Prezident Şavkat Mirziyoyev harbiy texnikalar işlab çiqariş quvvatlari bilan tanişdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev harbiy texnikalar işlab çiqariş quvvatlari bilan tanişdi

14.01.2026 09:51131

Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev Çirçiq şahridagi texnoparkka taşrif buyurib, mudofaa sanoati korxonalari faoliyati bilan tanişdi.

Bu yerda zirhli va maxsus texnikalar hamda ilğor funksional imkoniyatlari va texnik xususiyatlari bilan ajralib turadigan bir neça turdagi masofadan boşqariladigan jangovar modullarni işlab çiqariş yölga qöyilgan.

Uşbu yeçimlar harakatlanuvçi va turğun nişonlarga, şu jumladan, köriniş çeklangan şaroitlarda öt oçişni taʼminlaydi. Avtomatlaştirilgan boşqaruv, barqarorlaştiriş, optik va akustik kuzatuv tizimlari, şuningdek, zamonaviy nişonga oliş vositalari bilan jihozlangan.

Davlatimiz rahbariga asosiy butlovçi qismlarni yiğiş, optik-elektron va barqarorlaştiriş tizimlarini örnatiş, dasturiy sozlaş va germetiklikni nazorat qiliş, qurol-aslahalarni integratsiyalaş va kompleks sinovlarni öz içiga olgan işlab çiqariş bosqiçlari haqida maʼlumot berildi. Yakuniy bosqiçda tayyor modullar yengil zirhli texnika namunalariga örnatiladi va dala şaroitida tekşiriladi.

Jangovar modullar turli platformalar, jumladan, yengil zirhli texnika, maxsus avtomobillar, katerlar va zirhli transportyorlarni jihozlaş uçun möljallangan.

Loyiha bir qator xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yurtimizning tegişli idoralari va sanoat korxonalari iştirokida amalga oşirilmoqda.

Bularning barçasi mamlakatimiz mudofaa sanoati korxonalarida yuqori texnologiyali mahsulotlar işlab çiqarişni köpaytiriş, iş örinlarini yaratiş, öz sanoat va texnologik bazasini şakllantirişga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari mahsulotlarning sifati va işonçliligiga doir talablarga qatʼiy amal qiliş, mahalliylaştirişni izçil kengaytiriş, muhandislik kompetensiyalarini rivojlantiriş va sanoat kooperatsiyasini çuqurlaştiriş muhimligini taʼkidlab, mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.

 

president.uz

Ulaşiş: