Prezidentimiz Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining yangi binosini borib kördi

Prezidentimiz Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining yangi binosini borib kördi

30.12.2025 17:42205

Prezident Şavkat Mirziyoyev Yangi Toşkent hududidagi bunyodkorlik işlari bilan tanişmoqda.

Davlatimiz rahbari dastlab yer osti avtoturargohi va piyodalar ötiş yölagini barpo etiş işlarini közdan keçirdi.

Quriliş maydoni 40 ming kvadrat metrdan iborat bölgan, qiymati 100 million dollarlik mazkur avtoturargohda birinçi bosqiçda 200 ta yengil avtomobil hamda 30 ta mototsikl va skuterlarni joylaştiriş imkoniyati böladi. Tört tomonlama qulay va xavfsiz harakatlaniş uçun piyodalar yölagi quriladi.

Bu yerda avtomatlaştirilgan parkovka tizimlari, velosipedlar ijarasi nuqtalari taşkil qilinib, elektromobillarni zaryadlaş uçun stansiyalar ham barpo etiladi. Mazkur avtoturargohni 2026-yilda foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.

Prezidentimiz bu kabi zamonaviy avtoturargohlarni köpaytiriş, ular aholi uçun maksimal darajada qulay bölişini ta’minlaş, kelgusida elektromobillar uluşi ortişini hisobga olib, ularni quvvatlaş infratuzilmasini yanada rivojlantiriş yuzasidan körsatmalar berdi.   

Yangi Toşkentda vazirlik va idoralar işini taşkil etiş uçun maʼmuriy binolar qurilmoqda.

Jumladan, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining modul turdagi yangi binosi barpo etilgan.

1,4 gektar yer maydonda umumiy maydoni 5751 kvadrat metrni taşkil etuvçi 5 ta bir qavatli yengil metall konstruksiyali, bazalt qoplamali sendviç panellardan iborat binolar qurildi.

Mazkur bino vazirlikning markaziy apparati hamda tizimdagi taşkilotlarni bir makonda joylaştiriş imkonini berib, muassasalar örtasidagi hamkorlik va iş jarayonlarining samaradorligini oşiradi.

Yengil konstruksiyalar va energiya samarador sendviç panellar, mustaqil oqova tizimi, samarali markazlaşgan isitiş, sovitiş va şamollatiş tizimi uşbu binoning ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytiriş, kelgusida uni kengaytiriş yoki demontaj qiliş imkonini beradi hamda tez moslaşuvçanligini taʼminlaydi.

Bugungi kunda yangi binoda vazirlik markaziy apparati va tizimdagi taşkilotlarda faoliyat yurituvçi jami 550 nafar xodim işlamoqda.

Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş respublika markazi ham şu binoda joylaşgan.

Hozirda markaz tomonidan “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimi negizida bir qator platformalar işga tuşirilgan.

Davlatimiz rahbariga platformalar faoliyati haqida maʼlumot berildi.

Xususan, “Özbekiston Respublikasi davlat şaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimida şahar va tumanlar hududlariga oid barça ijtimoiy-iqtisodiy maʼlumotlar yagona raqamli bazaga jamlandi. Geoportal orqali aholi punktlarining 3D formatdagi “raqamli egizaklari” yaratildi, rekonstruksiya va renovatsiya zonalari belgilab olindi hamda hududlarni kompleks tahlil qiliş imkoniyati yaratildi.

Boş rejalarni işlab çiqiş va jamoatçilik muhokamasidan ötkaziş, şuningdek, ular asosida qurilişga ruxsat beruvçi hujjatlarni rasmiylaştiriş jarayonlari töliq raqamlaştirildi.

Bugungi kunga qadar 20 ta şahar, 22 ta şaharça, 843 ta tuman aholi punktlarining raqamli boş rejalari işlab çiqilib geoportalga joylaştirildi.

“Reyting” elektron platformasida quriliş-pudrat taşkilotlari faoliyatini baholaş avtomatlaştirildi. “Tender” elektron platformasi vazirlik va idoralarning elektron tizimlari bilan integratsiya qilindi. “Quriliş sohasida davlat xizmatlarini körsatiş” elektron platformasining yangi versiyasi işlab çiqilib, quriliş sohasidagi barça 9 ta xizmat qamrab olindi.

“Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan ötkaziş”, “Qurilişda davlat nazorati”, “Mening uyim”, “Mening hududim”, “Issiqlik taʼminoti billing tizimi” kabi qator platformalar ham faoliyat yuritmoqda.

Tizimni yanada takomillaştiriş, şaffoflaştiriş böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari şu yerda yoş mutaxassislar bilan suhbatlaşdi.

– Keçagi bilim bilan bugun katta natijalarga erişiş qiyin. Buning uçun har kuni izlaniş, aniq fanlar, xususan, axborot texnologiyalarini yaxşi örganiş kerak, bu quriliş sohasida ham juda muhim, – dedi Prezidentimiz.

 

president.uz

Ulaşiş: