Hududlarda ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytiriş va bolalarni himoya qiliş masalalari körib çiqildi

Hududlarda ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytiriş va bolalarni himoya qiliş masalalari körib çiqildi

18.12.2025 17:37149

Prezident Şavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş, hududlarda kompleks ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini kengaytiriş hamda bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qilişga qaratilgan takliflar bilan tanişdi.

Kambağal hamda kambağallikka tuşiş xavfi bölgan oilalarni aniqlaş, ularga körsatiladigan ijtimoiy yordam va xizmatlarni yagona tizim asosida, aholining real ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda taşkil etiş yönalişidagi işlar körib çiqildi.

Ötgan davrda Ijtimoiy himoya yagona reyestri doirasida 1,8 million oilaning ijtimoiy holati baholanib, 739 ming oila, şu jumladan kambağal hamda kambağallik çegarasidagi oilalar reyestrga kiritildi. Ularga nafaqa va moddiy yordamlar tayinlandi.

Endilikda bu boradagi işlarni yanada takomillaştiriş maqsadida Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambağal oilalar reyestri negizida Ijtimoiy reyestr yuritiladi va unda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan kelib çiqib alohida toifalarga – davlat ta’minotidagi oilalar, kambağal oilalar hamda kambağallik çegarasidagi oilalarga ajratiladi, har bir toifaga mos yordam va xizmatlar körsatiladi.

Ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari aholining daromad darajasi va bandlik imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda differensial yondaşuv asosida amalga oşiriladi. 

Xususan, ayrim toifadagi imkoniyati çeklangan oilalar uçun bandlik talab etmagan holda ijtimoiy yordamlar beriş tizimi yölga qöyiladi, “mahalla yettiligi”ga mehnat qiliş imkoniyati çeklangan va oğir hayotiy vaziyatdagi oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritiş huquqi beriladi.

Şuningdek, reyestrga kiritilgan oilalarning daromadini oşiriş, soğliqni saqlaş, bandlik, uy-joy va boşqa yönalişlarda ijtimoiy xizmatlar körsatiş, mehnatga layoqatli a’zolarni bandlikka jalb qiliş hamda tadbirkorlikka yönaltiriş çoralari köriladi.

Hududlarda ehtiyojmand aholiga kompleks ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini körsatişni kengaytiriş maqsadida hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini yölga qöyiş taklif etildi. 2026-2027-yillarda 20 ta şunday markazlarini taşkil etiş rejalaştirilgan. Markazlarda qarab turiş, parvarişlaş, abilitatsiya, reabilitatsiya va ta’lim bilan boğliq kompleks xizmatlar körsatiladi.

Markazlar orqali nogironligi bölgan şaxslar, özgalar parvarişiga muhtoj fuqarolar, hamda yolğiz şaxslarni qamrab oliş, kunduzgi xizmatlar hisobiga ularning ijtimoiy muassasalarga doimiy joylaştirilişini qisqartiriş közda tutilgan.

Şuningdek, xizmatlardan foydalaniş jarayonlarini raqamlaştiriş, elektron yöllanmalarni joriy etiş hamda körsatilayotgan xizmatlar monitoringini ta’minlaş belgilangan.

Prezidentimizga 2026–2030-yillarda bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş böyiça işlab çiqilgan strategiya töğrisida axborot berildi.

Strategiya bolalar uçun zöravonlikdan holi muhit yaratiş, zöravonlik xavfi ostidagi bolalarni barvaqt aniqlaş hamda jabrlanuvçi yoki guvoh bölgan bolalarga kompleks xizmatlar körsatişni asosiy maqsad qilib olgan.

Mazkur hujjat doirasida bolalarga nisbatan zöravonlik holatlarining oldini oliş, xavf ostidagi bolalar bilan erta bosqiçda işlaş, bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy, psixologik, ta’lim va huquqiy xizmatlarni taqdim etiş böyiça ustuvor yönalişlar belgilangan.

Strategiyada bolalar bilan işlaşda ijtimoiy yondaşuvga asoslangan kiçik hajmli, oçiq formatdagi markazlar faoliyatini yölga qöyiş, har bir bola böyiça individual iş rejalarini şakllantiriş hamda bolaning ta’lim olişi va jamiyatga integratsiya qilinişiga qaratilgan çoralar nazarda tutilgan.

Şuningdek, bolalarning huquqiy himoyasini ta’minlaş maqsadida protsessual harakatlarda bolalar manfaatlarini kafolatlaş, bolalar bilan işlaydigan mutaxassislarni maxsus tayyorgarlikdan ötkaziş hamda bolalarga oid işlarda idoralararo hamkorlikni kuçaytiriş vazifalari belgilangan.

Strategiya doirasida ijtimoiy xavfli bolalarni ta’lim bilan qamrab oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, muqobil joylaştiriş mexanizmlarini rivojlantiriş, kasbga yönaltiriş hamda bolalarni jamiyatga moslaştirişga qaratilgan çoralar közda tutilgan.

Oilalar bilan işlaş yönalişida esa bolaga nisbatan zöravonlik xavfini kamaytiriş, ota-onalarni qöllab-quvvatlaş, psixologik va ijtimoiy xizmatlarni taşkil etiş böyiça alohida vazifalar belgilangan.

Şu bilan birga, bolalarni ijtimoiy himoya qiliş sohasidagi ma’lumotlarni yagona elektron platforma asosida yuritiş, bolalarga nisbatan zöravonlik holatlari böyiça yagona hisob va monitoring tizimini joriy etiş strategiyaning muhim yönalişlaridan biri etib belgilangan.

Prezidentimiz belgilangan vazifalarni amalga oşirişda ijtimoiy himoya va bolalarni himoya qiliş sohalarida tizimli yondaşuvni ta’minlaş, közda tutilgan çora-tadbirlar ijrosini doimiy nazoratda uşlaş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.

 

president.uz

Ulaşiş: