Özbekiston va AQŞ yetakçilari telefon orqali muloqot qildilar

Özbekiston va AQŞ yetakçilari telefon orqali muloqot qildilar

24.12.2025 16:15173

23-dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Trampning telefon orqali muloqoti bölib ötdi.

Davlatimiz rahbari suhbat avvalida AQŞ Prezidentini yaqinlaşib kelayotgan yangi yil bayramlari bilan tabriklab, döst Amerika xalqiga tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Donald Tramp, öz navbatida, Özbekiston yetakçisi va xalqiga özining hamda AQŞ xalqining samimiy salomi hamda tabriklarini yöllab, yangi yilda baxt-saodat, muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tiladi.

Prezidentlar oliy darajada erişilgan kelişuvlar ijrosining borişini, şuningdek, Özbekiston – AQŞ strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş istiqbollarini batafsil körib çiqdilar.

Davlatimiz rahbari Prezident Donald Trampning joriy yilda içki va taşqi siyosatda erişgan muvaffaqiyatlariga yuksak baho berib, uning ötkir xalqaro inqirozlar va mojarolarni hal etiş borasidagi samarali saʼy-harakatlarini alohida taʼkidladi.

Ikki tomonlama siyosiy muloqot va almaşinuvlar, ayniqsa, yetakçilar darajasida faollaşib, mamlakatlarimiz örtasidagi strategik şeriklikni rivojlantirişda yangi bosqiçni boşlab bergani va uni aniq mazmun bilan boyitgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Fuqaro aviatsiyasi, avtosanoat, toğ-kon sanoati, qişloq xöjaligi, infratuzilma, energetika va kimyo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boşqa sohalarda önlab milliard dollarlik qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda.

Amaldagi loyiha va dasturlarni samarali ilgari suriş hamda yangilarini işlab çiqiş maqsadida Amerika – Özbekiston işbilarmonlar va investitsiyalar kengaşi taşkil etildi. Qöşma Investitsiya fondini taʼsis etiş böyiça faol iş olib borilmoqda.

Hududlar örtasidagi hamkorlikning yangi mexanizmi işga tuşirildi. Özbekistonning uçta viloyati delegatsiyalari Amerika ştatlari bilan hamkorlikni yölga qöyiş uçun uşbu mamlakatda böldi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Şu maʼnoda, köp tomonlama hamkorlik, jumladan, “С5+1” formatining ahamiyati taʼkidlandi.

Suhbat yakunida tomonlar oliy darajadagi faol muloqotlarni davom ettiriş niyatini tasdiqladilar hamda amaliy hamkorlik böyiça qöşma taşabbus va dasturlarni ilgari surişga kelişib oldilar.

Özbekiston Prezidenti Amerika yetakçisini özi uçun qulay muddatda mamlakatimizga taşrif bilan kelişga taklif etdi.

 

president.uz

Ulaşiş: