Kapital bozorini yanada rivojlantiriş hamda bank sektoriga xalqaro standartlarni joriy etiş masalalari körib çiqildi

Kapital bozorini yanada rivojlantiriş hamda bank sektoriga xalqaro standartlarni joriy etiş masalalari körib çiqildi

16.12.2025 17:48187

Prezident Şavkat Mirziyoyev 15-dekabr kuni kapital bozorini yanada rivojlantiriş hamda bank sohasida xalqaro standartlarni joriy etişni jadallaştiriş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Bugungi kunda muomaladagi qimmatli qoğozlarning bozor qiymati 275 trillion sömni taşkil etib, birjada erkin muomaladagi qimmatli qoğozlar hajmi 4 trillion sömga yetdi, bozorda 717 ta emitent va 77 ta professional iştirokçi faoliyat yuritmoqda.

Şu bilan birga, kapital bozorining kapitallaşuv hajmi yalpi içki mahsulotga nisbatan 20 foizni taşkil etib, jahon körsatkiçlaridan ança past ekani, mazkur sohada hali katta salohiyat mavjudligi körsatib ötildi.

Şu munosabat bilan mahalliy kapital bozoriga kamida 1 milliard dollar investitsiya jalb qilişga qaratilgan çora-tadbirlar muhokama qilindi.

Jumladan, mahalliy va xorijiy fond birjalarida xalqaro standartlar asosida qimmatli qoğozlarni joylaştiriş – “dual listing” amaliyotiga ruxsat beriş, şuningdek, valyuta obligatsiyalari, global depozitar tilxatlar, xorijiy qimmatli qoğozlar hamda birja investitsiya fondlari kabi yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etiş rejalaştirilgan.

Taqdimotda “tartibga soliş qumdoni” huquqiy rejimini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratildi.

Uşbu mexanizm doirasida qumdon şartlarini nafaqat norezidentlar, balki rezidentlar uçun ham tatbiq etiş, xorijiy investorlar uçun muddatsiz amal qilişini belgilaş, şuningdek, çet el kompaniyalarining aksiyalari, obligatsiyalari va boşqa qimmatli qoğozlar bilan savdo qilişga ruxsat beriş taklif qilindi. Bu xorijiy qimmatli qoğozlarning norasmiy savdosini qisqartirişga xizmat qilişi taʼkidlandi.

Mahalliy investorlarni kapital bozoriga faol jalb etiş böyiça takliflar körib çiqildi.

Bunda mahalliy kompaniya va banklarga Toşkent fond birjasida xorijiy valyutada obligatsiyalar çiqarişga ruxsat beriş orqali taşqi bozorga çiqmasdan turib valyuta mablağlarini jalb qiliş imkoniyatlari yaratilişi qayd etildi.

Şuningdek, emitentlarga öz kapitali hajmidan ortiq, taʼminotsiz obligatsiyalar çiqariş imkoniyatini yaratiş orqali obligatsiyalar bozorini kengaytiriş mumkinligi taʼkidlandi.

Kapital bozorida nazorat va tartibga soliş tizimini takomillaştiriş masalalari ham körib çiqildi.

Milliy qonunçilikni Qimmatli qoğozlar komissiyalari xalqaro taşkiloti talablariga moslaştiriş, regulyator vakolatlarini kuçaytiriş, şuningdek, professional iştirokçilarning ustav kapitaliga qöyiladigan talablarni bosqiçma-bosqiç oşiriş rejalari taqdimot qilindi.

Bank sohasidagi islohotlar doirasida sönggi yetti yilda tijorat banklarining aktivlari 5,3 barobar ösib, 877 trillion sömdan oşgani, banklarning soni 35 taga yetib, 2017-yildan beri 3 ta xorijiy bank Özbekistonda faoliyatini yölga qöygani taʼkidlandi.

Mamlakatimiz ilk bor Xalqaro valyuta jamğarmasi va Jahon bankining Moliyaviy sektorni baholaş dasturida iştirok etdi, unda bank nazorati, risklarni boşqariş, tölov tizimlari, makroprudensial siyosat va inqirozlarni boşqariş kabi yönalişlar baholandi.

Baholaş natijalaridan kelib çiqib, kelgusi yilda Özbekiston moliya sektorini Bazel qömitasining Samarali bank nazorati böyiça 29 ta asosiy tamoyiliga töliq moslaştiriş belgilangan. Bu maqsadda barça tijorat banklarida moliyaviy hisobotlarni töliq xalqaro standartlar asosida yuritiş, Bazel III standartlarini joriy qiliş, Hukumat va Markaziy bank iştirokida Moliyaviy barqarorlik kengaşini taşkil etiş vazifalari belgilandi.

Davlatimiz rahbari kapital bozori hamda bank sohasidagi islohotlar iqtisodiyotni barqaror moliyalaştiriş, xususiy sektor uluşini oşiriş va xalqaro investitsiyalarni faol jalb etişda hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini taʼkidlab, belgilangan vazifalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topşiriqlar berdi.

 

president.uz

Ulaşiş: