Qozoğiston elçisi bilan uçraşuv bölib ötdi
19.01.2026 17:57134
16-yanvar kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozoğiston Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Beybut Atamkulov bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv davomida Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi özaro işonç, yaxşi qöşniçilik va umumiy manfaatlarga asoslangan strategik şeriklik va ittifoqçilik aloqalarini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Taşqi işlar vazirliklari ikki va köp tomonlama kun tartibi böyiça yaqindan hamkorlikni davom ettirişi ta’kidlandi.

