Özbekiston Respublikasi Prezidenti Saudiya Arabistoni elçisini qabul qildi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Saudiya Arabistoni elçisini qabul qildi

30.12.2025 17:36128

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Saudiya Arabistoni Podşohligining Favqulodda va muxtor elçisi Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari elçining samarali faoliyatini hamda Özbekiston bilan Saudiya Arabistoni örtasidagi har tomonlama şeriklik munosabatlarini rivojlantiriş va mustahkamlaşga qöşgan şaxsiy hissasini alohida taʼkidladi.

Turli darajalarda tizimli muloqot va faol aloqalar yölga qöyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboşlaş, töğridan-töğri investitsiyalar hajmi va qöşma korxonalar soni jadal ösib bormoqda. Saudiya Arabistonining yetakçi kompaniyalari bilan loyihalar portfeli 27 milliard dollardan oşdi.

“Yaşil” energetika, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, infratuzilmani rivojlantiriş va boşqa ustuvor sohalarda loyiha hamda taşabbuslar amalga oşirilmoqda.

Madaniy-gumanitar almaşinuvlar faollaşdi. Joriy yilning oktabr oyida Saudiya Arabistonida Özbekiston madaniyati kunlari yuqori saviyada ötkazildi. Mamlakatimiz Ar-Riyodda bölib ötgan Xalqaro kitob körgazmasida iştirok etdi.

Özbekiston yetakçisi Saudiya Arabistoni Hukumatiga fuqarolarimizning Haj va Umra amallarini ado etişiga yaratilgan qulay şaroitlar uçun minnatdorlik bildirdi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston Prezidenti Yusuf al-Utaybiyga Özbekiston – Saudiya döstlik va köp tomonlama şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga qöşgan katta hissasi uçun “Döstlik” ordenini topşirdi.

Elçi uning diplomatik missiyasiga berilgan yuksak baho hamda Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasida keng kölamli hamkorlik rivojini har tomonlama qöllab-quvvatlayotgani uçun mamlakatimiz yetakçisiga çuqur minnatdorlik izhor etdi.

 

president.uz

Ulaşiş: