tarixiy anʼanalari, madaniy va maʼnaviy qadriyatlariga, olijanoblik, bağrikenglik va yaxşi qöşniçilik kabi ezgu fazilatlariga tayanadi, – dedi Prezidentimiz.

Şu bois, Turkmanistonning Birlaşgan Millatlar Taşkiloti bilan hamkorlikda Tinçlik va betaraflik universitetini taşkil etiş böyiça taşabbusi qöllab-quvvatlandi.

Davlatimiz rahbari Yangi Özbekiston uçun jahonga oçiqlik, özaro hurmat va muloqotga intiliş fundamental qadriyatlar ekanligini taʼkidladi. Buning tasdiği sifatida umumiy xavfsizlik va farovonlik yölida birdamlik böyiça Samarqand taşabbusi ilgari surilganini keltiriş mumkin. Uşbu taşabbus insoniyat kelajagi uçun befarq bölmagan, tinçlik, totuvlik va barqaror taraqqiyot uçun intilayotgan barça tomonlarni muloqotga jalb etişga qaratilgan.

Bundan taşqari, mamlakatimizning Qöşilmaslik harakatidagi bölajak raisligi davrida Özbekiston tinçlik va zöravonlikdan xolilik madaniyatini qöllab-quvvatlaş böyiça global harakatni rağbatlantiriş, siyosiy muloqot asosida davlatlar örtasida işonçni mustahkamlaş, jahonda bağrikenglik, hamjihatlik va birdamlik muhitini qaror toptirişga kömaklaşişni boş ustuvor yönalişlar sifatida belgilaşni maqsad qilgan.

Raislik davomida, şuningdek, kelgusi avlodlar manfaatlari yölida mojarolarni hal qiliş borasidagi saʼy-harakatlarni qöllab-quvvatlaş uçun 2027-yilni Preventiv diplomatiya yili deb eʼlon qiliş rejalaştirilgan. Uning doirasida konferensiya va forumlar taşkil etiş, parlament, jamoat va yoşlar delegatsiyalarining özaro almaşuvlarini qamrab oladigan tadbirlar dasturi qabul qilinadi.

Prezidentimiz global miqyosda keskinlik saqlanib qolayotgan va davlatlar örtasida işonç zaiflaşayotgan hozirgi şaroitda tinçliksevarlik va vositaçilik tamoyillariga umumiy sodiqlik har qaçongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganini taʼkidladi. Aynan şu sababli ham Özbekiston Turkmanistonning 2025-yilni “Xalqaro tinçlik va işonç yili” deb eʼlon qiliş haqidagi taklifini qöllab-quvvatlab, BMT Boş Assambleyasining tegişli rezolyutsiyasining hammuallifi böldi.

Özaro işonç, hurmat va jipslik tamoyillari Markaziy Osiyoni tinçlik, hamkorlik va yaxşi qöşniçilik makoniga aylantiriş borasidagi siyosatning ham asosi ekanligi qayd etildi.

– Ötgan oyda Toşkentda bölib ötgan mintaqa davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvi hamjihatlikni mustahkamlaş, mintaqada tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş böyiça birgalikdagi harakatlar, köpqirrali iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişga tayyor ekanimizni yana bir bor körsatdi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu nuqtayi nazardan, Turkmanistonning konstruktiv va tinçliksevarlik siyosati Markaziy Osiyoda barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlaşning muhim omili hisoblanişiga alohida urğu berildi.

Davlatimiz rahbari Turkmanistonning zamirida tinçlik va işonç kabi ezgu ğoyalar mujassam bölgan bu takliflari Aşxobodning mintaqa davlatlari rahbarlari Maslahat uçraşuvlari formatida raisligi davomida kun tartibidan munosib örin egallaşiga işonç bildirdi.

Mamlakatimiz yetakçisi özaro hurmat, işonç va hamjihatlikka asoslangan gumanitar hamkorlikni ilgari suriş muhimligini taʼkidlab, kelgusi yili Toşkentda “Madaniyatlar muloqoti” qöşma xalqaro gumanitar forumini taşkil etiş va “Yoşlar tinçlik va işonç yölida” mintaqaviy dasturini joriy etişni taklif qildi.

Davlatimiz rahbari sözining yakunida Özbekiston dunyoda adolatli va barqaror tartibotni barpo etişga bundan buyon ham amaliy hissa qöşişga tayyorligini taʼkidladi.

 

president.uz

Ulaşiş: