Surxondaryoning salohiyatini yanada töliq işga soliş böyiça vazifalar belgilab berildi

Surxondaryoning salohiyatini yanada töliq işga soliş böyiça vazifalar belgilab berildi

25.12.2025 11:27162

Prezident Şavkat Mirziyoyev 24-dekabr kuni Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, iş örinlarini yaratiş va kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Yaratilgan şart-şaroitlar va berilgan imtiyozlar hisobiga sönggi sakkiz yilda viloyatga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan, 4 mingta sanoat korxonasi işga tuşirilgan. Sanoat hajmi ikki barobarga oşib, joriy yilda 17,2 trillion sömga yetişi kutilmoqda. Çarm-poyabzal, zargarlik, quriliş materiallari va farmatsevtika kabi yangi tarmoqlar şakllangan.

Kambağallikni qisqartiriş böyiça ham yaxşi natijalarga erişildi. Joriy yilda 126 ming oila kambağallikdan çiqarilib, kambağallik darajasi 9,3 foizdan 5,6 foizgaça pasayişi kutilmoqda. “Töpalang” suv omboridan quvur tortiş orqali Şerobod, Boysun, Bandixon, Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Jarqörğon va Denov tumanlarida yaşovçi 2 million aholining içimlik suv muammosi töliq hal etilgan.

Şunga qaramay, boy tabiiy resurslari va yetarli infratuzilmasi böla turib, Surxondaryo viloyati sanoat, qişloq xöjaligi, xizmatlar va turizm sohalarida qator hududlardan ortda qolayotgani qayd etildi. Xususan, viloyatda sanoat işlab çiqariş hajmi Sirdaryo viloyatiga nisbatan 1,5 karra, Jizzax viloyatidan 1,8 barobar va Xorazm viloyatidan 2 barobar kam.

Meva-sabzavot eksporti ham Samarqand, Toşkent viloyati, Farğona va Xorazm körsatkiçlaridan past. Viloyatdagi qazilma boyliklar 600 milliard dollarga baholangani, biroq bu salohiyatning hatto 10 foizi ham işga solinmagani qayd etildi.

Şu munosabat bilan viloyatni investitsiya, iş örni, aholi daromadi va eksport surʼatlari eng tez ösadigan hududga aylantiriş vazifasi qöyildi.

Yiğilişda kelgusi yilda viloyatda aniqlangan 114 ta qazilma konlari zaxirasi asosida yangi loyihalarni amalga oşiriş zarurligi taʼkidlandi. Kelgusi yilda uşbu konlarda 3,2 milliard dollarlik 91 ta loyihani boşlaş, şundan 2 milliard dollarlik qismini işga tuşiriş rejalari belgilandi.

Şuningdek, drayver loyihalar infratuzilmasiga 175 milliard söm ajratiladi, buning hisobiga 1 trillion 200 milliard sömlik 36 ta loyiha amalga oşirilib, 9 mingta iş örni yaratiladi.

Turizm sohasi muhokama qilinar ekan, viloyatda atigi 47 ta mehmonxona faoliyat yuritayotgani, 4 va 5 yulduzli yoki brend mehmonxonalar mavjud emasligi qayd etildi. Boysun, Sangardak va Omonxona kabi yuqori turistik salohiyatga ega hududlar imkoniyatlarini töliq işga solib, mehmonxonalarning sonini köpaytiriş, yangi turizm yönalişlari va obyektlarini taşkil etiş zarurligi qayd etildi.

Qişloq xöjaligida meva-sabzavot işlab çiqarişning 60 foizi Denov, Şerobod, Qumqörğon, Jarqörğon, Muzrabot va Sariosiyo tumanlari hissasiga töğri kelayotgani qayd etildi. Kelgusi yilda Angor, Qiziriq, Termiz, Uzun hamda ixtisoslaşgan boşqa tumanlarda ham eksportni köpaytiriş böyiça aniq loyihalar işlab çiqiş vazifasi qöyildi.

Yiğilişda Surxondaryo viloyati hokimi şu kabi imkoniyatlarni işga soliş böyiça rejalarini taqdimot qildi.

Davlatimiz rahbari hududda yöllarni taʼmirlaş, uy-joy quriş va ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaş böyiça ham körsatmalar berdi.

 

president.uz

Ulaşiş: