Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston Prezidentlariga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinçlik mukofoti topşirildi

Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston Prezidentlariga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinçlik mukofoti topşirildi

22.12.2025 10:26136

Rossiya Federatsiyasiga amaliy taşrif doirasida N.A.Rimskiy-Korsakov nomidagi Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinçlik mukofotini topşiriş marosimi bölib ötdi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin huzurida xalqaro mukofotni uning hay’ati raisi, Mariinskiy teatri badiiy rahbari va boş direktori, Rossiya Katta teatri boş direktori, dirijyor Valeriy Gergiyev topşirdi.

Uç mamlakat yetakçilari uşbu nufuzli mukofotga Markaziy Osiyo mintaqasida tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaşga qöşgan ulkan şaxsiy hissasi uçun sazovor böldilar.

Hakamlar hay’atining qarorida ta’kidlanganidek, 2025-yil 31-mart kuni Xöjand şahrida uçta davlat rahbarlari Davlat çegaralarining tutaşgan nuqtasi töğrisidagi şartnoma va Abadiy döstlik töğrisidagi Xöjand deklaratsiyasini imzoladilar va şu bilan xalqaro huquq ustuvorligiga asoslangan umumiy va barobar xavfsizlikni ta’minlaş, xalqlar örtasida özaro anglaşuv hamda hamkorlikni mustahkamlaşga katta hissa qöşdilar.

Uşbu mukofot insonparvarlik ğoyalariga sadoqatni ifodalaşi va Markaziy Osiyoni tinçlik, farovonlik hamda bunyodkorlik makoniga aylantiriş yölidagi umumiy hissaning e’tirofi ekani ta’kidlandi. Birodar Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston örtasidagi munosabatlarda yangi sahifa oçilişi uç mamlakat xalqlarining siyosiy irodasi, özaro işonç va yaxşi qöşniçilikka intilişi tufayli bölgani qayd etildi.

 

president.uz

Ulaşiş: