Quriliş loyihalari taqdimot qilindi

Quriliş loyihalari taqdimot qilindi

15.01.2026 11:10139

Prezident Şavkat Mirziyoyev turizm, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirişga qaratilgan quriliş loyihalari taqdimoti bilan tanişdi.

Mamlakatimiz iqtisodiy ösişining yuqori sur’atlari, davlatimizning faol taşqi siyosati tufayli xalqaro hamkorlik kengayib, yurtimiz işbilarmonlik va turizm markaziga aylanib borayotgani infratuzilmani şunga mutanosib rivojlantirişni taqozo etmoqda. Şu bois, zamonaviy transport tarmoqlari, xizmat körsatiş obyektlari va jamoat binolarini barpo etişga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Taqdimotda turli hududlardagi bunyodkorlik rejalari körib çiqildi.

Jumladan, Xiva şahrida Kongress markazi va tarixiy-etnografik boğ barpo etilişi rejalaştirilgan. Bu inşootlar şaharda yirik xalqaro anjumanlar ötkaziş va turistlar oqimini köpaytirişga xizmat qiladi.

Qurilişi rejalaştirilgan Konfutsiy instituti va Lu Ban ustaxonasida madaniy va ma’rifiy tadbirlar ötkaziş, yoşlarni zamonaviy kasblarga öqitiş uçun şaroitlar yaratiladi.

Urganç xalqaro aeroportini modernizatsiya qiliş doirasida uning infratuzilmasini kengaytiriş, yölovçilar va yuklarga xizmat körsatiş sifatini, logistika imkoniyatlarini oşiriş orqali hududning transport salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqiş közda tutilgan.

Bundan taşqari, Urganç vokzalidan yangilangan aeroportga alohida temir yöl liniyasi tortilişi natijasida yölovçilar uçun qulaylik yanada oşadi.

Şuningdek, mavjud Urganç–Xiva avtomobil yölini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş hamda unga muqobil böladigan yangi avtoyöl quriş rejalari taqdimot qilindi.

Farğona şahrida ekspomarkaz quriş loyihasi ham muhokama qilindi. Mazkur majmuada xalqaro körgazmalar, biznes forumlar va yirik tadbirlar ötkaziş uçun zarur şaroitlar yaratilişi, bu esa hududning investitsiyaviy jozibadorligini oşirişga xizmat qilişi ta’kidlandi.

Şuningdek, Burxoniddin Marğiloniy ilmiy-tadqiqot markazini taşkil etiş loyihasi taqdimot qilindi. Markazda ma’naviy meros va ilmiy tadqiqotlar yönalişida xalqaro darajadagi faoliyatni yölga qöyiş, zamonaviy ilmiy maktab şakllantiriş közda tutilgan.

Buxoro davlat universiteting yangi zamonaviy kampusini barpo etiş böyiça takliflar ham körib çiqildi. Universitetda professor-öqituvçilar va talabalar uçun qulay ta’lim va ilmiy muhit yaratiş zarurligiga e’tibor qaratildi.

Rejalaştirilgan loyihalardan biri – Toşkent şahrida zamonaviy badiiy gimnastika majmuasi. Uşbu markazda yoşlarning iqtidorini yuzaga çiqariş va professional badiiy gimnastikaçilarni tayyorlaş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiladi.

Prezidentimiz loyihalarni amalga oşirişda sifat, qulaylik va zamonaviy talablarga qat’iy rioya qiliş, şaharsozlik madaniyatini yuksaltiriş hamda aholi ehtiyojlarini inobatga oliş muhimligini ta’kidlab, mutasaddilarga tegişli körsatmalar berdi.

 

president.uz

Ulaşiş: