Prezident Şavkat Mirziyoyev: “2026-yil barça sohalarni rivojlantirişda tub buriliş yili böladi”

Prezident Şavkat Mirziyoyev: “2026-yil barça sohalarni rivojlantirişda tub buriliş yili böladi”

26.12.2025 17:51224

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etdi.

– Sönggi töqqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yölini bosib ötdik. Iqtisodiyotimiz yangidan şakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda, – dedi davlatimiz rahbari sözining avvalida.

Qançalik oğir bölmasin, boşlangan demokratik islohotlar qat’iy davom ettirilgani, xalqimizning qöllab-quvvatlaşi va yoşlarimizning ğayrat-şijoati, hamjihatlik asosi bölgan mahallaning hayotimizdagi örni va ta’siri kuçaytirilgani, odamlarning ongi va dunyoqaraşi özgarib, el-yurtimiz yanada jipslaşgani, tadbirkor, dehqon va fermerlarning taşabbuskorligi va mardona mehnati, özaro manfaatli hamkorlikka asoslangan döstona taşqi siyosat hisobiga 2025-yilda barça sohalarda ulkan yutuqlarga erişildi.

Bu yil tariximizda birinçi marta yalpi içki mahsulotimiz 145 milliard dollardan oşdi. Joriy yil eksportimiz 23 foizga oşib, 33,4 milliard dollarga yetkazilişi ta’kidlandi. Eng muhimi, oltin-valyuta zaxiralarimiz ilk bor 60 milliard dollardan oşdi.

Iqtisodiyotimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarga yetdi. Jami investitsiyalarning yalpi içki mahsulotdagi uluşi 31,9 foizni taşkil etmoqda. Yetakçi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” poğonasiga kötardi.

Energetika sohasida tub buriliş yasalgani hisobiga elektr işlab çiqariş hajmi 85 milliard kilovatt-soatga yetkazildi.

Bu yil 188 ta mahalladagi 715 ming aholi yaşaydigan xonadonlarga birinçi marta toza içimlik suvi kirib bordi, yana 2 million 300 mingga yaqin aholining suv ta’minoti yaxşilandi.

Joriy yilda 5 million aholi daromadli bölib, işsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tuşdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambağallikdan çiqdi, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambağallikdan xoli” hududga aylandi.

Kambağal oilalarga mansub 168 ming nafar bola davlat boğçalariga imtiyozli asosda qabul qilindi. Bu yildan boşlab 208 ta boğçada birinçi marta inklyuziv ta’lim tizimi joriy etildi.

Yurtimizda kambağallik darajasi yil boşidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tuşdi.

– Bu işlarni boşlaganimizda aholining uçdan bir qismi kambağallik çegarasida yaşardi.  Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yölga qöyganimiz va bularni mahalladagi “yettilik”ning öziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambağallikdan çiqdi, işsizlik 2 karra qisqardi.

Natijada uç yil oldin kambağallikni 2026-yil yakuni bilan 2 karra qisqartiriş böyiça olgan marramizni şu yilning özida uddaladik, – dedi Prezidentimiz.

Iste’dodli öğil-qizlarimiz ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boşqa sohalarda erişayotgan katta yutuqlari bilan ham Yangi Özbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qöşayotgani ta’kidlandi.

Keyingi paytda yurtimiz global masalalar muhokama qilinadigan xalqaro muloqot maydoniga aylanib bormoqda.

Xususan, bu yil Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi, UNESCO Boş konferensiyasining sessiyasi, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti va xalqaro Iqlim forumiga mezbonlik qilindi.

Şuningdek, Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston yetakçilarining mart oyida Xöjandda bölib ötgan uçraşuvida birinçi marta uç mamlakat davlat çegaralarining tutaş nuqtasi töğrisida tarixiy şartnoma imzolandi hamda “Abadiy döstlik töğrisidagi deklaratsiya” qabul qilindi.

Mintaqamiz davlat rahbarlarining yaqinda Toşkentdagi Maslahat uçraşuvi çoğida integratsiya jarayonlarini yangi sifat bosqiçiga kötariş uçun Markaziy Osiyo hamjamiyati strategik formatini taşkil qiliş ğoyasi ilgari surildi. Ozarbayjonni Markaziy Osiyo formatiga töla huquqli a’zo sifatida qabul qiliş töğrisidagi qaror tarixiy ahamiyatga ega böldi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, uşbu qadam Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz örtasida strategik boğliqlik hamda barqarorlikni kuçaytirişi şubhasiz.

Oktabr oyida Bryusselda Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim imzolandi. Noyabr oyida bölib ötgan Markaziy Osiyo va AQŞ sammiti köp tomonlama va uzoq muddatli şeriklikni sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qildi. Ötgan haftada Tokioda Markaziy Osiyo va Yaponiya yetakçilarining uçraşuvida ta’lim, tibbiyot, raqamli texnologiyalar, infratuzilma va sanoat sohalari böyiça muhim kelişuvlarga erişildi.

Şu haftaning boşida esa Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi rahbarlari bilan bölib ötgan uçraşuv ham hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilab berdi.

– Bularning barçasi xalqaro aloqalarimizni mazmun jihatidan yangi bosqiçga olib çiqmoqda. Biz dunyodagi uzoq-yaqin mamlakatlar bilan Şarq va Ğarb, Şimol va Janub bilan hamkorlik köpriklarini qurişda davom etamiz, – dedi Prezidentimiz.

Mahalla va yaxşi qöşniçilik özaro uyğun qadriyatlardir. Ular jamiyatda ijtimoiy kapitalni yanada boyitişga beqiyos hissa qöşadi.

Mamlakatimizda ötkazilgan ijtimoiy sörovlarda iştirok etganlarning 90 foizi özini mahalla jamoasining bir qismi deb hisoblaşi ham şundan dalolat beradi. Mahallaga şu asosda Vatan taqdiriga daxldorlik tuyğusining yuqoriligi uşbu institut, avvalo, ijtimoiy birdamlik manbai ekanini körsatadi.

– Tarix davomida qanday oğir sinovlarga duç kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuç oldik. Maşaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadoş bölib qiyinçiliklarni yenggan. Oila – oilaga, qöşni – qöşniga kömak berib yaşagan. Biz mana şunday öta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolişimiz, yoş avlodimizni ayni şu ruhda tarbiyalaşimiz kerak.

Bugungi kunda jamiyatimizda turli xil fikr va qaraşlar bölişi tabiiy. Bu – demokratiyaning birlamçi talabi.

Ammo millati, tili va dinidan qat’i nazar, 38 millionli el-yurtimizni birlaştiradigan uluğ bir ğoya bor. U ham bölsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir.

Mana şunday buyuk maqsadga erişişda mahalla tizimining örni va ta’siri beqiyos. Çunki mahalla tinç va ahil bölsa, jamiyatimiz tinç va hamjihat böladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi, – dedi Prezidentimiz.

Şularning barçasini hisobga olib, Prezidentimiz 2026-yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili”, deb e’lon qilişni taklif qildi.

Bu taşabbusni yiğilganlar qizğin qöllab-quvvatladi.

Yangi yil dasturida yurtimizdagi 9 mingdan ziyod mahallani, avvalo, mehr-oqibat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantiriş kabi dolzarb masalalar öz ifodasini topadi.

 – Biz Yangi Özbekistonni barpo etişda hal qiluvçi bosqiçga qadam qöymoqdamiz. Bu yöldagi işlarimiz har bir soha va tarmoqda çuqur transformatsiyani talab qiladi.

Maqsadimiz aniq: yaqin yillarda daromadi örtadan yuqori mamlakatlar qatoriga kiriş.

Farğona vodiysidan Orolböyigaça, Zarafşon vohasidan Qaşqadaryo va Surxondaryogaça, Toşkentdan tortib, Jizzax va Sirdaryogaça – yurtimizning qaysi hududida yaşamasin, har bir fuqaromiz bugundan boşlab islohotlar natijasini kundalik hayotida yanada köproq his qilişi kerak.

Şuning uçun kirib kelayotgan 2026-yil davlat boşqaruvi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyot tarmoqlari, ta’lim, ilm-fan, tibbiyot, madaniyat, sport, ekologiya tizimini – barça-barça sohalarni rivojlantirişda tub buriliş yili böladi, – dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari 2026-yilda amalga oşiriladigan eng muhim ustuvor yönalişlarga alohida töxtalib ötdi.

Birinçi ustuvor yönaliş mahalla infratuzilmasini yanada yaxşilaş, ularga Yangi Özbekiston qiyofasini olib kirişdan iborat.

Mahalla infratuzilmasini tubdan yaxşilaş orqali mamlakatimizni har tomonlama rivojlantiriş, uning qiyofasini yanada gözal va obod qiliş işlari davom ettiriladi.

Kelgusi yildan mahallani rivojlantiriş böyiça kompleks yondaşuv joriy etiladi. Urbanizatsiya va şaharlarni barqaror rivojlantiriş böyiça yangi islohotlar boşlanadi.

Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça siyosat davom ettirilib, 2026-yilda asosiy soliq stavkalari özgarişsiz qoldiriladi, tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga 10 trillion sömdan ziyod mablağ ajratiladi.  Kiçik va örta biznesni rivojlantiriş uçun 140 trillion söm resurs beriladi. Şundan 43 trillion sömi xotin-qizlar va yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi.

Ikkinçi ustuvor yönaliş – iqtisodiyotni texnologik va innovatsion ösiş modeliga ötkaziş.

Bundan buyon har bir dollar investitsiya, eng avvalo, ilğor texnologiyalar transferi, taşqarida bozori aniq, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişga, energiya, suv, yer va boşqa tabiiy resurslardan foydalanişda samaradorlikni oşirişga, mahalliy işçilarni yangi texnologiyalar bilan işlaşga öqitiş va mehnat unumdorligini oşirişga xizmat qilişi kerakligi ta’kidlandi.

Yangi texnologik bosqiçga ötiş va qöşilgan qiymat zanjirini kengaytiriş böyiça sanoatni rivojlantiriş dasturi boşlanadi. 2026-yilda 52 milliard dollarlik 782 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasiga start beriladi. Kelgusi yilning özida 14 milliard dollarlik 228 ta yangi yirik quvvatlar işga tuşiriladi.

Kelgusi yilda iqtisodiyotda 6,6 foiz ösişni ta’minlab, yalpi içki mahsulotni 167 milliard dollarga yetkaziş prognoz qilinmoqda.

Innovatsiya asosida yuqori texnologik mahsulot işlab çiqarayotgan korxonalar rağbatlantiriladi. Korxona mutaxassislarining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik işlanmalaridan olgan daromadi soliqdan ozod qilinadi.

Kelgusi yilda Toşkent şahri, Buxoro, Farğona va Toşkent viloyatida 4 ta data-markaz, 2 ta super kompyuter va 15 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati yölga qöyiladi. Bu tibbiyot, transport, qişloq xöjaligi, geologiya, bank-moliya, jamoat xavfsizligi kabi muhim sohalarda 100 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalarini amalga oşirişga xizmat qiladi.

– Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqçiman. Mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yöldoş va mamlakatimiz fuqarosi bölgan birinçi özbek kosmonavtini fazoga uçiriş böyiça işlarni boşladik, – dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari uçinçi ustuvor yönaliş – içki bozorda talabni rağbatlantiriş masalasiga töxtaldi.

Töqqiz yilda qulay biznes muhiti yaratilib, tovar va xizmatlar hajmi va turi köpaytirilgani, kam daromadli oilalar uçun yiliga kamida 1 milliard dollar arzon kredit berilayotgani, inflyatsiya darajasi “bir xonali” raqamga tuşirilgani natijasida aholining xarid qobiliyati 2 karra ösdi.

Aholi ehtiyojidan kelib çiqib, iqtisodiyotda eng katta talab yaratadigan uy-joy ipotekasiga 2026-yilda 23 trillion söm resurs ajratiladi. Uy-joy sotib olişda boşlanğiç tölov va foiz tölovlarining bir qismini qoplaş uçun 2 trillion 700 milliard söm subsidiya beriladi. Şuningdek, bitta kvartira uçun ajratiladigan imtiyozli ipoteka kreditining miqdori 15 foizga oşiriladi.

Xizmatlarga bölgan talabni rağbatlantiriş uçun 2026-yilda sohaga 85 trillion söm kredit, 9 trillion söm subsidiya ajratiladi. Xususan, ta’lim xizmatlari uçun budjetdan 7 trillion söm beriladi.

Keyingi beş yilda xorijiy turistlar sonini 2 karra oşiriş, turizm xizmatlari hajmini esa 20 milliard dollarga yetkaziş böyiça katta marra olinmoqda. Şu maqsadda turizm infratuzilmasini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratiladi.

Turistlar oqimi tobora oşayotgani aviatsiya va temir yölda yölovçi taşiş quvvatini 2 barobar köpaytirişni taqozo etmoqda. Şu bois, 2026-yilda aviaparkdagi havo kemalarining soni 120 taga yetkaziladi.

Içki temir yöllarni rivojlantiriş böyiça beş yillik dastur qabul qilinadi. Şaharlarni tezyurar poyezdlar qatnovi bilan boğlaş uçun 2026-yildan yana 500 kilometr temir yöl qurilişi boşlanadi. Avtomobil yöllarining sifatini yaxşilaş, tranzit salohiyatini yanada oşiriş maqsadida beş yillik dastur amalga oşiriladi.

Kasblarni rivojlantiriş va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratiş kelgusi yil uçun dasturning törtinçi ustuvor yönalişidir.

Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar, raqamlaştiriş va sun’iy intellekt ta’sirida dunyoda iş örinlarining soni, şakli va mazmuni keskin özgarmoqda. Yaqin beş yilda mavjud kasblarning 30 foizi töliq avtomatlaştiriladi, 50 foizi böyiça esa yangi malakalar talab qilinadi.

 – Endilikda mamlakatimiz mehnat bozori mutlaqo yangi arxitektura asosida – kasb, malaka, texnologiya va ta’limni birlaştiradigan yagona mexanizm sifatida işlaşi zarur, – dedi Prezidentimiz.

2026-yildan boşlab har yili kamida 100 tadan texnikum töliq ta’mirlanib, texnologik va talab yuqori bölgan kasblarga mos holda jihozlab boriladi. Germaniya, Şveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilğor ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar soni 100 taga yetkaziladi.

2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilğor kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar şaharçasi” faoliyati yölga qöyiladi.

Tibbiyot tizimida ham kasbiy ta’limni rivojlantiriş uçun Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamşiralar tayyorlaş boşlandi. Endi ana şu texnikumlarga Germaniya, Şveytsariya, AQŞ, Yaponiya kabi davlatlarning ta’lim dasturlari ham joriy etiladi.

Şu asosda xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamşiralar tarkibi şakllantiriladi.

Beşinçi ustuvor yönaliş – ekologik muvozanatni ta’minlaş, “yaşil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalaniş.

Yirik korxonalarga filtr, tozalaş inşooti va havoga çiqariladigan zararli moddalar taşlanmalarini monitoring qiliş stansiyasi örnatiş uçun 100 million dollarlik kredit liniyasi oçiladi.

Şaharlardagi tirbandliklar nafaqat odamlar hayotini qiyinlaştirmoqda, balki ekologiyaga ham jiddiy zarar yetkazayotgani qayd etildi. Şu bois, dunyo tajribasidan kelib çiqib, avtomobillar çiqarayotgan zararli moddalar darajasiga qarab ekologik stikerlar beriş tizimi joriy etiladi.

Katta miqdorda zararli moddalar çiqaradigan avtomaşinalarning poytaxt va viloyat markazlari hamda şaharlarga kirişi çeklanadi. Bunday transport vositalarini yangisiga almaştiriş yoki ularga filtr örnatiş uçun davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari köriladi.

Eski maşinasini almaştiraman deganlarga avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi. Filtr örnatib, zararni kamaytirişga tayyor bölgan haydovçilar uçun xarajatlarining bir qismi böyiça subsidiya ajratiladi.

Poytaxtimiz va yirik şaharlarda jamoat transportini rivojlantiriş ustuvor vazifa böladi.

Ekologik avtomobillarni köpaytiriş böyiça beş yillik dastur amalga oşiriladi. Bunda mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratiladi.

Elektromobillarni quvvatlaş stansiyalarini taşkil qiliş uçun tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar beriladi, yerlarni auksiondan 2 karra arzon narxda sotib oliş imkoniyati yaratiladi.

Elektromobillarni quvvatlaş stansiyalarida avtomobillarni zaryadlaşda 1 kilovatt-soat elektr energiyasi narxining 300 sömdan oşgan qismi davlat budjetidan qoplab beriladi. Elektromobilda taksi xizmati körsatadigan fuqarolarga ham bir qator imtiyozlar beriladi.

Çang-tözonlarning oldini oliş uçun Surxondaryoda 10 ming gektarda “yaşil makon” va Sirdaryoda 84 kilometrli “yaşil devor” barpo etiladi. Qoraqalpoğiston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda jami 250 ming gektar, jumladan, Orolning qurigan tubida 115 ming gektar yerda daraxt va butalar ekiladi. Har bir hududda botanika va dendrologiya boğlari hamda 20 tadan soya-salqin sayr köçalari barpo qilinadi.

Umuman, ekologiya sohasiga 2026-yilda 1 trillion 900 milliard söm yönaltiriladi.

Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qiliş tadbirlariga 2026-yilda jami 3 trillion 300 milliard söm yönaltiriladi.

Şuningdek, 1 ming 300 kilometr yirik magistral kanallar beton bilan qoplanadi. Bu qöşimça ravişda yiliga 500 million kub metr suvni iqtisod qiliş imkonini beradi. Bundan taşqari, joylardagi oçiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga ötkaziş böyiça alohida dastur qabul qilinadi. Kanallarni yopiq tizimga ötkaziş böyiça ham katta loyihalar boşlanadi.

160 million dollarlik katta dastur doirasida Toşkent şahrida 150 kilometr yopiq drenaj tizimi barpo etiladi, 197 kilometr kanal va kollektorlar ta’mirlanadi, 63 kilometr yangi kanallar barpo qilinib, şaharda salqin mikroiqlim yaratiladi.

Oltinçi ustuvor yönaliş – zamonaviy davlat boşqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlar davom ettiriladi.

Avvalo, 2026-yildan boşlab Elektron hukumat platformasi tubdan yangilanadi.

Endi barça davlat idoralarining 1 mingdan ziyod davlat xizmatlari, 5 mingdan ortiq funksiya va vazifalari, 240 ta ma’lumot bazasi va axborot tizimi, 100 mingdan ziyod davlat xizmatçisining mahalla, tuman, viloyat, respublika darajasidagi vakolatlari Yagona raqamli platformaga integratsiya qilinadi.

– Eng muhimi, davlat xizmatlarini körsatişda inson omilisiz, korrupsiya va ortiqça byurokratiyadan xoli ekotizim yaratamiz. Davlat xizmatlarini proaktiv va jamlanma şaklda körsatiş tizimini rivojlantiramiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Bundan buyon davlat xaridlarida tovar, iş va xizmatlarni töğridan-töğri sotib oliş mumkin bölgan holatlar faqat qonun bilan belgilanadi.

Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida viloyat hokimlari va mahalliy kengaşlar raislari lavozimlari bir-biridan ajratilgan edi. Endi bu tizim 2026-yildan 208 ta tuman va şaharda ham yölga qöyiladi.

Davlatimiz rahbari islohotlar samaradorligini ta’minlaşda fuqarolik jamiyati institutlarining roli muhim ekanini ta’kidladi. Şu bois, ularni qöllab-quvvatlaş böyiça siyosat kelgusida ham izçil davom ettiriladi. Xususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş böyiça beş yillik strategiya işlab çiqiladi.

– Takror aytaman, yurtimizdagi keng kölamli yangilanişlar davrida oçiqlik siyosatidan heç qaçon ortga qaytmaymiz. Söz va matbuot erkinligini ta’minlaş ustuvor vazifamiz bölib qoladi, – dedi Prezidentimiz.

Sud-huquq tizimini xalqqa yaqinlaştirişga qaratilgan işlar izçil davom ettiriladi.

Odil sudlovni amalga oşirişda jamoatçilik iştiroki va roli oşirib borilişi ta’kidlandi. Endi jinoyat protsessiga ingliz huquqidagi davlatlarda ijobiy natija bergan “Xalq vakillari hay’ati” instituti bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.

Narkojinoyatlarga qarşi kuraşiş umummilliy harakatga aylantirilib, jamiyatda bu illatga murosasiz muhit yaratiladi.

Ayollar va bolalarga nisbatan zöravonlikning oldini olişda barça davlat idoralari va keng jamoatçilikni safarbar qilgan holda bunday salbiy holatlarga barham beriş böyiça samarali işlaydigan tizim yaratiş topşirildi.

– Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga tösiq böladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan çiqaradigan, jamiyatda işonç muhitini zaiflaştiradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yöl qöyiş esa islohotlarimizga xiyonatdir!

Bu illatga qarşi kuraşiş böyiça 2026-yilda “favqulodda holat” e’lon qilamiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Barça idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazoratga mas’ul örinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yölga qöyiladi. Davlatning har bir söm mablaği, resursi böyiça şaxsiy javobgarlik kuçaytiriladi.

Jahonda murakkab geosiyosiy va iqtisodiy muammolar tobora avj olib bormoqda. Bunday murakkab vaziyatda barça davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlaş, mutanosib oçiq taşqi siyosat olib borişga qaratilgan faoliyat davom ettiriladi. Nufuzli xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, iqtisodiy institutlar bilan yaqin hamkorlik yangi bosqiçga olib çiqiladi.

– Erişilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “Özbekiston – 2030” strategiyasini qayta körib çiqişni taqozo etmoqda.

Yurtimizning kelgusi beş yillik taraqqiyotiga daxldor bölgan uşbu hujjat keng jamoatçilik muhokamasidan ötkazilib, aholining fikr-mulohazalari asosida takomillaştiriladi, – dedi Prezidentimiz.

Kelgusi yilda ijtimoiy-madaniy hayotimizdagi muhim sanalar keng nişonlanişi ta’kidlandi. Jumladan, Vatanimiz mustaqilligining şonli 35 yilligi katta bayram sifatida ötkaziladi. Sohibqiron Amir Temur, Mir Alişer Navoiy bobolarimizning qutluğ tavallud ayyomlariga tayyorgarlikni hozirdan boşlaş kerakligi qayd etildi.

– Bugun tarixning özi, hayotning özi zimmamizga buyuk bir mas’uliyatni yuklamoqda. Jonajon Vatanimiz bugun yangiça siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar asosida yaşab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda.

Bir bölsak, yagona xalq, yagona millat bölib harakat qilsak, közlagan ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz! Men bu yölda mard va olijanob xalqimizga işonaman! Özbekistonning beqiyos kuçi va imkoniyatlariga, aziz yoşlarimizning azm-u şijoatiga işonaman! – dedi Prezidentimiz Murojaatnoma yakunida.

 

president.uz

Ulaşiş: