Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

14.01.2026 16:58105

Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar!

Muhtaram Qurolli Kuçlarimiz faxriylari!

Qadrli vatandoşlar!

Avvalo, siz, azizlarni, köp millatli butun xalqimizni Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 34-yilligi hamda Vatan himoyaçilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Uşbu qutluğ ayyomda öz hayotini Vatan himoyasidek ğoyat şarafli va mas’uliyatli işga bağişlagan, harbiy qasamyodiga sodiq qolib, mamlakatimiz mustaqilligi va hududiy yaxlitligini köz qoraçiğidek asrab kelayotgan ona yurt posbonlariga yana bir bor yuksak hurmat va ehtirom bildiramiz.

Ayni vaqtda Vatan oldidagi yigitlik burçini bajariş çoğida mardlarça halok bölgan qahramon öğlonlarimizning xotirasiga çuqur hurmat bajo keltiramiz.

Bugungi kunda xalqimiz Yangi Özbekistonni barpo etiş yölida ulkan yutuq va marralarni qölga kiritmoqda. Hayotimizning barça soha va tarmoqlarida amalga oşirilayotgan tom ma’nodagi tarixiy özgarişlarda şavkatli Qurolli Kuçlarimizning, sizlarning ham munosib hissangiz bor, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.

Biz sizlarni buyuk ajdodlarimiz an’analarining şonli davomçilari deb bilamiz va sizlardek Vatanga fidoyi, duşmanga şafqatsiz, jangovar saflarda doimo huşyor va kuraşga şay bölgan azm-u şijoat sohiblari bilan haqli ravişda faxrlanamiz.

Bugungi imkoniyatdan foydalanib, el-yurtimizga şunday dovyurak, botir va bahodir farzandlarni tarbiyalab bergan ota-onalarga, harbiy xizmat davomida barça quvonç va taşvişlarni ular bilan baham körib kelayotgan oila a’zolariga özimning samimiy minnatdorligimni izhor etaman.

Qadrli döstlar!

Keyingi yillarda “Özbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ortga qaytmas islohotlarimizning mustahkam kafolatlaridan biriga aylanib borayotgan Qurolli Kuçlarimizning harbiy qudratini oşiriş böyiça keng kölamli işlarni amalga oşiryapmiz. Jumladan, boşqaruv va ta’minot tizimi takomillaştirilib, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida modernizatsiya qilinmoqda, qöşinlarimizning jangovar saflari yangiça ta’lim va tarbiya olgan malakali ofitser va serjantlar bilan töldirilmoqda.

Şaxsiy tarkibning tayyorgarlik darajasi, harbiy xizmatçilarning kasbiy, intellektual va ma’naviy salohiyati izçil yuksaltirib borilmoqda. Qurolli Kuçlarimiz zamonaviy qurol-yaroğ va harbiy texnika bilan bosqiçma-bosqiç ta’minlanmoqda.

Yoşlar örtasida harbiy xizmatga qiziqişni oşiriş, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, xalq bilan armiya örtasidagi mustahkam birlik va jipslikni yanada kuçaytirişga qaratilgan samarali işlarimiz qat’iy davom ettirilmoqda.

Hozirgi vaqtda dunyoning siyosiy va harbiy xaritasida qanday şiddatli özgarişlar yuz berayotganini barçamiz körib, anglab turibmiz.

Turli mintaqalarda geosiyosiy vaziyat tobora murakkablaşib, ziddiyat va qonli töqnaşuvlar kuçaymoqda. Zamonaviy texnologiyalar, yangi avlod qurol-yaroğlari paydo bölmoqda, jangovar harakatlar olib borişning strategiya va taktikasi yanada takomillaşmoqda.

Mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, biz kelgusida jang va boşqaruv usullarini zamon talablari asosida yangilaymiz, yuqori malakali harbiy kadrlarni tarbiyalaşga alohida e’tibor qaratamiz.

Ayniqsa, harbiy xizmatçilarning jangovar ruhi va jismoniy tayyorgarligini muntazam oşirib boriş, ularning qalbida vatanparvarlik tuyğusini kuçaytiriş biz uçun ustuvor vazifa bölib qoladi. Çunki har qanday kuraşning taqdirini şaxsiy tarkibning bilim va malakasi, iroda va qat’iyati, öziga bölgan işonçi, mardona fazilatlari hal qiladi.

Milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yaroğ va harbiy texnika, jumladan, sun’iy intellekt asosida robotlaştirilgan majmualar bilan ta’minlaş, qöşinlarni boşqariş hamda qaror qabul qiliş jarayonlariga ilğor axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etiş ham doimo e’tiborimiz markazida böladi.

Harbiy xizmatçilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilişga doir işlarning samarasini oşirib, ularning turmuş farovonligini yuksaltirişga qaratilgan işlarni kuçaytiramiz. Bu borada davlat va fuqarolik institutlari hamda keng jamoatçilikning faol iştirok etişiga alohida ahamiyat qaratamiz.

Har bir harbiy xizmatçi xalq bilan armiya – bir tan-u bir jon ekanini, uning ortida 38 millionlik xalq toğdek tayanç bölib turganini doimo his etişi, şundan çeksiz kuç, ruh va madad olişi kerak.

Ğayrat-şijoatda tengsiz bölgan harbiylarimiz yovlar oldida heç qaçon boş egmagan qörqmas va ötyurak ajdodlarimizning ölmas merosini örganib, ulardan ibrat va saboq olib, Vatan oldidagi muqaddas burçini bundan buyon ham şaraf bilan ado etadilar, deb işonaman.

Aziz Vatan himoyaçilari!

Mana şu hayajonli damlarda har biringizni bugungi bayram bilan yana bir bor çin dildan qutlab, sizlarga va oila a’zolaringizga mustahkam soğliq, baxt-saodat, davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş borasidagi olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Jonajon Vatanimiz himoyasi yölida heç qaçon tolmang, yutuq va zafar sizlarga doimo yor bölsin!

 

Şavkat MIRZIYOYEV,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti,

Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni

 

president.uz

Ulaşiş: