Taşqi işlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatini yangiça taşkil qiliş vazifalari belgilab olindi

Taşqi işlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatini yangiça taşkil qiliş vazifalari belgilab olindi

16.01.2026 11:38159

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 15-yanvar kuni Taşqi işlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Yiğiliş avvalida davlatimiz rahbari mazkur uçraşuv jahonda keskin geosiyosiy özgarişlar bölayotgan, davlatlar suverenitetiga xavf-xatarlar tobora kuçayib borayotgan murakkab bir paytda ötayotganini qayd etdi. Bunday şaroitda taşqi siyosat sohasidagi faoliyatni tanqidiy muhokama qilib, Taşqi işlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar işini yangiça taşkil qiliş zarurligi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari taşqi siyosat borasida 2025-yil köp jihatdan natijador bölganini qayd etdi. Ötgan yili 26 ta xorijiy davlatga oliy darajadagi taşriflar amalga oşirildi, yangi tariximizda ilk bor qator davlatlar rahbarlarining Özbekistonga taşriflari taşkil etildi. “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi köp tomonlama muloqotlar sermahsul böldi. Sönggi yillarda 11 ta davlat bilan strategik şeriklik munosabatlari örnatilib, ularning umumiy soni 19 taga yetdi, Qozoğiston, Ozarbayjon va Tojikiston bilan ittifoqçilik munosabatlari yölga qöyildi.

– Oçiq, pragmatik, puxta öylangan va taşabbuskor taşqi siyosatimiz natijasida Özbekiston global tinçlik va diplomatiya markazlaridan biriga aylanib bormoqda, – dedi Prezidentimiz.

2017-yildan buyon xorijiy davlatlarda 16 ta yangi diplomatik va konsullik vakolatxonalari oçilib, ularning soni 60 taga, diplomatik aloqa örnatilgan davlatlar soni esa 165 taga yetdi. Elçixonalar, konsullik muassasalari va xalqaro taşkilotlar huzuridagi vakolatxonalar ştatlari hamda Taşqi işlar vazirligi xodimlarining iş haqi oşirilgani qayd etildi.

Şu bilan birga, “Barça diplomatik vakolatxonalar mavjud imkoniyatlardan töliq foydalanyaptimi?” degan masala örtaga qöyildi.

– Hozirgi şaroitda elçi degani faqat siyosiy muloqot yurituvçi şaxs emas. Elçi – investitsiya va texnologiya olib keladigan, yangi eksport bozorlarini oçadigan, transport-logistika yölaklarini işga soladigan, turistlar oqimini köpaytirib, qonuniy mehnat migratsiyasi uçun şaroit yaratadigan, eng asosiysi, fuqarolarimiz huquqlarini himoya qiladigan davlat vakilidir, – dedi Prezidentimiz.

Şu munosabat bilan elçilar uçun ular faoliyat yuritayotgan davlatlardan eksport tuşumlari, turistlar oqimi hamda uşbu mamlakatlarga qonuniy mehnat migratsiyasi samaradorlik mezoni bölişi qayd etildi.

Iqtisodiy diplomatiyani kuçaytiriş orqali eksport va investitsiya hajmini oşiriş zarurligi taʼkidlandi.

Ikki va köp tomonlama tadbirlar doirasida 2025-yilda umumiy qiymati 160 milliard dollarlik investitsiya loyihalari va savdo şartnomalari böyiça bitimlar imzolandi. Tarixda ilk bor taşqi savdo aylanmasi 80 milliard dollardan oşib, eksport 33,5 milliard dollarga, xorijiy investitsiyalar esa 43 milliard dollardan oşdi. Ötgan yili 75 ta davlatga eksport hajmi qariyb 4,5 milliard dollarga köpaydi.

Şu nuqtayi nazardan elçilarga Yaqin Şarq, Yevropa, Osiyo va Afrika davlatlari yönalişlarida eksportni kengaytiriş, sanoat, qişloq xöjaligi, kimyo, töqimaçilik, issiqxona va xizmatlar sohalarida aniq loyihalar bilan işlaş vazifalari qöyildi. Ayrim bozorlarda Özbekiston mahsulotlarining nomi yetarliça tanitilmayotgani qayd etildi.

Logistika xarajatlarining ortişi milliy mahsulotlar raqobatdoşligiga salbiy taʼsir körsatayotgani taʼkidlanib, Yevropa bozorlariga çiqişda tranzit yönalişlarini diversifikatsiya qiliş, logistika zanjirlarini qisqartiriş böyiça takliflar işlab çiqiş zarurligi körsatib ötildi.

Qişloq xöjaligi sohasida tejamkor texnologiyalar, innovatsion issiqxonalar tajribasini örganiş, ularni hududlarimizda joriy etiş böyiça aniq vazifalar belgilandi. Şuningdek, kimyo sanoati mahsulotlari uçun yangi eksport bozorlarini oçiş, standart va talablarni işlab çiqaruvçilarga yetkaziş, körgazmalar taşkil etiş masalalari qayd etildi.

Yangi eksport yönalişi sifatida Afrika qitʼasi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuçaytiriş zarurligi taʼkidlandi. Şu maqsadda tegişli vazirliklar va elçilar iştirokida aniq “yöl xaritasi”ni işlab çiqiş topşirildi.

Elçilar loyiha topiş, uni olib kelib, işga tuşirişdan manfaatdor bölişi kerakligi qayd etildi. Aniq investitsiya yoki eksport loyihasini yakuniga yetkazgan elçilarni moddiy rağbatlantiriş amaliyoti joriy etilişi belgilandi.

Ayrim sohalarda elçilar va tarmoq rahbarlari mavjud imkoniyatlardan töliq foydalanmayotgani tanqid qilindi. Xususan, xalqaro grantlar jalb qiliş böyiça salohiyat yetarli darajada işga solinmagani qayd etildi. Agar vazirliklar va tarmoq rahbarlari elçilar bilan hamkorlikni töğri yölga qöyganida ötgan yili qöşimça ravişda yana kamida 200-300 million dollar grant jalb qiliş mumkin edi.

Qayd etilganidek, xalqaro taşkilotlar va donor mamlakatlar har yili 200 milliard dollarga yaqin xalqaro grantlar eʼlon qilmoqda. Uşbu resurslardan samarali foydalaniş, grantlar bilan işlaş böyiça yagona va tizimli yondaşuvni joriy etiş vazifasi qöyildi.

Şuningdek, AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Şveytsariya, Xitoy, Yaponiya va Singapurdagi elçilar bilan birgalikda dunyodagi TOP-100 talikka kiruvçi yetakçi xorijiy oliy taʼlim muassasalarini Özbekiston oliygohlariga hamkor sifatida jalb etiş böyiça aniq çoralar köriş zarurligi taʼkidlandi.

Bundan taşqari, taşqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirişda hududlar va elçixonalar örtasidagi hamkorlik yetarli darajada yölga qöyilmagani qayd etildi. Viloyat hokimlari elçilar bilan birgalikda hududlarda işlab çiqarilayotgan eksportbop mahsulotlarni tizimli ravişda xorijda ilgari surişi, mahalliy korxonalarning taşqi bozorlarga çiqişida faol iştirok etişi zarurligi taʼkidlandi.

Navbatdagi ustuvor vazifa sifatida fuqarolarimizni xorijda qonuniy va yuqori daromadli iş örinlari bilan taʼminlaş belgilandi. Tartibli mehnat migratsiyasining geografiyasi kengayib borayotgani, lekin ayrim mamlakatlarda bu yönalişda iş yetarli darajada taşkil etilmayotgani körsatib ötildi va elçilarga tegişli topşiriqlar berildi.

Elçixonalar va konsulliklar fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilişda faol bölişi, har bir holat böyiça malakali yuridik yordam körsatişi şartligi taʼkidlandi. “Kabinet diplomatiyasi”dan voz keçib, joylarda işlaş, vatandoşlar bilan bevosita muloqot qiliş vazifasi qöyildi.

Turizm sohasida elçilarning rolini yanada kuçaytirib, turizm va madaniyat böyiça işlarga yangi yondaşuv joriy etiş, vizasiz rejimlardan samarali foydalaniş, xalqaro autsorsing kompaniyalarni jalb etiş zarurligi qayd etildi.

Şuningdek, taşqi siyosiy aloqalarni kengaytiriş, oliy darajadagi taşriflarga puxta tayyorgarlik köriş, diplomat kadrlarni qayta tayyorlaş va istiqbolli kadrlar zaxirasini şakllantiriş masalalari muhokama qilindi.

Taşqi axborot siyosati va mamlakat imijini oşirişda xalqaro OAV va maxsus media loyihalar bilan işlaş ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Özbekiston Respublikasining Taşqi siyosat faoliyati konsepsiyasini yangilab, uning ustuvor yönalişlarini qayta körib çiqiş, milliy manfaatlarni himoya qiliş va xalqaro maydonda mamlakatimizning örnini mustahkamlaşga qaratilgan aniq vazifalarni belgilab oliş zarurligi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari qayd etganidek, yangi konsepsiya mamlakatimizning uzoq muddatli strategik maqsadlarini, içki islohotlarimiz mantiğini, iqtisodiy diplomatiya, xavfsizlik, investitsiya, eksport, transport-logistika, suv va iqlim masalalaridagi milliy manfaatlarimizni yaxlit va özaro boğliq holda aks ettirişi lozim.

Diplomatlarimizning xizmatlarini munosib eʼtirof etiş maqsadida “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan diplomat” faxriy unvonini taʼsis etiş taklif etildi.

– Endi yangiça ruhda işlaydigan, aniq natijalarga erişayotgan, Özbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qatʼiy himoya qiladigan diplomatlar davri keldi, – dedi davlatimiz rahbari yiğiliş yakunida.

Yiğilişda xorijdagi elçilarning hisobot va takliflari tinglandi.

 

president.uz

Ulaşiş: